I.BOB . Zararli odatlarning inson salomatligiga ta’siri.
I.1. Giyohvandlik haqida tushuncha.
Bugungi kunda O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi ko‘rash, uning oldini olish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ayniqsa, bu borada birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan olib borgan tadbirlar tashabbuslar, ilgari surilayotgan ilg‘or g‘oyalar diqqatga sazovordir. 1998 yilda Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi nutqida giyohvandlik biznesi (Narkobiznes)ga qarshi birlashishga da’vat qilib, Markaziy Osiyoda BMTning mintaqaviy vakoliyati (komissiyasini) tashkil qilishni taklif qildi. 1999 yilda Prezidentning tashabbusi bilan O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi qonun (1999 yil 19 avgust, 813-1-sonli)ning qabul qilinishi ham giyohvandlikning oldini olishda muhim huquqiy asos bo‘ldi.Giyohvandlik nechog‘lik fojia ekanligini to‘la anglab, mamlakatimizning har bir fuqarosi o‘z sog‘lig‘iga masuliyatni oshirish, uni saqlash, mustahkamlashga ongli munosabatda bo‘lish, sog‘lom turmush tarzi talablariga rioya qilishni ta’minlashga etarli e’tibor qaratishi lozim.
O ‘ylab ko‘ring, hech bir kishi onadan giyohvand bo‘lib tug‘ilmaydi. Hozirgi kunda usmirlar va xatto ayollar (xotin-qizlar) o‘rtasida giyohvandlar qayd qilinmoqda, bu xunuk hol millat (avlod) nasli (zurriyoti) buzilishga sabab bo‘lmoqda.Zero, uning mamlakatimiz xududida quloch yoyishining (tomir otishining) oldini olish va unga qarshi ko‘rashish har bir fuqaro, oila, mahalla, tashkilot. idora, korxona muassasa, maktab, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, Vazirlik, qo‘mita, jamg‘arma kabilarning muqaddas burchidir.Qarangki, 70 foizga yaqin qotilliklar, 80-90 foiz bezoriliklar giyohvand modda iste’mol qiluvchilar tomonidan sodir qilinar ekan. Xo‘sh, ana shunday noxushliklar-illatlarga kim aybdor? Albatta, og‘u sotuvchilar dersiz. Yo‘q, yanglishasiz, bunga biz o‘zimiz aybdor. Bizning e’tiborsizligimiz, befarqligimiz oqibatda kelajagimiz bo‘lmish- bolalarimiz giyohvandlikka chalinib, tubsiz jarga qulamoqda. Bunga sabab, ota-onalarning oila, turmush, jamiyat ishlari bilan bandligi. bolalarning nazoratsiz qoldirilishi, oilaviy nizolar, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo‘yish, bolalarning keragidan ortiq ta’minlanganligi va boshqa omillar sabab bo‘lmoqda.Giyohvandlikka chalinayotgan bolalar, qizlarning maktabda (o‘quv yurtida) darslarni sust o‘zlashtira boshlashi, o‘quv qurollari, kitob, daftar kabilarni toza yaxshi saqlamasligi, ozoda kiyinib yurmasligi, hatto issiq kunlarda ham engi uzun kuylak kiyib yurishi, uyda ko‘proq yolg‘iz qolishga harakat qilishi, xuda-bexuda pul so‘rashi, hatto yaqin kishilariga befarq, e’tiborsiz bo‘lib qolishi, ularda qo‘pollik, hurmatsizlik, o‘zbilarmonlik, hech narsaga qiziqmaslik, haqoratli so‘zlash, behayolik, uyga kech kirib kelish kabi alomatlar paydo bo‘la boshlaydi. Bunday hollarda ota-onalar, maktab, o‘quv yurtlari o‘qituvchilar mahalla faollari, jamoatchilik zudlik bilan bu zararli odatlarning oldini olish choralarini ko‘rishlari lozim. Aks holda bundaylar giyohvandlik quliga aylanib qoladilar.Giyoxvand moddalarini muttasil iste’mol qilish inson shaxsini qashshoqlashtiradi, irodasini bo‘shashtiradi, mehnat qilish qobiliyatini pasaytiradi. Giyoxvand moddalar ta’sirida asab tizimi xujayralari halok bo‘ladi, organizmning immun himoya xususiyati pasayadi., yomon sifatli o‘smalar (rak) o‘sishi faollashadi. Insonning umri qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |