HOM-2 rusumidagi karamelni sovutish mashinasi. Bu mashina karamel massasini uzluksiz ravishda sovutish va unga retsepturada ko`zda tutilgan qo`shimchalarni mexanizatsiyalashtirilgan usulda qo`shish uchun mo`ljallangan bo`lib karamel ishlab chiqaruvchi mexanizatsiyalashtirilgan uzluksiz yizimlarda qo`llaniladi va zmeevikli vakuum- apparatdan keyin o`rnatiladi.
O`lch.
|
Varaq
|
Hujjat
|
Sana
|
Imzo
|
|
Varoq
|
Bajardi:
|
|
|
|
|
Rahbar
|
|
|
|
Karamelni sovutish mashinasi ( - rasm) qabul qilish voronkasi 3, aylanadigan sovutish barabanlari 5 va 6, qiya sovutish plitasi 7, kristalik kislota, essentsiya va oziqaviy bo`yoqlarni dozalash uchun dozatorlar 8 va 9, o`raladigan tarnovchalar 10, cho`zuvchi tishchali g’ildirakchalar 11 dan iborat. Barabanlar 5, 6 va qiya plita 7 ning ichi bo`sh bo`lib, ular uzluksiz ravishda 12-180C temperaturga ega bo`lgan vodoprovod suvi bilan sovutiladi. Mashinaning ishchi organlari elektrodvigatel 1, reduktor 2, tishli va zanjirli uzatmalar sistemasi yordamida harakatlantiriladi.
Namligi 1,5-3 % gacha, qaynatilgan karamel massasi vakuum-apparatdan qabul qilish voronkasi 3 ga quyiladi, aylanadigan sovutish barabanlari 5 va 6 orasidan o`tadi va qalinligi 4-5 mm va eni 400-500 mm bo`lgan tasma ko`rinishida qiya sovutish plitasi 7 bo`ylab uzluksiz harakatlanadi. Pastki sovutish barabani yuzasi bo`ylab o`tish paytida karamel massasi tasmasida yopishish oldini oladigan va 12- 300 burchak ostida o`rnatilgan qiya sovutish plitasi bo`ylab yaxshi o`tishni ta`minlaydigan qobiq hosil bo`ladi. Bunday burchakdagi qiyalikda massa plita bo`ylab bir tekis tezlik bilan sirpanadi. Barabanlar 5 va 6 orasidagi tirqish maxovik 4 bilan rostlanadi. Plita 7 ustida, o`rovchi tarnovchalar oldida dozatorlar 8 va 9 o`rnatilgan. Ulardan karamel massasining tasmasi yuzasiga ma`lum nisbatda uzluksiz ravishda kristalli limon kislotasi, bo`yoq, essentsiya beriladi. Sovutish plitasining pastki qismida karamel massasi tarnovchalar 10 orasidan o`tishi paytida tasma chetlariga o`raladi. Bunda tasmaning sovugan qobig’i ustiga, qo`shimchalar esa uning ichida qoladi. Keyin massa cho`zuvchi tishchalar 11 orasidan o`tkaziladi. U tasmaning plita bo`ylab bir tezlikda harakatlanishini ta`minlaydi va qisman bosadi. Mashinaning unumdorligini qabul qilish voronkasida o`rnatilgan to`siq yordamida, karamel massasi tasmasining qalinligini o`zgartirish yo`li bilan rostlash mumkin. Karamel massa tasmasi sovutish mashinasidan taxminan 20 s vaqt ichida o`tadi. Bu vaqtda 125-1300C dan 90-950C gacha sovutiladi. Massaning oxirgi temperaturasini sovutiladigan suvning miqdori va tasmaning qalinligini o`zgartirish yo`li bilan rostlash mumkin._____________-------------
|
Do'stlaringiz bilan baham: |