Muqaddas ayol
Ayol! Bu so‘z zamirida olam-olam ma’no jamlangan. Ayol gul kabi chiroyli,mehnatkash, fidokor va mehribon zot. O‘tmish faylasuflaridan biri: „Jamiyatning qay darajadaligi ayolga bo‘lgan e’tibor bilan o‘lchanadi“, – deya haq gapni aytgan.
Zero, ma’lum ma’noda, ayollarning jamiyatimiz hayotidagi tutgan o‘rinlari, izzat-hurmatlari, umuman ayolga bo‘lgan e’tibor mazkur jamiyatning ma’naviy darajasini belgilab beradi.
Ayollarimiz o‘z mehnatlari, iqtidorlari bilan jamiyatimizning yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Hozirgi kunda faol xotin-qizlarimizni jamoat tashkilotlarida, siyosiy partiyalarda, tadbirkorlar orasida, olim va yozuvchilar orasida uchratish mumkin. Ular o‘z kasbining mohir ustalari, uyda esa ajoyib bekadirlar.
Ayol haqida gapirar ekanmiz yana bir oddiy haqiqatni eslatib o‘tish joizki, u ham bo‘lsa, har bir ayol – ona. Dunyoga daho farzand yetkazib berayotgan onani buyuk demay bo‘ladimi!
Do'stlaringiz bilan baham: |