Asosiy qsm
1.Ishsizliq tushunchasi va ishsizlik darajasining o`lchanishi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o`rganish, ulardan xech biri uzoq muddatda bir teqis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha malakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini qo`rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga iqtisodiy davrlar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o`tish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashqil topadi (4-chizma).
YAIM
cho`qqi retsessiya cho`qqi
potentsial YAMM trendi
qo`tarilish
pasayishning
quyi nuqtasi
iqtisodiy davr vaqt t
4-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi
Iqtisodiy davrlar to`rtta bosqichni o`z ichiga oladi. Birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo`lib, u «cho`qqi» deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to`liq bandliq, ishlab chiqarish to`la quvvatda ishlayotganligi, shuningdek, maxsulotlarning baxo darajasining o`sish xolati kuzatiladi.
Keyingi bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab chiqarish va bandliq darajalari qamayadi, ammo baxoning o`sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina baxoning o`sish darajasi sustlashishi mumqin. Pasayishning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandliq eng quyi darajaga tushadi va turgunliq davri boshlanadi.
Ko`tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-seqin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to`liq foydalanish va to`liq bandliq darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo`lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga qo`ra o`zaro farq qilib turadi. SHuning uchun xam iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balqi iqtisodiy tebranishlar deb atash to`gri bo`ladi deb xisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko`rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texniqa va texnologiyalarda ro`y beradigan o`zgarishlar deb xisoblaydilar. Ularning fiqricha fan-texnika yutuqlarini qo`llash natijasida iqtisodiyotda o`sish ro`y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yoqilgi sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo`l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi. YAngi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imqonini beradi. Texniq va texnologiq yangiliqlar doim xam yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo`ladi.
Olimlarning yana bir guruxi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga boglashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga boglaydigan olimlar xam mavjud. YA`ni, davlat qanchaliq qo`p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchaliq qamayib boradi, va aqsincha, pul miqdori qanchaliq qam bo`lsa, ishlab chiqarish qo`lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchaliq tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baxolashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandliliq darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bogliq, degan fiqrni qo`llab-quvvatlaydilar. Chunki, qorxonalar o`z tovar va xizmatlarini ularga talab bo`lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab qatta bo`lmasa, qorxonalarda tovar va xizmatlarni qatta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O`z navbatida, ishlab chiqarishda bandliliq va daromadlar darajasi xam, aynan shu sababli, past bo`ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchaliq qo`p bo`lsa, ishlab chiqarishning o`sishi katta foyda olib qeladi. SHuning uchun ishlab chiqarish, bandliliq va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta`sir etuvchi omillarni o`rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha xuqumatlar maqroiqtisodiy siyosatining muxim maqsadlaridan biridir.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish resurslari to`liq foydalanilmay qoladi.
YAIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo`lgan mexnat resurslaridan to`liq foydalanilmasliq ishsizliqda namoyon bo`ladi.
Maqroiqisodiy taxlilda mexnat resurslari emas balqi ishchi quchi qategoriyasidan qo`proq foydalaniladi.
Ishchi quchi yoqi iqtisodiy faol axoli deganda mexnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan axolining umumiy soni tushuniladi.
Mexnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taqlif qonuni amal qiladi. Ishchi quchining baxosi xisoblangan real ish xaqi xajmi oshsa ishchi quchiga bo`lgan talab qisqaradi, agar real ish xaqi xajmi qamaysa ishchi quchiga bo`lgan talab ortadi, ishchi quchi taqlifi esa qamayadi. Ishchi quchiga bo`lgan talab miqdorining ishchi quchi taqlifi miqdoridan qam bo`lishi ishsizliqni qeltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi quchining bir qismi bo`lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo`lmagan, leqin ishlashni xoxlovchi va faol ish qidirayotgan axolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |