Muqimiy nomidagi


I BOB YUZASIDAN XULOSALAR



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/50
Sana23.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#404579
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Bog'liq
xalqaro miqyosidagi boshlangich sinf darslari

I BOB YUZASIDAN XULOSALAR 

―Zamonaviy  darslik  davlat  ta‘lim  standarti,  o‗quv  dasturi,  uslubiyati  va 

didaktik  talablari  asosida  belgilangan,  milliy  istiqlol  g‗oyasi  singdirilgan, 

muayyan  o‗quv  fanining  mavzulari  to‗liq  yoritilgan,  tegishli  fan  asoslarining 

mukammal  o‗zlashtirilishiga  qaratilgan  hamda  turdosh  ta‘lim  yo‗nalishlarida 

foydalanish  imkoniyatlari  hisobga  olingan,  did  bilan  ishlangan  rasmlar  bilan 

boyitilgan matbaa sifati yuqori bo‗lishi lozim‖

18

.   



Har bir nashrdan chiqayotgan boshlang‗ich sinf darsligi avvalo yuqoridagi 

talablarga to‗la javob bera olishi kerak. Qolaversa, boshlang‗ich sinf darsliklarini  

yaratish 

masalasi 

bu  talablarga  qo‗shimcha 

ravishda 

o‗quvchilarning 

qiziqishlarini  ham  hisobga  olish  kerakligini  taqozo  etadi.    Chunki,  birinchidan, 

bugungi  globallashuv  jarayonida  farzandlarimizning  diqqatini  tortadigan,  ularga 

darsliklar bilan ishlashdan ham qiziqarli tuyulgan boshqa faoliyat turlari ham kam 

emas. Telefon va kompyuter o‗yinlari, televizorda namoyish qilinayotgan turli xil 

seriallar,  internet  va  yana  shu  kabi  zararli  ermaklar  allaqachon  yoshlarimizning 

sevimli  mashg‗ulotiga  aylanib  ulgurgan.  Shunday  bir  keskin  vaziyatda 

farzandlarimiz  uchun  yaratilayotgan  darsliklarga  har  narsadan  va  har  doimgidan 

ko‗proq  e‘tibor  berishimiz  kerak.  Biz  shunday  darslik  yaratishimiz  kerakki,  bu 

darslik yuqoridagi zararli ermaklardan har tomonlama ustun tursin, tanlov paytida 

faqatgina bizning kitoblar tanlansin! 

 Ikkinchidan,  boshlang‗ich  sinf  o‗quvchilarigagina  xos  bo‗lgan  yana  bir 

mas‘uliyat talab qiladigan shunday vazifa borki, u darslikning aynan boshlang‗ich 

sinflar  uchun  yaratilishini  nazarda  tutadi.  Demoqchimizki,  endigina  o‗qish  va 

yozishga  o‗rganayotgan  o‗quvchilarning  darsliklarga,  umuman  kitoblarga 

muhabbatini  oshirish,  kitobni  sevishga,  qadrlashga  o‗rgatish  va  doimiy  kitob 

mutolaasiga  oshno  qilishda    boshlang‗ich  sinflar  uchun  nashr  qilinayotgan 

darsliklarning  o‗rni  beqiyos.  Har  qanday  bolada  uning  ilk  qo‗liga  olgan 

                                                           

18

Отахонова С. Дарсликлар ҳақида // ―Маърифат‖ газетаси. 2004 йил. 9 июн, 46-сон.   




32 

 

kitoblariga  qarab  boshqa  bir  kitoblarga  bo‗lgan  qiziqish  shakllanadi.  Yaxshi 



taassurot  qoldirgan,  o‗quvchilarning  sevimli,  qo‗ldan  qo‗ymay  o‗qiydigan 

kitoblariga  aylangan  nashrlar    nafaqat  bugungi  berilgan  ta‘lim  muvaffaqiyati 

garovi,  balki,  bugungi  paydo  bo‗lgan  mutolaaga  muhabbat  tufayli  kelajakda 

o‗qilishi mumkin bo‗lgan yana bir qancha kitoblarning  sonini ifodalaydi. 

Darslik  yaratish  uchun  qandaydir  ilmiy  unvon  emas,  oddiy  maktab 

o‗qituvchisiniki bo‗lsin tajriba kerakligi kundan kunga oshkor bo‗lib bormoqda. 

Mualliflar orasida amaliyotchi o‗qituvchilarning kamligi va ularning ―bir yoqadan 

bosh  chiqarib  ishlamasligi‖  darsliklarning  o‗zaro  sinflar  miqyosida  bir-biriga 

bog‗lanmasligiga  olib  kelyapti.  Bu  esa  ―Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi‖dagi 

uzviylik,  uzluksizlik  tamoyillarining  qo‗pol  ravishda  buzilishidir.  Agar 

o‗rganilgan  bilimlar  zanjir  tarzida  bir-biriga  bog‗lanmasa,  yoki  bir-birini  inkor 

etsa, bu tizimli bilimga aylanmaydi.  

Xulosa qilib aytganda, darsliklar har bir fan uchun bitta bo‗ladimi, yoki o‗z 

variantlariga  ega  bo‗ladimi,  avvalo,  umumiy  o‗rta  ta‘limning  Davlat  ta‘lim 

standartlari  talablariga  javob  bersa,  darslik  yozayotgan  mualliflar  hamjihatlikda 

ish  olib  borsa  va  ushbu  mualliflar  jamoasida  maktabda  dars  beradigan  tajribali 

amaliyotchi o‗qituvchilar ham o‗zining mustahkam o‗rniga ega bo‗lsa, bu masala 

albatta, o‗z yechimini topadi.  




33 

 

 




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish