Мундарижа сўзбоши



Download 0,7 Mb.
bet15/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

Endogen jarayonlarining asosiy enyergiya manbasi gravitatsiya va radiaktiv moddalarning parchalanishi, kosmik, Yerning harakatlari, Yerni Quyosh va Oy bilan tortishishi, Yerning ichki qatlamlarida yuz byeradigan kristllizatsiya va kimyoviy jarayonlarda hosil bo’lgan issiqlik enyergiyasidir. Gravitatsiya, radiaktivlik, Yer bag’rining isishi va sovushi mantiya va yer po‘stini tashkil qiluvchi moddalar hajmining o‘zgarishiga olib keladi. Isish jarayonda Yer moddalarining kengayishi mantiya hamda yer po‘stida ko‘tarilma vyertikal harakatlarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida yer po‘stida buramalar yoki yoriqlarning hosil bo’lishi va yoriqlar bilan chegaralangan yer po‘sti bloklarining siljishi yuz byeradi. Tektonik yoriqlar yer po‘stining chuqur qatlamlariga ham kirib borib, jinslar yeriydigan o‘choqlarga etadi. Bu vaqtda gigant yoriqlar kanallarga aylanadi hamda ular bo‘yicha yerigan moda-magma yuqoriga ko‘tariladi. Yer yuzasiga ko‘tarilayotgan magma yer po‘sti qatlamlarida intro’ziv jinslarni (batolitlar, shtoklar, lakkolitlar va boshq.) hosil qiladi. Ular ham o‘z navbatida yuqori qatlamlarida turli buzlishlarni vujudga keltiradi. Masalan, batolit va shtoklar ularni qoplab turuvchi yuqoridagi qatlamlarni mexaniq siljitib burmali va yoriqli strukturalarni hosil qiladi. Intro’ziv jinslarning dinamik, tyermik va kimyoviy ta’sirida cho‘kindi jinslar o‘zgarishlarga uchrab metamorfik jinslarga aylanadi.

Yer yuzasiga magmaning oqib chiqishi effo’ziv magmatizmni yoki vulkanizmni hosil qiladi. Yer po‘stida yoriqlarni hosil bo’lishi Yer yuzasida yer qimirlashlarga sabab bo’ladi.

Shunday qilib, yer po‘stining tektonik harakatlari yoriqlarining hosil bo’lishi, yer po‘sti bloklarining siljishi, burmalanishi chuqurlik magmatizmi, vulkanizm va yer qimirlashlarni keltirib chiqaradi. Lekin, bu jarayonlar ta’sirida vujudga kelgan relef shakllari tabiatda birlamchi holatni saqlab qola olmaydi. CHunki ular ekzogen jarayonlar ta’sirida qayta o‘zgartiriladi.

Ekzogen jarayonlarining asosiy enyergiya manbaii-Quyoshning nur enyergiyasi. Bu enyergiya yer yuzasida o‘zgarib suv, havo, litosfyera moddallarini harakatlantiruvchi enyergiyaga aylanadi. Yuza va yer osti suvlari, okean va dengiz hamda ko‘llarning suv massalari, o‘simlik va hayvonlar, shamol va muzlarning faoliyati ekzogen jarayonlarga (agentlarga) kiradi. Bu jarayonlarining hammasida gravitatsiya enyergiyasi ishtirok etadi. Ekzogen jarayonlarga yonbag’irlarda yuz byeradigan barcha jarayonlar hamda yildan yilga ta’siri ortib borayotgan insonning xo‘jalik faoliyati ham kiradi.

Endogen va ekzogen jarayonlar relef hosil qilishda teng kuchli bo’lsalarda, etakchilikni endogen jarayonlar boshqaradi. CHunki, ularning faoliyatidan hosil bo’lgan yer yuzasidagi barcha notekisliklarni ekzogen jarayonlar tekislashga harakat qiladi. Lekin endogen jarayonlarining doimiy ravishda qaytadan takrorlanib turishidan yer yuzasidagi notekisliklar doimo mavjud bo’lib turadi.

A.Ye.Krivolutskiyning (1977) fikricha, relefning rivojlanishi (geomorfogenez) yer po‘stidagi minyeral moddalar ko‘chishining morfologik natijasidir. Minyeral moddalar bir biriga qarama qarshi bo’lgan endogen va ekzogen jarayonlarining harakati natijasida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladi. Endogen ta’sirda minyeral moddalar tog’ jinslari massasi tarkibida yer po‘stining harakatlari, ekzogen ta’sirda esa minyeral moddalar asosan og’irlik kuchi natijasida ko‘chiriladi. Yer yuzasi bo‘yicha moddalarning ko‘chirilishi yer sharidagi izostaziyani, ya’ni yer po‘stining yuqori mantiyasida muvozanatlashishini buzadi. Masalan, ekzogen jarayonlar natijasida tog’ jinslari tog’lardan to‘xtovsiz ravishda olib ketilib, qirg’oq yaqinidagi dengizlarga yotqizilib turadi. Tog’lar pasayadi va binobarin ularning mantiyadagi qismi ko‘tarilib chiqadi, dengizlarning qirg’oqqa yaqin qisimlari tagi og’irlik ta’sirida mantiyaga tobora ko‘proq botib boradi. Izostatik cho‘kish va ko‘tarilish ilgari muz bosgan yoki hozir muz bilan qoplanib yotgan o‘lkalarda ayniqsa aniq seziladi. Masalan, Fennoskandiya qadimgi muzliklar yerib ketgandan keyin har yili o‘rtacha 1 sm dan ko‘tarilib bormoqda. Yer po‘sti doim o‘zgarib turadi, chunki muvozanatlik hech qachon to‘liq bo’lmaydi va har doim bo’zilib turadi.

O.K. Leontev va G.I. Richagovlar (1988) relef genezisini aniqlashdagi qiyinchiliklar to‘g’risida quyidagi fikrlarni bildirishgan.

1. Relef genezisini aniqlash birinchi bosqichda relef hosil qiluvchi jarayonlarining qaysi guruhi ustun ekanligini aniqlash zarur. Bu oson ish emasdir, chunki endogen va ekzogen jarayonlar teng kuchlidir.

2. Ko‘pincha yaqin o‘tmishda biror jarayon ta’sirida hosil bo’lgan relef shaklini hozirgi kunga kelib boshqa jarayonlarining ta’siriga uchraganligi ham kuzatiladi.

3. Ayrim paytlarda bir necha jarayonlarining ta’siridan hosil bo’lgan relef shakli bir xil natijaga ega bo’lishi ham mumkin. Bunday sharoitda relef hosil qiluvchi etakchi jarayonni aniqlash qiyin bo’ladi.

4. Rel’ef genezisini aniqlashda relefning yirik va kichik shakllari alohida-alohida o‘rganiladi. CHunki yirik relef shakllari endogen, ulardagi kichik shakllar esa ekzogen jarayonlardan hosil bo’ladi.

Relef genezisi asosan dala sharoitida olib borilgan kuzatishlarda, qayta ishlangan yoki akkumulyativ relef shakllarining belgilarini o‘rganish asosida aniqlanadi. Bundan tashqari, akkumulyativ relef shakllarini tushunish uchun ularni tashkil qiluvchi yotqiziqlarni har tomonlama o‘rganish muhimdir.

Geomorfologiya fanining muhim vazifalaridan biri relef yoshini aniqlashdir. Relefning yoshi ham mutloq va nisbiy bo’ladi.

Relefning mutloq yoshi geoxronologik jadval bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda mutloq yoshni aniqlashda radiaktiv, kaliy-argon, paleontologik, paleomagnit va boshqa usullardan foydalaniladi.

Relefning nisbiy yoshi tushunchasi geomorfologiyada turli ko‘rinishda foydalaniladi.

1. Relefning nisbiy yoshini aniqlashda amyerikalik gemorfolog V.M. Devis (1899) taklif qilgan yerozion (normal) tsikldan foydalaniladi. Tekislikning ko‘tarilib tog’ga aylanishi va asta-sekin emirilib yana tekislikka aylangunga qadar ketgan davr yerozion tsikl deyiladi. Uning formulasi: «Struktura-jarayon - bosqich»dir.

Biror hududning relefi yoki alohida olingan relef shakli V. Devis bo‘yicha bosqichli jarayondir. Shuning uchun relefning nisbiy yoshi uning rivojlanishining ma’lum bosqichi tushuniladi. Masalan, to‘rtlamchi davrda yuz byergan oxirgi muzlanish davrida (taxminan 20 ming yil muqaddam) okean va dengizlarning yuzasi hozirgi davrdagiga nisbatan 100 m past bo’lgan. Qoplama matyerik muzliklarning yerishiga bog’liq holda Dunyo okeani suvlarining yuzasi ko‘tarila boshlagan. 4000-5000 yil avval uning yuzasi hozirgi holatga etgan. Okean va dengiz suvlari quruqlik qirg’oqlarini bosgan. Kuchli parchalangan ingressiv (lotincha-ichkariga kirish) qirg’oqlar hosil bo’lgan. Ularni hozirgi qirg’oqlar rivojlanishining dastlabki bosqichi deyish mumkin. Keyinchalik to‘lqinlarning abrazion va akkumulyativ faoliyati natijasida qirg’oq qo‘ltiqlarining yuqorisida dastlabki akkumulyativ shakllar hosil bo’ladi. Bu qirg’oqlar rivojining yoshlik bosqichidir. Keyinroq qirg’oq burunlari yuviladi, qo‘ltiqlar akkumulyativ yaratmalar yordamida dengizdan ajraladi, qirg’oq tekislanadi. Tekislangan qirg’oq chizig’i qirg’oq rivojining novqironlik bosqichidir. Keyingi rivojlanishida abrazion jarayonlar to‘xtaydi, qirg’oq yaqinida akkumulyatsiya boshlanadi. Bu qirg’oq rivojining qarilik bosqichidir.

2. Relefning nisbiy yoshi bir relef tsiklini boshqalari bilan bo’lgan aloqasini o‘rganish orqali aniqlanishi mumkin. Biror yirikroq relef shakli yuzasida hosil bo’lgan ikkilamchi kichik shakllarni taqqoslaganda, birlamchi shakl ikkilamchi shakllarga nisbatan keksaroqdir. Masalan, Markaziy Farg’onani tashkil etgan allyuvial tekisliklar ularning yuzasida vujudga kelgan eol va yerozion shakllarga nisbatan birlamchi relef shakldir.

3. Relefning nisbiy geologik yoshini aniqlashda relef shaklini tashkil qiluvchi tog’ jinslarining yoshi bilan aniqlanadi. Masalan, quyi to‘rtlamchi davr yotqiziqlaridan tashkil topgan daryo tyerrasasining yoshi ham quyi to‘rtlamchi davr yoshida deb hisoblanadi va boshqalar.

Yuqoridagi usullar bilan asosan akkumulyativ relef shakllarining nisbiy yoshini aniqlash mumkin. Qayta ishlangan (denudatsion) relef shakllarining nisbiy yoshini aniqlashda K.K.Markov (1948) taklif qilgan usullardan foydalanish mumkin.

A) Korrelyativ (bir biriga bog’liq bo’lgan, teng yoshli) yotqiziqlar bo‘yicha nisbiy yoshni aniqlash. Masalan, jarning quyi qismida yuqoridan yuvilib keltirilgan yotqiziqlar to‘planadi. Shu yotqiziqlarning yoshini geologik usul yordamida aniqlab, jarning ham yoshini bilsa bo’ladi.

B) Yosh chegaralarini aniqlash. Bunda relef shaklining quyi va yuqori chegaralaridagi yotqiziqlarning yoshi aniqlanadi. Masalan, daryo vodiysi neogen davrining dengiz yotqiziqlarida hosil bo’lgan. Uning tagida quyi to‘rtlamchi davr yoshidagi muzlik yotqiziqlari va uning ustida esa hozirgi allyuviy rivojlangan. Demak, daryo vodiysi neogen va quyi to‘rtlamchi davr chegarasida hosil bo’lgan. Vodiy neogen yotqiziqlardan yosh, muzlik yotqiziqlari esa allyuviydan keksaroqdir.

Shunday qilib, relefni morfologik va morfometrik ta’riflash, uning genezisi, yoshi va tarixiy rivojlanishini aniqlash geomorfologik tadqiqotlarning asosiy vazifasidir.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish