MUNDARIJA: Moliyaviy natijalar hisobi va auditini takomillashtirish
KIRISH
|
|
|
|
I-BOB.
|
Moliyaviy natijalar hisobi va auditining nаzаriy аsоslаri
|
|
1.1.
|
Moliyaviy natijalar hisobi va auditining meyoriy huquqiy asoslari
|
|
1.2.
|
Moliyaviy natijalar hisobining maqsadi , vazifalari va axborot manbalari
|
|
|
|
|
II-BOB.
|
Moliyaviy natijalar hisobini takomillashtrish masalalari
|
|
2.1.
|
Moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish
|
|
2.2.
|
Moliyaviy natijalar hisobini yuritishning xorij tajribasi
|
|
2.3.
|
Moliyaviy xisobotning xalqaro standartlari asosida moliyaviy natijalarni yuritish
|
|
|
|
|
III-BOB.
|
Moliyaviy natijalar auditini takomillashtrish
|
|
3.1.
|
Moliyaviy natijalarni tekshirishda auditorlik dalillarini to’plash
|
|
3.2.
|
Auditning xalqaro standartlari asosida moiyaviy natijalarni tekshirish tartibi
|
|
|
|
|
|
XULOSA....................................................................................
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.............
|
|
|
ILOVALAR
|
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, Global jahon iqtisodiyotida hali beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2020 yildan O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini yanahm barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi1.
Bu davrda 2019 yilga qaraganda: "Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 12-13.5 foizni tashkil etdi". Bundan ko‘rinib turibdiki, makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning mutanosibligi ta’minlandi.
Mamlakatimizda Moliyaviy hisob va auditorlik faoliyatining xalqaro darajada rivojlanishi ancha murakkab va qiyin, ko‘plab jihatlari bo‘yicha esa sust hamda ziddiyatli kechmoqda. Bunday holatning sabablari tashkilot va firmalarda Xalqaro Moliyaviy hisobining nazariy masalalari, huquqiy-me’yoriy hamda tizimli tartibga solishning boshqa imkoniyatlari yetarli darajada amaliyotda ishlatilmayapti. Hozirgi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda ham zarur. Bu mavjud nazariy, tashkiliy - huquqiy asoslari va amaliy muammolar bo‘yicha auditorlik faoliyatining sifatini oshirish, hamda Respublikamizda Moliyaviy hisobotning tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida chuqur tadqiqotlar o‘tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, Moliyaviy hisob audit faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli yondashish, ularni chuqur tahlil qilish, boshqa tomondan bozor iqtisodiyotining jahon ham jamiyatida e’tirof etilgan o‘zbek modelining xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarimizdan maksimal foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli – auditni istiqbolli rivojlantirish zarurligi ayon bo‘lmoqda. Bular o‘z navbatida mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Xozirgi paytda Moliya sohalari va auditorlik kasbi, dunyoda eng obro‘li va eng daromadli kasblardan biriga aylandi. Shuning uchun hisob-kitob sohasida ma’lum bilim va tajribaga ega bo‘lgan va hatto ega bo‘lmagan mutaxassislar ham shu faoliyat yo‘nalishida o‘z kuchlarini sinab kurishga harakat qilmoqdalar. Lekin shu bilan birgalikda bu faoliyat yo‘nalishi o‘ta nozik va tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlardan biri hisoblanadi. Chunki sifatsiz tarzda ko‘rsatilgan hisobot va auditorlik xizmati shu ishni amalga oshirgan kimsaga juda sezilarli ma’naviy va moddiy zarar etkazishi va hatto ozodlikdan mahrum qilish jazosigacha olib borishi mumkin. Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlar Moliayviy hisob auditi sohasiga malakaviy talablar va Moliyaviy natijalar hisobi va auditini takomillashtirish mavzusining dolzarbligi va ahamiyatli ekanligini hamda bitiruv malakaviy ishi ob’ekti sifatida to‘g‘ri tanlanganligini e’tirof etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |