Мундарижа сўзбоши



Download 0,7 Mb.
bet60/69
Sana28.09.2021
Hajmi0,7 Mb.
#187445
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
Bog'liq
2 5426970729327365526

Qirg’oq zonasiga qirg’oq va suv osti qirg’oq yonbag’ri kiritiladi. Bu zonada hozirgi vaqtda quruqlik va okean o‘rtasida doimiy aloqadorlik yuz berib turadi. U dengiz qirg’oqlari geomorfologiyasini o‘rganish ob’ektidir.

Qirg’oq zonasiga shamol to‘lqinlari, suv qalqishlari, haydama va qaytarma hodisalar (okean oqimlari, tsunami, daryolarning quyilma oqimlari, seyshlar) kabi dinamik omillar ta’sir ko‘rsatadi. Qirg’oqlarning shakllanishida uni tashkil qiluvchi tog’ jinslari, qirg’oq bo‘yi o‘simliklari va hayvonlari, qirg’oq muzlari hamda quruqlik bilan dengiz sathi tebranishlari ham ishtirok etadi.

Qirg’oqlarga ta’sir etib turuvchi to‘lqin oqimlarining minimal energiyasi G.A.Safyanov bo‘yicha 3.1x109 kvt ga teng. Suv ko‘tarilishlari 2x109 kvt, dengiz sayozligidagi doimiy okean oqimlari 0.2x109 kvt ga yaqin energiyani sariflaydi. Bu raqamlar qirg’oq zonasida katta energiya resurslari borligini ko‘rsatadi.

Qirg’oq zonasining rivojlanishida shamol to‘lqinlari va mavjlanishi muhim rol o‘ynaydi. Shamolning tezligi 1m/sek. dan oshsa, dengiz to‘lqinlanadi. To‘lqinlarning balandligi 5-15 metrga etadi. To‘lqinlar qirg’oqqa yaqinlashayotganda suv dengiz tagiga ishqalanishi natijasida uning tezligi kamayadi, balandligi va yonbag’rining qiyaligi ortadi. Qattiq ishqalanishda esa to‘lqin to‘nkarilib ketib orqaga harakat qiladi va qirg’oq to‘lqini hosil bo‘ladi.

To‘lqinlanish va mavjlanish ta’sirida qirg’oq zonasida abrazion va akkumulyativ qirg’oqlar vujudga keladi.

Dengiz suvlarining yemiruvchi ishiga abraziya (lotincha-qirtishlamoq) deyiladi. Abrazion qirg’oqlar uni tashkil etgan tog’ jinslarini suv ta’sirida mexaniq parchalanishidan (mexaniq abraziya), tog’ jinslarining erishidan (kimyoviy abraziya) va suvning termik samarasidan (termik abraziya) vujudga keladi

Agar to‘lqin energiyasining bir qismi faqat cho‘kindi moddalarni ko‘chirishga sarf bo‘lsa, mexaniq abraziya yuz beradi, qolgan suv energiyasi esa qirg’oqlarni va suv osti qirg’oq yonbag’irlarini emirishga sarflanadi. Baland qirg’oqlarda abraziya ta’sirida qirg’oq kesmasining ikki asosiy elementi-klif va bench hosil bo‘ladi.

Klif deb qoya jinslarda hosil bo‘lgan tik qirg’oqqa aytiladi. Urilma to‘lqin baland qirg’oqlarning dengiz sathi baravaridagi qismini emira boradi. Bu erda to‘lqin hosil qilgan o‘yiq vujudga keladi, o‘yiqdan yuqoridagi tog’ jinsi vaqti-vaqti bilan dengizga qulab to’shadi.

Urilma to‘lqin hosil qilgan o‘yiqdan pastga sal qiya yuza yoki bench (inglizcha-terrasa) joylashadi. U klif poydevori shaklida bo‘lib, tub jinslardan va ular ustiga qulagan tosh palaxsalardan tarkib topadi. Benchning eni 5 km ga, chuqurligi 40 metrga etishi mumkin.

Tub qirg’oqning emirilib, benchda ushlanib qolgan mahsulotlarni silliqlangan xarsang, shag’al va qumga aylantiradi. Ular plyaj (frantsuzcha-yotiq dengiz qirg’og’i) hosil qiladi. Plyajlar suv ko‘tarilganda suv bosadigan joylarda joylashadi.

Agar quruqlik dengizga nisbatan ko‘tarilsa, qirg’oqda marzali suv usti terrasasi, ya’ni suvdan ko‘tarilib qolgan bir qancha bench yoki plyajlar hosil bo‘ladi. Bench qanchalik kengayib borsa, qirg’oq bo‘yi sayozligi ham shunchalik kengayadi. Natijada abraziyaning imkoniyati ozayib boradi.

Dengiz qirg’oqlarida abraziya jarayonida o‘pirilish, surilma sochimalar ham ishtirok etadi. Qirg’oq yonbag’ri juda baland va qattiq jinslardan tuzilgan bo‘lsa gravitatsion jarayonlar (o‘pirilish, surilma) abraziyadan ustun bo‘ladi. Bular dastlabki denudatsion qirg’oqlar bo‘lib, ularning keyingi bosqichlarida kliflar hamda abrazion qoldiqlar-kekurlar hosil bo‘ladi.

Kimyoviy abraziya ohaktoshlardan tuzilgan qirg’oqlarda keng tarqalgan. Dengiz suvi ta’sirida galit, gips, ohaktosh, dolomit kabi jinslarning eritilishidan klif etagida kavaklar, yonbag’rida karr jo‘yaklari hosil bo‘ladi. Abraziyaning bu turida alohida qirg’oq tiplari hosil bo‘lmaydi. U qirg’oqlarning shaklini murakkablashtirishda ishtirok etadi.




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish