QON TOMIRLAR FIZIOLIGIYASI Qon aylanishining katta va kichik doiralari. Bu qon aylanish doiralari o‘rtasida
jiddiy funksional farq bor. Katta qon aylanish doirasi orqali yurakdan chiqadigan qon
barcha a‘zolarga taqsimlanadi. Bu a‘zolarning qonga bo`lgan talabi tinchlik holatida ham
juda o‘zgaruvchan. Ish vaqtida esa bu ehtiyoj keskin oshadi. Faol holatdagi a‘zolarni qon
bilan yetarli miqdorda ta‘minlash uchun tomirlardagi qonni a‘zolar o‘rtasida qayta
taqsimlash zaruriyati tug‘iladi. Bu ishni boshqaruv mexanizmlari yuzaga chiqaradi.
Kichik qon aylanish doirasida qon faqat o‘pkadan o‘tadi. Bu doirada qon
aylanishining boshqarilishi ancha sodda.