Moliyaviy natijalar hisobi va auditining meyoriy huquqiy asoslari
«Moliyaviy hisobot auditi» hozirgi rivojlangan iqtisodiyotda auditning o‘rni va ahamiyati, iqtisodiy nazorat tizimida auditning roli, moliyaviy hisobotlarni hujjatli va haqiqiy tekshiruvlardan o‘tkazishning xususiyatlari, iqtisodiy ma’lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilib, real ma’lumotlarga ega bo‘lish, korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy hisobotlari bo‘yicha xulosa va takliflar berishda yetarli darajada imkoniyatlarga ega.
Moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma shaklda ifodalangan fikrini o‘z ichiga olgan hujjat auditorlik xulosasidir.Auditorlik xulosasi raqamlangan, har bir sahifasi auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan hamda unga auditorlik tashkilotining fikri qaysi moliyaviy hisobotga nisbatan ifodalangan bo‘lsa, o‘sha moliyaviy hisobot ilova qilingan bo‘lishi kerak.2 39-modda. Auditorlik xulosasi
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyati standartlari bilan belgilanadi. Auditorlik faoliyatini rivojlantirish iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida nihoyatda muhim hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvida asosiy e’tibor moliyaviy hisobot auditiga qaratilib, bu o‘z navbatida, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga ishonchli xulosa berishda o‘z aksini topadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot auditining qonuniy-me’yoriy asoslari tarkibida auditning xalqaro standartlari muhim o‘rin tutib, u ushbu kasb bilan shug‘ullanishning muayyan me’yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy tizimini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda xalqaro audit standartlariga tayanilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O‘zbekistonda shakllangan iqtisodiy madaniyat va xo‘jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim.3 Moliyaviy hisobot auditining maqsadi ehtimol kutilayotgan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlarga bo‘lgan ishonchi darajasini oshirishdan iborat. Bu maqsadga moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangani xususida auditor fikri (xulosasi)ni bildirish yo‘li bilan erishiladi. Umumiy maqsadli asosning aksariyati bilan bog‘liq hollarda bunday fikr moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda haqqoniy taqdim etilgani yoki etilmagani yoinki ular taqdim etish asosiga muvofiq to‘g‘ri va haqqoniy tasavvur berishi yoki bermasligi xususida bildiriladi. Auditning xalqaro standarti va tegishli axloqiy talablarga muvofiq o‘tkaziladigan audit auditorga bunday fikrni ta’riflash imkonini beradi. Audit qilinishi lozim bo‘lgan moliyaviy hisobotlar – bu tadbirkorlik subyektining xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tomonidan boshqaruv yuklatilgan shaxslarning nazorati ostida tayyorlangan moliyaviy hisobotlaridir. Auditning xalqaro standarti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan shaxslarga majburiyatlar yuklamaydi va ularning majburiyatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarga nisbatan ustunlikka ega bo‘lmaydi. Biroq auditning xalqaro standartiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslar auditni o‘tkazish uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadigan muayyan majburiyatlarni e’tirof etishlari lozimligini nazarda tutadigan boshlang‘ich shartga ko‘ra o‘tkaziladi. Moliyaviy hisobotlar auditi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan shaxslarni ularning majburiyatlaridan ozod etmaydi.
“Moliyaviy hisobot auditi” fani talabalariga yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda auditorlik faoliyati xususida bilimlar berishga xizmat qiladi va mazkur fan magistratura ta’lim bosqichida auditorlik faoliyatiga qo‘yilgan xalqaro talablar xusisida atroflicha bilim berishga xizmat qiladi. Ushbu fanning maqsadi – auditning xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobot auditi bo‘yicha mustahkam nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda shu sohaga doir yangiliklar bilan yaqindan tanishishdir. «Moliyaviy hisobot auditi» fanini vazifalari buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarini xalqaro audit standartlari asosida auditorlik tekshiruviga oid nazariy va amaliy masalalarni echish hisoblanadi. O‘z navbatida, yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqqan holda fanning obyektlari deganda fan aynan nima(obyekt)larni o‘rganishini izohlash talab etiladi. Demak, moliyaviy hisobot auditi fanining obyektlari bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari va moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bunday obyektlar qatoriga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulk(tovar-moddiy zahiralari, kapital va moliyaviy qo‘yilmalari, asosiy vosita va nomoddiy aktivlari) va mablag‘ (pul mablag‘lari va qimmatli qog‘oz)lari harakati bo‘yicha muomalalar hamda mazkur muomalalarga oid moliyaviy hisobotlardagi ko‘rsatkichlarni misol qilib keltirish mumkin. Mazkur fanning subyektlari deganda esa yuqorida ta’kidlangan fanning obyektlarini o‘rganishda qatnashuvchilar, ya’ni, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulk va mablag‘laridan foydalanuvchilar, ular hisobi va nazoratini amalga oshiruvchilar tushuniladi. Moliyaviy natijalar hisobi va auditi metodologiyasini takomillashtirish, uni xalqaro standartlar talablari asosida tashkil qilish hamda mamlakatimizda "buxgalteriya hisobi", "audit" fanlarini ilmiy va nazariy jihatdan rivojlantirishga xizmat qilishi hamda buxgalteriya hisobi va auditni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.4 Moliyaviy natijalar hisobi va auditi metodologiyasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy va uslubiy loyihalar amalga oshirish. Ilmiy natijalardan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda oliy ta'lim muassasalarida sohaga oid fanlarning o'quv dasturlarini takomillashtirishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Quyidagi 1.1.–jadvalda moliyaviy hisobot auditining vujudga kelish tarixi keltirilgan