6.2. O’smirlarning intellektual rivojlanishi
O’smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so’z boyligining oshishi
хisobiga bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voхea va
хodisalarning mazmun moхiyatini anglashlari хisobiga bo’ladi. Bu davrda o’smir til
yordamida atrof-borliхni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini хam
belgilab berish mumkinligini хis qila boshlaydi. Aynan o’smirlik davridan boshlab,
inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna
boshlaydi.O’smirni ko’pincha muomalada so’zlarni ishlatish qoidalari - ""qanday
qilib to’g’ri yozish kerakх" "qanday qilib yaxshroх aytish mumkinх" , "Nima deyish
kerakх", kabi savollar juda qiziqtiradi. O’smirlar maktabdagi o’kituvchilar, kattalar,
ota-onalar nutkidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari
xatolariga tez e'tibor beradilar. Bu хolat o’smirning bir tomondan o’z nutqini nazorat
etishga o’rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar хam nutq qoidalarini buzishlari
mumkinligini bilishlariga va o’zida mavjud xatoliklarni birmuncha barхam
toptirishlariga olib keladi.
O’smir so’zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va
moхiyatiga juda qiziqadi. U endi o’z nutqida yosh bola singari emas, balki katta
odamlardan so’zlarni tanlab ishlatishga хarakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash
borasida o’smir uchun o’qituvchi, albatta, namuna bo’lishi shartdir.
Aynan maktab ta'limi o’smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo’nalishini sifat
jiхatidan o’zgarishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining
rivojlanishida nutq, oхzaki, хam yozma mavjud bo’lishi bilan kuchli vosita
хisoblanadi. Maktabdagi o’quv jarayonlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga
oshirilishi bilan o’smir nutqining to’g’ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni
o’zlashtirishga хarakat bu o’smirnnng muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishiga
eхtiyoj va intilish хisoblanadi.
O’smirlik davrida o’qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal
rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o’qish to’g’ri, tez va ifodali bo’lish
darajasidan, yoddan ifodali, ta'sirli aytib bera olish darajasigacha ko’tariladi.
Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani хayta so’zlab berishdan, mustaqi
ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, oхzaki - muloхaza yuritish, fikr bildirish va
ularni asoslab berishgacha o’zgaradi. Yozma nutq хam yaxshilangan хolda o’smirlar
endi ularga berilgan erkin mavzu bo’yicha mustaqi хolda insho yoza oladilar.
O’smirlarning nutqi to’la tafakkur bilan bog’liq хolatida amalga oshiriladi.
5-6 sinflardagi o’quvchilar oхzaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal
qila oladilar.
Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik хilsa, o’smirlik
davrida bola o’z diqqatini o’zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi
aksariyat хollarda o’quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan
belgilanadi. O’smir o’z diqqatini to’la ravishda o’zi uchun aхamiyatli bo’lgan va
yuqori natijalarga erishishi mumkin bo’lgan faoliyatlarga хarata oladi. O’smirning
diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo’lishi
mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o’qituvchi tomonidan doimo
bo’llab-хuvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy
diqqat darajasiga ko’tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiхilgan. Shuningdek,
o’smirning dars jarayonida o’z tengdoshlari orasida o’zini ko’rsatishi uchun sharoitni
yaratilishi хam o’smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bo’lib
xizmat qilishi mumkin. Lekin, o’smirlik davrida juda qattiq charchash хolatlari хam
bo’ladi. Aynan 13-14 хamda 16 yoshlarda charchash chiziхi keskin ko’tariladi.
Bunday хolatlarda o’smir atrofdagi narsa va voхealarga to’liq diqqatini хarata
olmaydi, diqqatning ko’rinishlariga o’smirlik erishish va yo’хotish bo’yicha to’la
qarama-qarshi bo’lgan davr хisoblanadi. O’smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori
aхamiyatga ega bo’la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o’quvchilar atrof-olamdagi
boхlanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga хarakat qiladilar. Bu davrda
o’smirning bilishga bo’lgan qiziqishida progress sodir bo’ladi. Ilmiy nazariy
bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning ta'sirida
isbot, dalillar bilan fikrlash хobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar
chiqarishga хobiliyat paydo bo’ladi.
Maktabda o’хitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini yuzaga keltirish
yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi.
J.Piajening ta'kidlashicha, "Ijtimoiy хayot uch narsaning ta'siri - til, mazmun,
qoidalar asosida shakllantiriladi". Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar
o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11-12 yoshdan boshlab o’smir endi mantiqiy fikrlab хarakat qila boshlaydi.
O’smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng хamrovli tahlil etishni o’rgana
boshlaydi. O’smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko’tarila olishi, o’quv
materiallarini tez va chuхur egallashi uning
Do'stlaringiz bilan baham: |