Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

GIPOTALAMUS 
 
     Hajmi  uncha  katta  bo`lmagan,  ammo  muhim  faoliyatga  ega  bo`lgan  gipotalamus 
miyaning  uchinchi  qorinchasi  tubida  va  yonlarida  joylashgan. U  vegetativ,  endokrin  va 
somatik faoliyatlarni birlashtirish, hamda ichki muhit barqarorligini ta‘minlashdek juda 
muhim ishni bajaradi. Gipotalamusdagi kul rang modda besh guruh yadrolarga bo`linadi. 
Yadrolarning  preoptik  guruhi  paraventrikulyar,  medial  va  lateral  preoptik  yadrolardan 
iborat.  Olddingi  guruhga  kiruvchi  supraxiazmatik,  supraoptik  va  paraventrikulyar 
yadrolardagi neyronlarning o‘simtalari gipofizning orqa bo`lagiga tushadi. Ventromedial 
va  dorsomedial  yadrolar  o‘rta  guruhni  tashkil  qiladi.  Tashqi  guruh  tarkibida  lateral 
gipotalarnik yadro, kul rang do‘mboq yadrosi bor. Orqa guruhni orqa gipotalarnik yadro, 
perifronikal yadro va bir nechta mamillyar yadrolar shakllaydi. 
     Gipotalamus  yadrolarining  aksariyatida  (supraoptik  va  paraventrikulyar  yadrolardan 
tashqari)  aniq  chegara  yo‘q.  Ularni  muayyan  faoliyatni  boshqaradigan  markaz  deb 
hisoblab bo`lmaydi. Shuning uchun gipotalamusni ma‘lum faoliyatga dahldor sohalarga 
bo`lishadi. Masalan, preoptik va oldingi guruhdagi ba‘zi yadrolarni gipofizotrop sohaga 
birlashtirishadi. Bu sohadagi neyronlar liberin va statinlar ishlab chiqarib, adenogopofiz 
faoliyatini boshqrishda muhim rol o‘ynaydi. 
     Medial  gipotalamusga  kiruvchi  yadrolarda  ichki  muhitning  o‘zgarishlarini  sezuvchi 
neyronlar  bor.  Bu  neyronlar  qonning  haroratini,  elektrolit  tarkibini,  gormonlar  miqdori 
o‘zgarishini sezib, asli holiga qaytaradigan mexanizmlarni ishga soladi. Bu soha nerv va 
gumaral mexanizmlar yordamida gipofiz faoliyatini boshqaradi. 
     Gipotalamusning  lateral  sohasida  yadrolar  yo‘q.  U  asosan  miya  stvoliga  o‘tuvchi 
tolalardan iborat. Umuman, gipotalamus miyaning ko‘p sohalariga bog‘langan. 
 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish