Muomalaga layoqatsiz fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish



Download 17,8 Kb.
bet2/2
Sana22.04.2020
Hajmi17,8 Kb.
#46345
1   2
Bog'liq
Vasiylik va homiylik
1-maruza, 20000000000000000020, 20000000000000000020, XT 4, XT 4, Anketa, Fizika ixtisosligidan boshqa ixtisosliklar uchun ma’ruza matnlar, Asadullayev Shahriyor Shavkatjon o’g’li talabasining ijtimoiy pasporti, TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA INNOVATSION JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISH, Types of data for investigation and methods, Bukhara.docx, Bukhara.docx, shahzot aka, 56565656565 - копия
Homiylik — fuqarolarning shax-siy va mulkiy huquq qamda manfaatlarini himoya qilishning huquqiy shakli. H. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan bel-gilanadi. Sogʻligʻining yomonligi sababli mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va maj-buriyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan H. shu shaxslarning iltimosiga binoan belgilanishi mumkin. Homiyning asosiy vazifasi H.ka olinuvchining shaxsi va mulki yuzasidan gʻamxoʻrlik qilishdan, H.ka olinuvchining manfaatlarini qoʻriqlashdan iborat. Binobarin, H.ka oluvchi oʻziga ishonilgan mulkdan oʻzi uchun hech qanday foyda olmasligi lozim. U H.ka olingan shaxsni asrash va uning mul-kini idora etish harakatinigina un-dirishga haqli. Umumiy qoida boʻyicha H. ishi tekin bajariladi. Homiylar oʻz himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar. H. organi quyidagilardir: yosh bolalarga nisbatan — xalq taʼlimi boʻlimlari; ruhiy kasal va aqli zaiflarga nisba-tan — sogʻliqni saklash boʻlimlari; ijtimoiy kam taʼminlangan fuqarolarga nisbatan — ijtimoiy taʼmi-not boʻlimlari. Voyaga yetmagan bolalarga H. ularning ota-onasi, farzan-dliKka oluvchilari boʻlmagan, ota-onasi sud tomonilan otaonalik huquqlaridan mahrum qilingan taq-dirda, shuningdek, bunday fuqarolar boshqa sabablarga koʻra ota-ona himoyasidan mahrum boʻlib qolgan, xususan, ota-ona ularni tarbiyalashdan yoxud ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda belgilanadi. H. homiy tay-inlashga muxtoj boʻlgan shaxs yashayotgan joyda, tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Krnunchilikka koʻra, quyidagilar homiy qilib tayinlanishi mumkin emas: ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonunda belgilangan gartibda muo-malaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; sobiqfarzandlikka oluvchilar oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotganligi, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilayotganligi, farzandlikka olinuv-chilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlayotganligi, ichkilik-bozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi tufayli farzandlikka olish bekor qilingan boʻlsa; ruhiy yoki narkologik muassasalarda roʻyxatda turganlar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar. H. bilan bogʻliq barcha huquqiy jihatlar Oʻzbekiston Respublikasining FK, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-sonli qarori bilan tas-diqlangan "Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida Nizom"da oʻz ifodasini topgan. Mirodil Baratov.
Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan mazkur qonun 9 bob, 50 moddadan iborat bo‘lib, milliy qonunchiligimizning ilg‘or tajribalari hamda zamonaviy xalqaro huquqiy normalar uyg‘unligi asosida ishlab chiqilgan.
Shu o‘rinda “vasiylik” va “homiylik” tushunchalariga oydinlik kiritib o‘tsak Vasiylik – o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy shakli hisoblanadi. Homiylik – o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, ta’lim-tarbiya berish, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishdir.
Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning o‘z vaqtida aniqlanishi, hisobga olinishi va joylashtirilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu jarayonda bunday shaxslarning huquq va erkinliklari ta’minlanib, ularga zarur g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi.
Vasiylik va homiylikni amalga oshirishda qonuniylik, mehr-shafqat tamoyillariga amal qilinadi. Bu masalada individual yondashuv, bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligi masalalari ham e’tibordan chetda qolmasligi zarur. Shunda ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik tom ma’noda to‘laqonli ahamiyat kasb etadi, oila sharoitini, undagi iliq muhitni his etib ulg‘aygan bola kelgusida shunga munosib bo‘lib voyaga yetadi.

Qonunning 2-bobida vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda ularning vakolatlari belgilangan. Bu sohadagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari sirasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari kiritilgan.


Vasiylik va homiylik bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tegishliligiga ko‘ra muayyan organlarga yuklatiladi. Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunda vasiylik va homiylikni belgilash bilan bog‘liq me’yorlar aniq belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Bu shunga muhtoj shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha belgilanadi.
Voyaga yetgan fuqarolar faqat o‘z roziligiga ko‘ra vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin. Buni istagan shaxslar tuman yoki shahar hokimi nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Vasiy yoki homiy tayinlashda uning axloqiy fazilatlari, burch va majburiyatlarni bajarish qobiliyati inobatga olinadi.
Ta’kidlash kerakki, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan shaxslar, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan kishilar, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan fuqarolar, qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emas.
Vasiylar o‘z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo‘lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha bitimlarni tuzadi. Homiylar ham shunday huquqlarga ega, ular o‘z homiyligidagi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko‘maklashadi. Ularni uchinchi shaxslar tomonidan bo‘ladigan suiiste’molliklardan muhofaza qiladi.
Vasiylar va homiylar o‘zining yashash joyi o‘zgarganligi haqida vasiylik va homiylik organini xabardor qilishi shart. Chunki qonun asosida vasiylik va homiylik organlari faoliyati ustidan nazorat olib boriladi. Bu jarayonda vasiy va homiylarning majburiyatlari bajarilishi tahlil qilinadi. Bu ushbu sohada to‘laqonli faoliyat yuritilishi, vasiylikdagi va homiylikdagi shaxslarning manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Vasiylik ham, homiylik ham ehtiyoj va shart-sharoitdan kelib chiqib tayinlanadi. Bularning bartaraf bo‘lishi vasiylik va homiylikning tugatilishiga olib keladi. Bunga sabab bo‘luvchi asoslar qonunda aniq bayon etilgani ushbu sohada muammoga o‘rin qoldirmaydi. Xususan, vasiylik vasiylikdagi shaxs vafot etganda, voyaga yetmagan o‘n to‘rt yoshga to‘lganda, voyaga yetmagan bola ota-onasiga qaytarilganda, vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda, fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda tugatiladi.
Voyaga yetmagan o‘n to‘rt yoshga to‘lgani sabab vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs voyaga yetmaganning homiysi bo‘lib qolishi mumkin.
Homiylik esa homiylikdagi shaxs voyaga yetganda, ota-onasiga qaytarilganda, farzandlikka olinganda yoki vafot etganda, fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda, voyaga yetmagan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda, homiylikdagi shaxs nikohga kirganda, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i yaxshilanganda tugatiladi.
Muxtasar aytganda, mazkur qonunning qabul qilinishi bilan vasiylik va homiylik sohasini tartibga soluvchi yagona huquqiy asos yaratildi. Bungacha ushbu sohadagi munosabatlar turli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib kelingan bo‘lsa, endilikda yagona qonun asosida vasiylik va homiylikka olinayotgan shaxslarning huquq va manfaatlari himoyasi yanada mustahkamlandi.


Download 17,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash