Kirish
1.«Andijon yog’ – moy» aktsiyadorlik jamiyatining faoliyatini tashkiliy iqtisodiy tavsiflash;
2.«Andijon yog’ – moy» aktsiyadorlik jamiyatining texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish;
3.«Andijon yog’ – moy» aktsiyadorlik jamiyatida mehnat unumdorligini oshirilganlik holatini tahlil qilish;
4..Sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish yo’llari va ularni amalda qo’llashning zamonaviy yo’nalishlari
Xulosa va takliflar
Kirish
Ijtimoiy- taraqqiyotning barcha bosqichlarida, barcha mamlakatlarda insonhayotining asosin imoddiy ne’matlar ishlabchiqarish vaxizmatla rko’rsatish tashkil etadi .Chunki, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonlari bo’lmasa, ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan va iste’mol qilinadigan ne’matlarning o’zi bo’lmaydi. Har qanday jamiyatda insoniyat iste’molsiz yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Bu masala hozirg ikunda jahon mamlakatlarining katta muammosiga aylangan.
Bozor iqtissodiyoti sharoitida har bir tadbirkor yoki korxona foyda olish va uni ko’paytirish uchun faoliyat ko’rsatadi. Uning oladigan foyda miqdori esa ishlab chiqargan mahsuloti yoki ko’rsatayotgan xizmatining hajmiga , sifatiga, tannarxiga va baholar darajasiga bog’liq bo’ladi. Korxonalarning bozorga mahsulot etkazib berib, foyda olishga bo’lgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi.Bu esa o’z navbatida har bir rahbar, ishchi – xodim, mutaxassisdan bozor munosabatlariga faol ravishda kirib boorish jarayonida hartomonlama va chuqur o’rganish va fikr yuritishni talab qiladi. Ushbu muammolarning samarali holda echilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidagi muvaffaqiyatlri aoliyatn ita’minlaydi. Bunday muammolardan biri – jamiyat hayotining ijtimoiy va iqtisodiy sohalariga tegishli bo’lgan, ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan mehnat sohasidagi muammolardir. Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish masalalariga tegishlibo’lgan bu muammo – mehnat unumdorligini oshirish masalasidir.Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi mehnat resurslaridan samarali foydalanish darajasini ko’rsatishi bilan birqatorda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini aks ettiradi. Mehnat unumdorligi iqtisodiyotning intensivligi darajasini ko’rsatadi. Bu ko’rsatkichning ortishi mamlakat iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning ortishiga va mamlakat aholisining turmush farovonligi darajasiga ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |