7.3. Karst oblastlari gidrografiyasining xususiyatlari
Karst oblastlarida gidrografiya tarmoqlari o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Karst buloqlari-suv miqdorining ko‘pligi bilan xarakterli. Bu buloqlar er osti daryolari bilan bog’langan bo‘ladi.
Daryo tarmoqlari karst oblastlarida siyrakligi bilan ajralib turadi. Ular ayrim joylarda yer osti daryosi bo‘lib oqib, boshqa joydan yana yuzaga chiqishi mumkin. Ayrim yer osti daryolari karst massivida grunt suvlarining stahidan yuqorida va bu suvlarning sathigacha joylashgan bo‘ladi.
Karst ko‘llari-karst relefining voronkalari, vannalari, soyliklarining suv bilan to‘lishidan hosil bo‘ladi. Bu ko‘llar yuza va er osti suvlaridan to‘yinishi mumkin. Ko‘l suvlari tiniq va tozaligi bilan xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |