Xlorokokk zoosporalar guruhi — Chlorococcales zoosporinae
Xlorokokk (Chlorococcum, 14-rasm) turkumi turli substratlarda: chuchuk suvlarda, tuproqda, toshlarda, daraxt po‘stloqlarida, gul tuvaklarida o‘sib, unga och yashil rang beradi; zamburug‘lar bilan qo‘shilib, lishayniklarni hosil qiladi. Hujayrasi sharsimon bir yoki bir necha pirenoidli Zoosporalari cho‘ziq, ikki xivchinli, ona hujayra ichida 8 dan 32 tagacha xosil bo‘ladi. Ular ona hujayra devorini yirtib, suvga chiqadi, unda bir oz suzib, xivchinlarini tashlaydi va po‘st bilan o‘ralib, yangi sharsimon hujayraga aylanadi. Keyinchalik bu yosh hujayra o‘sib, ona xujayra shakliga kiradi (81-rasm). Jinsiy ko‘payishi izogamiya.
14-rasm. Chlorococcum. 15-rasm.Ryaska to’qimasi-
A — voya yetgan hujayra; dagi Chlorochytrium.
B— zoosporaning hosil bo‘lishi ;
V — zoosporalarning ona hujay-
radan chiqishi; G — zoospora;
Do'stlaringiz bilan baham: |