Muqimiy nomidagi Qo`qon Davlat pedagogika instituti Ziyayev Adhamjon Nisolmuxammatovich



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/83
Sana02.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#306289
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83
Bog'liq
fayl 779 20210505

4.5.Iqtisodiy 
tarbiya-o’quvchilarning 
ilmiy 
dunyoqarashini 
shakllantirishning  tarkibiy  qismi  sifatida. 
O’zbekiston  Respublikasida  bozor 
munosabatlari  shakllanayotgan  sharoitda  o’quvchilarga  iqtisodiy  bilimlarni  berish 
va  ularda  iqtisodiy  faoliyatni  yurita  olish  ko’nikma,  malakalarni  shakllantirish 
o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.  
Iqtisodiy tarbiya - o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy 
faoliyat  (oila  byudjetini  shakllantirish,  oila  xo’jaligini  yuritish,  mavjud  moddiy 
boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va 
hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo’lib, 
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi. 
Iqtisodiy  tarbiya  ta’lim  muassasalarida  yo’lga  qo’yilayotgan  iqtisodiy 
ta’lim  bilan  chambarchas  holda  olib  boriladi.  Iqtisodiy  tarbiyani  tashkil  etishda 
oila,  ta’lim  muassasasi  va  jamoatchilik  o’rtasidagi  mustahkam  hamkorlikka 
tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi.  
Iqtisodiy  tarbiyani  tashkil  etish  jarayonida  quyidagi  vazifalar  amalga 
oshiriladi: 
-
 
o’quvchilarga iqtisodiy bilim asoslari (iqtisod, oila xo’jaligini yuritish va 
boshqarish,  ishlab  chiqarish  jarayonini  tashkil  etish,  ishlab  chiqarishni 
moliyalashtirish,  kapital,  tadbirkor,  tadbirkorlik  faoliyati,  kichik  va  o’rta  biznes, 
ijara,  shartnomalar  va  ularni  tuzish,  banklar,  bank  operasiyalari,  byujdetni 
shakllantirish,  daromad,  bankrot,  biznes-reja  va  boshqalar)  borasida  chuqur 
bilimlar berish va ularni takomillashtirish; 
-
 
o’quvchilarda  iqtisodiy  ong  va  tafakkur,  xususan,  mavjud  moddiy 
boyliklarga nisbatan oqilona munosabatni tarbiyalash; 
-
 
ularda  muayyan  kasbiy  yoki  ishlab  chiqarish  ko’nikma  va  malakalarini 
shakllantirish; 
-
 
 ularni iqtisodiy ishlab chiqarish jarayoniga faol jalb etish;      
-
 
o’quvchilarda  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishga  nisbatan  ehtiyoj  va 
layoqatni yuzaga keltirish; 
-
 
ular  tomonidan  tor  doirada  bo’lsada  tadbirkorlik  faoliyatining  yo’lga 
qo’yilishiga erishish. 
Iqtisodiy  mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish 
ilg’orlari  bilan  uchrashuvlar,  ishlab  chiqarish  korxonalariga  uyushtiriluvchi 
ekskursiyalar,  tadbirkorlik  yoki  muayyan  kasbiy  faoliyatni  tashkil  etish 
ko’nikmalarini  shakllantiruvchi  ishchanlik  o’yinlari,  o’quvchilarning  ishlab 
chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi ko’rik-
tanlovlar,  ularning  iqtisodiy  tafakkurini  o’stiruvchi  iqtisodiy  yo’nalishdagi 
konferensiya,  seminar  va  munozaralarni  tashkil  etish  iqtisodiy  tarbiya 
samaradorligini ta’minlaydi.     


  
 
                                                                     
37 
 
Iqtisodiy  tarbiyani  uzluksiz  amalga  oshirishda  ta’lim  muassasalarida  dars 
va darsdan tashqari sharoitlar, shuningdek, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar 
muhim  ahamiyatga  ega.  Iqtisodiy  mazmundagi  suhbatlar,  uchrashuvlar, 
ekskursiyalar,  to’garaklar  ko’rinishidagi  amaliy  tadbirkorlik  faoliyati  (u  yoki  bu 
hunar  yo’nalishidagi  ijodiy  ishlar)ni  tashkil  etish  o’quvchilarda  iqtisodiy 
tafakkurning shakllanishiga yordam beradi.  

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish