Zararli odatlarning inson salomatligiga ta’siri.
Chekish, ichish va giyohvand moddalar qabul qilishning ijtimoiy oqibatlari va zararli odatlarga salbiy qarashlarni shakllantirish.
Chekish va inson salomatligi. Chekish yetakchi xavf omili va uning bolalar, o’smirlar organizmiga ta’siri. Chekishning ayol organizmi va homilaga ta’siri. Bolalar va o’smirlarni chekishga qarshi tarbiyalash.
Ichishning inson sog’lig’i, o’zini tutishi va xayot faoliyatiga ta’siri hamda kasalliklarning kelib chiqishi. O’smirlar va bolalar tomonidan spirtli ichimliklar ichish muammolari.
Giyohvandlik va toksikomaniya to’g’risida tushuncha. Ularning o’smir organizmiga zararli ta’siri. Giyohvandlik va toksikomaniya muammolari bo’yicha o’smirlarni gigiyenik tarbiyalash.
Inson - tabiatning buyuk kashfiyotidir. Tabiat insonni uzoq va baxtli hayot kechirish uchun yaratdi. Olimlar ta’kidlashlaricha, insonning organ va tizim-lari ular kundalik me’yordagi xayotda bajarishlari lozim bo’lgan yuklamadan 10 marta ortiq yukka ham chi-day olishi mumkin ekan.
B iroq, insondagi imkoniyatlarni sarflash uning xayot kechirish tarziga, o’zini qanday tutishiga, tabiat tomonidan in’om etilgan imkoniyatlarini o’zi, oila-si, davlati uchun sarflay bila olishiga bog’liq ekan.
Bu sog’lom xayot tarzi tizimini yaratish yo’lidir. Bir kancha odatlar borki, ularga inson maktab yoshidan boshlab o’rgana boshlaydi va keyinchalik butun umr mobayni-da ulardan qutula olmaydi. Bular sog’lom hayot tarziga to’g’ri kelmaydigan, insonning barcha imkoniyatlarini tezda sarflanib bo’linishiga, uning muddatidan avval qarib ketishiga olib keladigan, tuzalib bo’lmas kasalliklarga duchor etuvchi zararli odatlardir. Alkogolli ichimliklar ichish, chekish va giyohvandlik shunday zarar-li odatlar jumlasiga kiradi.
O’smirlar o’zlaridagi qiziquvchanlik, avval boshdan o’tkazmagan noma’lum taassurotlarga berilish, o’zidan kattalarga taqlid kilish, o’zini ko’rsatib qo’ymoqchi bo’lish, ichish, chekish va giyohvandlikka bo’lgan umumiy qiziqish asosida shakllangan kompaniyalarga kirishga bo’lgan intilish sababli zararli odatlarga o’rganib qoladilar.
Alkogol. Alkogol yoki spirt giyohvand modda bo’lib, birinchi navbatda bosh miya hujayralariga ta’sir kiladi. Inson tanasining har 1 kilogramiga 7-8 g toza spirt to’g’ri keluvchi miqdor uni o’limga olib keladi. Butundunyo Sog’liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, alkogol tufayli xar yili 6 million-ga yaqin odam hayotdan ko’z yumadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ko’pchilik alkogol bilan 15-17 yoshda tanishar ekan. Har 100 ta ichuvchining 90 tasida bunga o’rtoqlari, 10 tasida esa ota-onalar sabab bo’lar ekan.
Alkogol inson organizmiga uzoq vakt davomida o’z ta’sir kuchini ko’rsatadi. 80 g, ga to’g’ri keluvchi kichik miqdor ham 24 soat davomida o’z ta’sir kuchini saqlab tu-radi. Hatgo juda kam miqdorda ichilgan alkogol ham ish faoliyatini pasaytiradi, tez charchashga, hardamxayollikka olib keladi, voqelikni kabul qilishni qiyinlashtirib, irodani susaytiradi.
Alkogolli ichimliklardan kayf qilishning uch darajasini ajratadilar: yengil, o’rtacha va og’ir.
Yengil daraja uchun bardamlik, barcha narsalardan ko’ngil to’lgandek xush kayfiyat xosdir. Mast kishi quvnoq bo’lib qoladi, shovqin ko’taradi, atrofidagilar unga yoqimli bo’lib tuyuladilar. O’ziga ishonch, o’z kuchi-ni ortiqcha baholash, maqtanishga moyillik paydo bo’ladi. Ko’p gapirgisi, o’z kuchi va mohirligini ko’rsatib qo’ygisi, maqtangisi keladi. Harakatlari da-dil, lekin aniq bo’lmay qoladi. Nutq tez va qattiq. Ish hajmi va sifati pasayadi, xatolar soni oshadi. Bunday kayf 30-40 minutdan 2-3 soatgacha davom etadi.
M astlikning o’rtacha darajasi ruhiy buzilishlar chuqurlashishi bilan birgalikda kechadi. Vaziyatni baholash anik emas. Fikr bir tomonlama, qo’rslik, mazah qilish va so’kinishlar xos bo’ladi. Diqqat biror narsaga qiyinchilik bilan jalb qilinadi. Xafa bo’lish, nohaqlik, rashk tuyg’ulari osonlik bilan yuzaga keladi. Uyalish hissi yo’qoladi. Bu hol bir necha soat davom etadi. So’ngra uyqu bosib, uxlab qoladi yoki ju-da sekinlik bilan o’ziga kelish jarayoni boshlanadi. Kayfiyat tushib ketadi, ishtaha yo’qolib, chanqaydi. Mastlikning ogir darajasida ruhiy faoliyat keskin pasayadi. Voqelikni qabul qilish juda kiyinlashadi, nutq yo’qoladi yoki alohida so’zlarnigina ayta oladi. Atrofdagilar nutqini kabul qila olmaydi. Qon-arterial bosimi tushib ketadi, ko’ngil aynib, qayt qiladi. Ulim hodisasi ham sodir bo’lishi mumkin. Sekinlik bilan o’ziga keladi, bir necha kun mobaynida shu ahvolda yurishi mumkin, uyqu va ishtaha yo’koladi.
Ba’zi odamlar spirtli ichimliklarni barcha kasalliklarni davolovchi ajoyib dori deb bilishadi. Tibbiyot tomonidan shu narsa isbotlab berilganki, spirtli ichimliklar xech kanday davolash xususiyatiga ega emas. Aksincha, olimlar isboticha, 100 g aroq bosh miyaning 7,5 ming ishchan hujayrasini nobud qilarkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |