Munosabatlardagi harakatlari reja: Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar. Erkin ishlatiladigan valyutalar


Akkreditiv qo'llanilishi darajasiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi



Download 46,89 Kb.
bet10/12
Sana17.05.2023
Hajmi46,89 Kb.
#939882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
17-мавзу маьруза (8) (1)

Akkreditiv qo'llanilishi darajasiga qarab quyidagi turlarga
bo'linadi.

1. Emitent - bank akkreditivning shartlarini o'zgartirish nuqtai nazaridan, chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan akkreditiv-dan iborat. Agar importer va eksporter o'rtasida tuzilgan shartnomada chaqirib olinadigan akkreditiv ko'zda tutilgan bo'lsa, shartnomda kelishilgan muddat ichida importerning tovarlarni sotib olish yoki xizmatlar bo'yicha qarori o'zgarsa benifitsar foydasiga o'tkazilgan shartnoma summasini to'liq yoki qisman chaqirib olinishi mumkin. Chaqirib olinadigan akkreditivda esa importerga bunday huquq berilmaydi.
2.Sharnomada ko'rsatilgan summani benifitsarning akkreditiv
hisobvarag'iga o'tkazishi nuqtai nazardan, ta'minlangan yoki ta'min-
lanmagan akkreditivga
bo'linadi. Ta'minlangan akkreditivda importer
shartnomada kelishilgan summa to'liq benefitsarning bankida depo-
nentlanadi, ta'minlanmaganda esa ushbu summa importerning banki
tomonidan kafolatlanadi.
3. Akkreditiv shartnomasida ko'rsatilgan summa bo'lib - boiib,
bir necha marta benefitsarning bankida ochilgan akkreditiv hisob­
varag'iga o'tkazilishi mumkin, akkreditivning bu turi to'ldirib bori-
ladigan
yoki revolver akkreditiv deb yuritiladi. Akkreditivning ushbu
shakli odatda ishlab - chiqarish jarayoni bir - biriga bog'liq bo'lgan
eksporter va importerlar o'rtasida qo'llaniladi.
Xalqaro hisob - kitoblarda qo'llaniladigan akkreditivning afzallik jihatlari ko'proq eksporterga tegishli bo'lib, unga jo'natilgan tovar yoki ko'rsatilgan xizmat uchun to'lov kafolatlangan. Biroq, importer benifetsar uchun ochilgan akkreditiv hisobvarag'iga mabalag'ni o'tkazishi natijasida uning ixtiyoridagi mablag' ma'lum muddatga chetlashishiga sabab bo'ladi.
Inkasso. Xalqaro hisob - kitoblarda qo'llaniladigan akkreditiv-larning asosiy mohiyati shundan iboratki, eksporter jo'natilgan tovarlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lovni undirib olish maqsadida o'z bankiga tegishli hujjatlar bilan birga inkasso to'lov hujjatini ham taqdim etadi.
Xalqaro hisob - kitoblarning inkasso shaklida tovarlar harakati pul harakatidan oldinda yuradi. Shu bois ham ushbu hisob - kitobni amalga oshirishda tijorat kreditining bir ko'rinishi namoyon bo'ladi, bu eksporterlarni ma'lum darajada riskka duchor bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu o'z navbtida eksporter importerning moliyaviy holati va uning to'lovga qobiliyati haqida, shuningdek, importer boshqa mamlakatdan bo'lsa mamlakatdagi siyosiy - iqtisodiy ahvolni o'rganishi juda muhim hisoblanadi.
Xalqaro hisob - kitoblarning shakli mahalliy inkasso hisob -kitoblardagi kabi, quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi.
1.Eksporter tovarlarni junatgandan o'z bankiga tovarlarni jo'nat-
ganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga inkasso hujjatini taqdim
etadi.

  1. Eksporterning banki inkasso hujjatlarini xalqaro talablar doirasida tayyorlanganligini o'rganib chiqqandan so'ng SFIVT elektron tzlov tizimi orqali imporerning bankiga jo'natadi.

  2. Importerning banki inkasso hujjatlari kelib tushganligi va to'lovni amalga oshirayotganligini unga xabar qiladi va mablag'larni eksporterning bankiga jo'natadi.

  3. Eksporterning banki valyuta mablag'larini uning hisobva­rag'iga kirim qilgandan so'ng bu haqda xabar beradi.

Xalqaro hisob - kitoblarning inkasso shakli qo'llanilganda valyuta kursining o'zgarishi, importerning moliyaviy holati yomon-lashuvi tufayli to'lovni amalga oshira olmasligi, importerning mam-lakatida siyosiy va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuvi oqibatida eksporter moliyaviy jihatdan zarar ko'rishi mumkin. Shu bois ham eksporter xalqaro hisob - kitoblarni amalga oshirishda hisob — kitoblarning ushbu shaklini tanlashda juda ehtiyotkorlik bilan yondashadi.
Bank o'tkazmalarL Xalqaro hisob - kitoblarda bank o'tkazmalari asosan eksporter va importer o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar doimiy xarakterga ega bo'lganda, ularning moliyaviy holati bir - biriga to'liq ma'lum bo'lganda va tegishli darajadagi ishonch mavjud bo'lsagina joriy etiladi.
Xalqaro hisob - kitoblarning ushbu shakli juda oddiy va oson bo'lib, tovarlar eksport qilingandan so'ng to'lovni amalga oshirish uchun importer o'z bankiga topshiriqnoma arizasini taqdim etadi. Importer banki topshiriqnoma arizada ko'rsatilgan summani eksporterning bankiga SFIVT elektron to'lov tizimi orqali o'tkazib beradi. Eksporterning banki uning hisobvarag'iga kelib tushgan mablag' haqida xabar beradi.
Xalqaro hisob - kitoblarda bank o'tkazmalarining ijobiy jihatlari ko'proq importerga tegishli bo'lib, u olingan tovarlar uchun mablag' yetarli bo'lsato'lovni amalga oshirishi, agar mablag' mavjud bo'lmasa yoki yetarli bo'lmasa to'lovni ma'lum muddatga kechiktirishi, olingan tovar yoki xom-ashyodan to'lovni amalga oshirmagan bo'lsada foydalanishi mumkin bo'ladi.
O'zbekiston banklarida xalqaro valyuta munosabatlari
O'zbekiston tijorat banklari mustaqillik yillarida juda ko'p xorijiy mamlakatlarning banklari bilan qator valyutali operatsiyalarni amalga oshirishni yo'lga qo'ydi.
O'zbekistonda xalqaro valyuta munosbatlari tegishli qonun va me'yoriy hujatlar bilan tartibga solinadi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish to'g'risida"gi Qonuni shular jumlasidandir. Ushbu qonun 1993 yil 7 mayda qabul qilingan bo'lib, unga qator qo'shimcha va o'zgarishlar kiritilgan.
O'zbekistonda xalqaro valyuta operatsiyalari tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu banklar Markaziy bankning bosh litsenziyasiga ega bo'lib, ular:
- O'zbekiston Respublikasi hududida ochiq valyuta mavqie limiti doirasida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha, shu jumladan, hosila moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha bevosita o'zaro, o'z mijozlari bilan hamda valyuta birjalari orqali, shuningdek xalqaro bozorlarda operatsiyalarni amalga oshirish;

  • O'zbekiston Respublikasining banklarida va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlariga hamda boshqa hisobvaraqlarga ega bo'lish;

  • naqd chet el valyutasini hamda chet el valyutasidagi to'lov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini amalga oshirish uchun ayirboshlash shoxobchalarini ochishga haqli hisoblanadi.

Vakolatli banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar, valyuta to'g'risidagi qonunga ko'ra joriy xalqaro operatsiyalarni va kapital harakati bilan bog'liq valyuta operatsiyalarga bo'linadi.
Joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

  • tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan, xizmatlar ko'rsatilishi bo'yicha to'lovlar;

  • foizlar va boshqa daromadlar ko'rinishidagi to'lovlar;

  • kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki to'g'ridan - to'g'ri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni to'lash;

  • savdo bilan bog'liq bo'lmagan pul jo'natmalarini amalga oshirish bo'yicha operatsiyalar kiradi.

Kapital harakati bilan bog'liq valyuta operatsiyalarga joriy xal­qaro operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar kiradi. Xususan:

  • investitsiya faoliyatini amalga oshirish;

  • kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;

  • ko'chmas mulkni sotib olish va sotish;

  • xorijiy davlatlardan mablag'larni hisobvaraqlar va omonatlarga jalb etish hamda xorijiy davlatlarda mablag'larni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish kiradi.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish-
ning beshta ustuvor yunalishi bo'yicha Xarakatlar strategiyasiga
muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor
mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni
rag'batlantirish, tug'idan-tug'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb
qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi
raqobatdoshligini oshirish, mamlakati mizda investitsiya va
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:

Download 46,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish