Amaliy mashgulotning ta’lim tehnologiyasi haritasi.
Dars bosqichlari
|
Mashg'ulotalr tartibi
|
O'qituvchi
|
Talaba
|
1.Kirish
(15daq)
|
O'qituvchi talabalardan uyga vazifani so'raydi. Og'zaki va yozma nutqda farqlanayotgan hususiyatlarni so'raydi.
|
Talabalar javob berishadi.
|
2. Asosiy qism
daq)
|
Yozuv texnikasi haqida ma'lumot beradi.
|
1. Talabalar tinglab savol berishadi.(Ilova 1)
|
3.Mustahkamlash (30 daq)
|
O'qituvchi talabalarga yozuv texnikasiga doir topshiriq beradi.
|
Talabalar topshiriqni kichik guruhlarda bajarishadi. (Ilova 2)
|
Yakuniy qism
(5 daq)
|
O'qituvchi talabalarga uyga vazifa beradi:
|
Uy vazifasi(Ilova 3)
|
Ilova 1. Yozuv texnikasi.
Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilaming barcha turlarini qamrab oladi. Muloqotning bu turi tashkilotlarda keng qoilaniluvchi xabar yozish jarayonini yozishga aylantiradi. Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, ma’lumotnomalar, siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shaklda bo'lishi kerak.
Yozma nutq yuqori darajada bo'lmas ekan, og'zaki nutq ko'ngildagidek bo'lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo'llashga to'liq imkoniyat bo'ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og'zaki nutqdagi kabi hayajon bo'lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og'zaki nutqdan ko'ra ravon, aniq va izchilroq bo'ladi.Yozma nutq barqaror va qat’iy bo'ladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi hamda matnga tushiriladi. Yozma nutq og'zaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir etadi. Og'zaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar - bamisoli tafakkur mashqlaridir.
Biror voqelik yoki hodisa to‘g'risida fikrlash yozma mashqlar orqali takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita fikrlashga majbur etadi. Yozma nutq bilan doimiy shug'ullanadigan kishi doim o‘ylab gapirishga odatlanadi. Yozma nutq bilan muttasil shug'ullanmagan kishining yozma nutqi bilan og'zaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.
Yozma kommunikatsiya — maktublar, eslatmalar, protokollar, belgilar yoki matnlar orqali izohlanishlari juda qiyin, chunki muloqotda bo'lgan jdamni ovozini eshitmaymiz va imo-ishoralarini ko'rmaymiz. Lekin fikrni yozma ravishda ifodalash yozuvchiga nima demoqchi bo'lganligini o‘ylash va eng yaxshi variant’ni tanlash imkonini beradi. Har qanday menejergayozma so'z bilan ishlash qobikyati juda ham muhimdir. Samarali yozish usullari so'zlar, qisqa jumlalar va qisqa abzatsdan foydalanishda va muvofiqlashtirishda ham soddalikka urg'u beradi. Xabarga ko'ra alohida o'quvchiga murojaat qilishda so'zlarning muvofiqlashtirilishi barcha о 'quvchilar ham xabami tushunishda bir xil qobiliyatga ega emaslar,
ulaming barchalarining so'z boyliklari bir xil emas, mavzu bo'yicha bir xil bilimga ega emaslar. Shunday qilib, aniq muloqot qilish uchun, biz muloqot qilishni xohlagan kishimizni bilishimiz kerak. Xabar shaxsning ongiga mos bo 'lishi kerak.
Aniq yozish qobiliyati faqatgina so'zlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplami yozish qisqaroq gaplami yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida bo'lishi mumkin. Murakkab strukturalami taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar grammatik xatolarga ega bo'lishdek katta o'zgarishlami qisqa gaplar tuzilishi tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa va uzun gaplami mohirlik bilan qo 'llaydilar hamda tajriba qiladilar.
Yozuvdagi aniqlik faqatgina so'zlaming diqqat bilan tanlanishi va aniq gaplami yozishga bog'liq bo'lmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni talab etadi. So 'zlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma- ketlikka asoslanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo ‘nalgani va bosqichma-bosqich rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni bo'ladi.
O'qish va yozuv yozma nutqning ikki “pallasi”dir, birinchisida yozilgan material o'qiladi, ikkinchisida esa odatda o'qishda o'zlashtiriladigan fikr yozma bayon etiladi. Axborotni yozma bayon etish ikki yo’l bilan ro'yobga chiqariladi: chunonchi (1) o'z fikmi yozish va (2) aytib (o'qib) turilgan o'zga shaxs nutqini yozuvda ifodalash. Har ikkala holatda ham yozma matn yaratiladi. Yozish texnikasi deganda grafika (tovush - harf munosabati va harfning ma'no bildirish vazifasi), kaligrafiya (husnixat), orfografiya (imlo) nazarda tutiladi. Yozma nutq atamasi esa grafik tarzda ifodalangan axborot va nutq muloqoti jarayoni ma'nolarini qamrab oladi. Husnixat tushunchasi tarkibiga tovush va tovush birikmalarini yozuvda tasvirlaydigan yozuv-chizuv vositalari majmuasi kiradi. Imlo - so'zlami (gaplarni) yozish va ularga doir qoidalar yig'indisidir.
Husnixat, harf, harf birikmasi, so'z asosida, imlo esa morfema, so'z (gap)
darajasida, yozma nutq esa gap, abzats va bog'lanma matn materialida o'rgatiladi.
Yozma nutq boshqa nutq faoliyati turi - gapirish zaminida, ya'ni uning lisoniy materiali va mavzulari doirasida shakllanadi. Yozma nutq tegishli xususiy malakalarga asoslanadi. Yozuv (ya'ni yozma nutq) malakalari quyidagi ko'nikmalardan tashkil topadi: (1) husnixat ko'nikmasi; (2) imlo ko'nikmasi; (3) tuzish (yozma fikr bayon etish maqsadida gaplami biriktirish) ko'nikmasi; (4) yozuvning leksik va grammatik ko'nikmalari kabilar.
Yozma nutq avval kishi ongida shakllanadi va aqliy faoliyatga oid murakkab faoliyat va amaliyotni taqozo qiladi. Yozma ravishda bayon qilishga mo’ljallangan fikr avval ichki nutqda rejaga solinadi.
So’ngra leksik birlik tanlash, ularni grammatik jixatdan ko’rish va jumla holiga keltirish, jumlalami mano va shakl jihatdan bir biri bilan bog’lash, kabilami aqliy faoliyat bajaradi. Bu jarayon ichki nutqda takrorlash va uni qog’ozga tushurish bilan yakunlanadi.
O’z fikrini yozma bayon qilayotgan kishi o’ylash va qayta o’ylash uchun yetarli vaqtga va qo’shimcha manbalarga ega. Og’zaki nutqda esa bunday imkoniyatlar yo’q.
Fikmi og’zaki va yozma bayon qilish nutq faoliyatining reproduktiv turiga kiradi. Fikimi yozma ravishda bayon qilish uni qog’ozga tushurish jarayonining ortiqchaligi bilan og’zaki nutqdan farq qiladi. Shunga qaramasdan og’zaki nutqni o’stirishga mo’ljallangan mashqlar yozma nutqni o’stirish uchun ham xizmat qiladi.Yozma nutq o’z navbatida og’zaki nutq malakalarini o’stirish uchun vosita vazifasini bajaradi.Yozuv va yozma nutq o’qishga oid malakalami rivojlanishi uchun vosita vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |