Muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/83
Sana02.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#306289
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Bog'liq
fayl 779 20210505

 
8.2.Ta’lim muassasini boshqarish.
  
Ta’lim 
muassasasining 
pedagogik 
faoliyatini 
boshqarish 
ta’lim 
muassasasining  faoliyat  xususiyatiga  ko’ra  pedagogik  jarayonini  rejalashtirish, 
tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga 
oshiriluvchi  boshqaruv  faoliyatidir.  Boshqaruv  —bu  tizimni  shakllantirish  va 
rivojlantirish maqsadida uni sifatini ta’minlash, tartibga solish uchun ta’sir etishdir.  
Ilmiy  boshqaruv  nazariyasining  paydo  bo’lishiga  va  rivojlanishiga  butun 
dunyoga  mashhur  ilmiy  menejment  amaliyotchi  va  nazariyachilari  F.  Teylor,  G. 
Ford,  G.  Emerson,A.Fayol  kabilar  katta  hissa  qo’shganlar.  Masalan,  o’z  davrida 
Anri  Fayol  boshqarish  bu  –  holatni  ko’rish,  kelajakni  o’rganish  harakat  dasturini 
tuzishdir ,deb ta’kidlagan edi. Boshqaruv nazariyasi vakillarining qarashlari tahlili 
natijasida boshqaruvga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin. Boshqaruv deganda – 
boshqaruvchi  va  boshqariluvchi  tizim  o’rtasidagi  rejalashtirilgan,  maqsadga 
yo’naltirilgan o’zaro ta’sirni tushunamiz. 
XX  asrning  oxirgi  o’n  yilligida  ijtimoiy  va  iqtisodiy  hayotda  insonni 
shaxsiy  va  kasbiy  sifatlarini,  umumiy  va  maxsus  ilmiy  bilimlarini  roli  oshdi.  Bu 
holat  ta’lim  sohasida  inson  faoliyati  turli  yo’nalishlarda  rivojlanishini  talab  etdi. 
Ta’lim  paradigmasi  o’zgarib,  yangi  ta’lim  mazmuni,  ta’lim  va  tarbiyani 
texnologiyalari 
ishlab 
chiqilmoqda. 
Axborot 
makonining 
kengayishi 
boshqaruvning  yangi  vositalarini,  metodlarini,  shakllarini  rivojlanishini  taqozo 
etdi.  Ijtimoiy  tizimlarni  jumladan  ta’lim  tizimini boshqarishda inson  omilining va 
ijtimoiy 
fanlarning 
roli 
oshib 
borayotganligini 
kuzatishimiz 
mumkin. 
Mamlakatimizda  ta’lim  tizimida  bozor  munosabatlarini  qo’llanilishi  maktabni 
boshqarish  nazariyasining  rivojlanishini  asosiy  omili  hisoblanadi.  Mutaxassislar 


  
 
                                                                     
76 
 
«boshqaruv» va «menejment» tushunchalari orasida farq yo’q deb hisoblasalarda, 
menejment tushunchasidan foydalanishni afzal ko’radilar. 
 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha      Harakatlar  strategiyasi  o’rta  muddatli  istiqbolda 
davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishlarini  belgilab  bergan  eng  muhim  dasturiy 
hujjat  hisoblanadi.  Mazkur  hujjat  asosida  ta’lim  sohasiga  doir  qator  islohotlar 
amalga  oshirildi.  Ta’lim  tizimini  xalq  bilan  muloqot  va  ilg‘or  xorijiy  tajribalar 
asosida isloh qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining  2017-yil  30-sentabrdagi  «O‘zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha 
ta’lim  vazirligi  faoliyatini  tashkil  etish  to‘g‘risida»  PQ-3305-son  qarori  asosida 
respublikamizda ilk bor maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. 
Maktabgacha  ta’lim  vazirligi  o‘z  faoliyatini  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  «Maktabgacha  ta’lim  tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-
tadbirlari  to‘g‘risida»  2017-yil  30-sentabrdagi  PF-5198-son  Farmoni  va 
«O‘zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha  ta’lim  vazirligi  faoliyatini  tashkil  etish 
to‘g‘risida»  2017-yil  30-sentabrdagi  PQ-3305-son  qaroriga  muvofiq  amalga 
oshiradi. 
  Uzluksiz  ta’lim  tizimining  muhim  bo‘g‘ini  bo‘lgan  maktabgacha  ta’lim 
tizimini  yanada  takomillashtirish,  samarali  davlat  boshqaruvi  tizimini  yaratish, 
maktabgacha  ta’lim  muassasalari  davlat  va  nodavlat  tarmog’ini  kengaytirish, 
moddiy-texnika  bazasini  mustahkamlash,  ularni  malakali  pedagog  kadrlar  bilan 
ta’minlash,  maktabgacha  ta’lim  muassasalariga  bolalarni  qamrab  olishni  keskin 
oshirish,  ta’lim-tarbiya  jarayonlariga  zamonaviy  ta’lim  dasturlari  va 
texnologiyalarini  tatbiq  etish  orqali  bolalarni  har  tomonlama  intellektual, 
ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini 
tubdan  yaxshilash  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil 
30-sentabrdagi «Maktabgacha ta’ lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillash-tirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-son Farmoni qabul qilindi.  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy 
o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta 
va  o‘rta  maxsus  ta’lim  umumta’lim  maktablarida,  kasb-hunar  ta’limi  ixtiyoriylik 
asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalarining  10-11-sinflari  o‘quvchilari  ta’lim 
olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va 
qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari 
yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart- 
sharoitlar  yaratish,  o‘quv-ishlab  chiqarish  majmualarini  tashkil  etish  va  ularni 


  
 
                                                                     
77 
 
zarur  jihozlar  bilan  ta’minlash  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasining  2017-yil  24-
oktabrdagi  «Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalarining  10-11-sinflari  o‘quvchilariga 
kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil 
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.  
             Maktabgacha ta’lim vazirligi

Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim Vazirligi O’zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori 
organlari hisoblanadi. Vazirliklar o’zini vakolatlik doirasida: 
-
 
ta’lim  sohasida  yagona  davlat  siyosatini  ro’yobga  chiqaradi;  ta’lim 
muassasalari  faoliyatini  muvofiqlashtiradi  va  uslub  masalalarida  ularga  rahbarlik 
qiladi;  
-
 
davlat  ta’lim  standartlari,  mutaxassislarining  bilim  saviyasi  va  kasbiy 
tayyorgarligiga bo’lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;  
-
 
o’qitishning  ilg’or  shakllari  va  yangi  pedagogik  texnologiyalarni, 
ta’limning  texnik  va  axborot  vositalarini  o’quv  jarayoniga  joriy  etadi,  o’quv  va 
o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi; 
-
 
ta’lim  oluvchilarning  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  va  davlat  ta’lim 
muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarini tasdiqlaydi; 
-
 
davlat  oliy  ta’lim  muassasasining  rektorini  tayinlash  to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi; 
-
 
pedagog  xodimlarni  tayyorlash,  ularning  malakasini  oshirish  va  qayta 
tayyorlashni tashkil etadi. 
Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Xalq  ta’limi  bo’limlari,  shuningdek,  mahalliy  hokimlik  organlari 
tasarrufiga kiradi va unga bo’ysunadi.  
Qoraqalpoq  respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  faoliyati  ikki  yuqori  organ 
nazorati ostida tashkil etiladi: 
 
Xalq ta’limi Vazirligining maxalliy organlari
 
Xalq ta’limi viloyat 
boshqarmasi 
Shahar xalq ta’limi 
bo’limi 
Tuman xalq ta’limi 
bo’limi 
 
Xalq ta’limi Vazirligi tasarrufidagi mahalliy 
organlari
 


  
 
                                                                     
78 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yuqorida  qayd  etilgan  organlar  maktab  faoliyati  yuzasidan  davlat 
nazoratini olib boradi va uning rivojini ta’minlash uchun ko’maklashadi. Ularning 
vakolatiga maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlarini tayinlash ham kiradi. 
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq 
ta’limi  bo’limlarining  maktab  inspektorlari  xizmati  yordam  beradi.  Ular  maktab 
faoliyatini  o’rganadi,  ta’lim-tarbiya  jarayonining  natijalarini  tahlil  qiladi,  ilg’or 
tajribalarini  aniqlaydi  va  ularni  ommalashtirish  chora-tadbirlarini  belgilaydi, 
kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yo’llarini izlaydi, maktab direktori va 
o’qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko’rsatadi. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish