Muqimiy nomidagi qo‘qon davlat pedagogika instituti


XULOSA…………………………………………………………………………... Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati………………………………………………



Download 0,64 Mb.
bet2/22
Sana30.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#720721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
GLOBOLLASHUV SHAROITIDA MILLIY TAʼLIM TIZIMIDAGI ISLOHATLARNI AMALGA (4)

XULOSA…………………………………………………………………………...
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati………………………………………………
Ilovalar


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Xalqimizda “taʼlim va tarbiya - beshikdan boshlanadi”, degan hikmatli soʻz bor. Faqat maʼrifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi. Shu sababli mamlakatimizda taʼlim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz taʼlim tizimi prinsipiga asoslangan, bola tug’ilganidan boshlab, 30 yoshgacha boʻlgan davrda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʻrin topishi uchun kerak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratishga harakat qilinayotgani bejiz emas. Qadimiy Turon hududida sak-massagetlarni ruhlantirib, dushmanlarga qarshi ayovsiz jangga boshlagan, To’marisning kuchiga kuch kushgan qudrat kuch xalq orzusi emasmidi?
Istilochilarning yovuz kushinlariga yolgiz qarshi chiqish uchun afsonaviy Shiroqqa, aslida esa, nomlari olis tarix sahifalarida unut boʻlgan qahramon bobolarimizga jasorat va qahramonlik hissini bergan ham ana shu manba emasmidi? Yengilmas Aleksandr Makedonskiyga qarshi butun Sug’d va Baqtriyani safarbar qila olgan Spitamenga azm-u shijoat bagʻishlagan ham xalq orzusi emasmidi? Bu asriy orzu xalqimiz erishgan Birinchi Renessansga va ilk o’rta asrlardagi Maʼrifiy uygonish davriga asos boʻlgan, uning maʼnaviy poydevori sifatida xizmat qilgan desak yanglishmagan boʻlamiz. Ajdodlarimiz armonlari oʻsha davrda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Fargoniy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkir bobolarimiz xayoti, faoliyati, asarlarida oʻz talqinini topgan adolat va adolatparvarlik gʻoyalarida mujassam boʻldi.
Bu oliy havas Mahmud Zamaxshariy va Najmiddin Kubroni uygʻotdi, ushbu buyuk allomalarning gʻoyalarida, asarlari va hayrli amallarida aks etdi.
Bu orzu Sohibqiron Amir Temur bobomizni jahon sahnasiga olib chiqdi va Temuriylar Renessansi, Ikkinchi uygonish davri gʻoyalari va xalqimizning bunyodkorlik faoliyatiga kuchli taʼsir kursatdi. Markazlashgan kudratli davlat va qonun ustuvor boʻlgan adolatli jamiyat gʻoyasida mujassam boʻldi.
Aynan xalq armonini ruyobga chiqarishga boʻlgan intilish Amir Temur ibn Taragay Bahodir davrida nafaqat mamlakat mustaqilligini taʼminlash, balki kudratli davlat barpo etish, iqtisodiyot, madaniyat, sanʼat va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Xalqimizning orzu-intilishlari Mirzo Ulugʻbek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Davlatshoh Samarqandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi Ikkinchi uygonish davrining buyuk siymolarini uygʻotdi, ularning asarlari va faoliyatida o’z talqinini topgan odil podsho, adolatli jamiyat, komil inson gʻoyalarida namoyon boʻldi1. Bu ulugʻ orzu asrlar davomida xalqimizni ezgu amallar sari yoʻllab, uning iymon-eʼtiqodini gʻayriinsoniy gʻoyalardan, millatni turli taxdidlardan muhofaza qilib, uziga xos maʼnaviy qalqonga aylandi.
Shu tarifa uzoq oʻtmishdan hozirgi davrgacha milliy tafakkurimiz negizida shakllanib kelgan, turli gʻoya va amaliy harakatlarda uz ifodasini topgan el-yurtimizning orzu-umidlari bugungi kunda Yangi Oʻzbekiston tushunchasida jamuljam boʻldi.
Irodasi, shaxdu shiddati buyuk xalqimizning bunday yorug va teran orzusi jamiyatimizning yangi qiyofasini yaratish uchun yuksak marralarga intilayotgan xalqimizni Uchinchi Renessans gʻoyasi atrofida yanada jipslashtirmoqda. Bunga butun dunyo guvoh bulmoqda.
Shu sababli hammamiz uchun ilgʻor bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi bulish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz shart va zarurdir. Bu bizga rivojlanishning eng qisqa yoʻlidan borish imkonini beradi. Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!2
Yosh avlodning fuqarolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish maqsadida, farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar, yetuk mutaxassislar etib tarbiyalash boʻyicha keng koʻlamli ishlarni olib bormoqdamiz.
“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidaʻgi qonun kabul qilindi. Yoshlar ittifoqini tuzldi va uning samarali faoliyatini yoʻlga koʻydik Yoshlar forumlarini o’tkazmoqdamiz. 30-iyun kuni Oʻzbekistonda Yoshlar kuni sifatida keng bayram qilinmoqda.3
Maktab taʼlimini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish borasidagi islohotlarni jadal davom ettirmoqdamiz. Ota-onalarning fikrini hisobga olib, yurtimizda 11 yillik taʼlimni qayta tikladik, Yangi taʼlim muassasalarini kurish, mavjudlarini taʼmirlashga eʼtibor qaratmoqdamiz. Minglab maktablarda elektr energiyasi, ichimlik suvi taʼminoti, isitish tizimi yaxshilandi, oshxona, sport zallari va boshqa zarur binolar barpo etildi.
Mutloq yangicha mazmun va shaklga ega boʻlgan Prezident maktablari hamda ijod maktablari boʻyicha ishlar faol davom ettirilmoqda.4
Bu haqda mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning fikrlariga eʼtibor berish oʻrinli, uning taʼkidlashicha: “Eng avvalo bizning taʼlim tizimiga boʻlgan munosabatimizni ham tubdan oʻzgartirish kerak. Taʼlim islohoti bizni demokratik oʻzgarishlar, yangi jamiyat barpo etish yoʻlidan dadil yetaklovchi, barchamizni harakatlantiruvchi ichki kuch boʻlmogʻi zarur. Har birimizga besh barmoqday, eskicha aytganda, toʻqqiz pulday ayon boʻlsinkim, taʼlim va tarbiya tizimini oʻzgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning turmush tarzini ham tubdan oʻzgartirish mumkin emas”5.
Hozirgi oʻta murakkab, taxlikali, global krizislar sharoitida milliy oʻzligimizni tiklashday murakkab ishni amalga oshirar ekanmiz, endilikda nafaqat oʻz milliy tariximizda, balki butun insoniyat uch ming yillik maʼnaviy evolyutsiyasi tarixida ham tub burilish davrida yashayotganimizni hisobga olish zaruratiga duch kelmoqdamiz6.
Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizda ijobiy maʼnodagi ”portlash effekti”ga, yaʼni uning samarasiga erishamiz”7. Ushbu vazifani kerakli darajada uddalay olish uchun, avvvalo, taʼlim muassasalari va ularda ishlovchi pedagog mutaxassislarning taʼlim berish sifatini va yosh avlod taqdiri, taʼlim-tarbiyasi uchun masʼuliyatini muntazam oshirish zarur. Yurtboshimizni, Amir Temur bobomizning “Kuch – adolatda” degan mashhur taʼbirini bugungi kunga nisbatan qoʻllab aytadigan boʻlsak, men unga qoʻshimcha qilib “Kuch – bilim va tafakkurda” degan boʻlardim8, degan fikrlari ayni haqiqat ekanligini davr o’zi koʻrsatmoqda.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish