Tizimlilik funksiyasi
o‗quv predmetiga oid o‗quv materiallarini tizimli va
ketma-ketlikda bayon etilish talablarini amalga oshiradi;
Darslikdagi bu funksiya eng e‘tiborga arzigulik jihatlardandir. O‗quvchilarni
o‗qitishda sinf-dars tizimiga o‗tilganliginining mantiqiy davomi sifatida har bir
sinfga shu sinf o‗quvchilarining yoshi, o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda, har bir predmet yuzasidan alohida darslik yaratilgan bo‗lib, bu darsliklar
―quyi sinf yuqori sinfga tayyorlaydi, yuqori sinf quyi sinfda olingan bilimlar
ustiga quriladi‖ tamoyili asosida tuziladi. Shunday qilib bilimlar bir-birini
takrorlamagan holda quyidan yuqoriga murakkablashib, kengayib boradi. Bu esa
muayyan fanga oid bilimlarning o‗quvchilar ongidan mustahkam o‗rin
egallashiga yordam beradi.
–
Do'stlaringiz bilan baham: |