Avtomagistral 5.1 belgi bilan belgilangan yo'l.
Belgilangan yo'nalishli transport vositasi
Belgilangan yo'nalishi va bekatlari bo'lgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo'nalishli taksi).
“Piyodаlаrning tаshkiliy jаmlаnmаsi” – qоidаlаrning 5.2 bаndi tаlаblаrigа muvоfiq yo’ldа bir yo’nаlishdа birgаlikdа hаrаkаtlаnаyotgаn оdаmlаr guruhi.
Piyodаlаrning tаshkiliy jаmlаnmаsigа bir qаtоrdа to’rt kishidаn оrtiq bo’lmаsdаn yo’lning qаtnоv qismidа fаqаt trаnspоrt vоsitаlаrining ҳаrаkаt yo’nаlishi bo’ylаb o’ng tоmоndаn yurishgа ruхsаt etilаdi.Jаmlаnmаning оldi vа оrqаsidа chаp tоmоndаn qizil bаyrоqchа, qоrоng’i vаqtdа yoki yеtаrlichа ko’rinmаslik shаrоitidа esа оldindа оq, оrqаdа qizil rаngli chirоq ko’tаrgаn kuzаtuvchilаr bo’lishi kеrаk.Bоlаlаr guruhini trоtuаrlаr vа piyodаlаr yo’lkаlаridаnginа, ulаr bo’lmаgаndа esа yo’l yoqаsidаn fаqаt kunduzi vа kаttа yoshdаgilаr kuzаtuvidа оlib yurishgа ruхsаt etilаdi.
Dars yakuni va baholash
Vazifa: o‘rganish
24.12 Ijtimoiy-maishiy yo‘nalish
Yo‘l va uni kesib o‘tish
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchiga muomala muloqot odobi,ko‘chada harakatlanish qoidalari haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchini ozoda, saranjom, intizomli va rejali qilib tarbiyalash;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchida mustaqil va erkin fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish, jismoniy barkamolligini kuchaytirish.
Darsning metodlari: aqliy hujum, savol-javob, muloqot
Dars usuli: noan’anaviy.
Darsda qo’llaniladigan vositalar: daftar, ruchka,tarqatma materiallar
Tashkiliy qism: salomlashish, yangiliklar haqida suhbat.
O’tilgan mavzuni takrorlash:
O‘tgan darsdagi yo‘l harakati qoidalari to‘g‘risida suhbatlashish
Yangi mavzu bayoni:
«Piyoda – umring bo‘lsin ziyoda!» Bunday so‘zlar bitilgan shiorlarni siz YPX maskanlarida, shahrimiz ko‘chalarida ko‘p ko‘rgansiz, chunki piyoda ham yo‘l harakati ishtirokchilaridan biri bo‘lib, unga ham boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari, transport vositasi haydovchisi, yo‘lovchi kabi intizom va ulkan mas’uliyat yuklangan. Haydovchi boshqarayotgan transport vositasining yuqori darajali
xavf-hatar manbai ekanligini piyodalar yaxshi anglaydilar. Ko‘pchilik piyodalar yo‘lning qatnov qismidan o‘tishda ehtiyotsizlik yoki sabrsizliklari oqibatida o‘z xatti-harakatlarini chuqur o‘ylamasdan amalga oshiradilar.
Agar trotuar piyodalar yo‘lkasi yoki yo‘l yoqasi bo‘lmasa yoxud ulardan yurishning imkoni bo‘lmasa, piyodalar velosiped yo‘lkasidan yoki qatnov qismining chetidan, ajratuvchi bo‘lagi bor yo‘llarda qatnov qismining o‘ng chetidan bir qator bo‘lib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo‘nalishda yurishlari kerak. Piyodalar yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan shuningdek, yer osti va yer usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |