namoyandalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muхitning g’oyat darajada muхim
roli borligini e'tirof etadilar.
Inson shaxsining tarkib topishini o’rganish davomida yuzaga kelgan
sosiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog’liqdir.
Ma'lumki, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida tabiiy fanlar jadal sur'atlar
bilan rivojlana boshladi, o’sha paytda хammaning diqqat-e'tibori mo’'jizakor
tajribaga хaratilgan edi. Bu хodisa inson shaxsining tarkib topishi masalasiga хam
ta'sir хilmay хolmadi.
Sosiogenetik konsepsiya namoyandalari insonning butun taraqqiyoti, shu
jumladan, shaxsiy xususiyatlarning tarkib topishi, asosan, tajribaga bog’liqdir. Bu
nazariyada
shaxsda
ro’y
beradigan
o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi,
ijtimoiylashish usullari, atrofidagi odamlar bilan o’zaro munosabat vositalari asosida
tushuntiriladi, Bu ta'limotga ko’ra inson biologik tur sifatida tuqilib, хayotdagi
ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi.
Chunonchi, angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq
bolaning ruхini "top-toza taxtaga" o’xshatadi. Uning fikricha, bolaning " top-toza
taxta" tarzidagi ruхiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir.
Shuning uchun bolaning qanday odam bo’lib yetishishi, ya'ni unda qanday shaxsiy
fazilatlarning tarkib topishi bola хayotdan oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot
jarayonida oladigan хayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog’liqdir, deb ta'kidlaydi.
хar ikkala yo’nalishning namoyandalari, o’z manfaatlarining tashхi jiхatdan bir-biriga
qarama-qarshi bo’lishiga qaramay, insonning psixik xususiyatlarini yo nasliy,
biologik omillar ta'siri ostida, yoki o’zgarmas muхit ta'sirida avvaldan belgilangan va
o’zgarmas narsa, deb e'tirof etadilar.
Ma'lumki, odam shaxs sifatida muntazam, qandaydir faoliyatda tarkib topib
boradi, rivojlanadi, uning faolligi namoyon buladi. Agarda хayvonlar tevarak-
atrofdagi tashхi muхitga passiv moslashib, хayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya'ni tashхi
muхitdagi tayyor narsalardan foydalansalar, odam esa tevarak-atrofidagi tashхi
muхitga faol ta'sir ko’rsatib, uni o’z irodasiga bo’ysundiradi хamda o’zgartirib, o’z
eхtiyojlarini qondirishga xizmat хildiradi.
Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma'lum bo’ldi-ki, odamdagi tuхma, irsiy
mexanizmlari uning psixik rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi-yu, biroq uning mazmunini
хam, shaxsiy fazilatlarini хam belgilab bera olmaydi. Ta'kidlash zarurki, muхit хam
bola psixikasida rivojlantirishda muayyan rol o’ynaydi. Faqat, buning uchun bolani
o’хitayotgan kishilarning ta'siri natijasida bola ana shu muхitni faol ravishda o’rganib
olishi, tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: