Mundarija L. Kirish Asosiy qisim: LL



Download 276,5 Kb.
bet4/5
Sana22.07.2022
Hajmi276,5 Kb.
#837039
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abror 307 KURS ISHI

subekti;
-subektiv huquq va majburiyatlar;
Oilaviy huquqiy munosabatlarning subekti bo’lib er-hotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh urug’larhamda oila qonunchiligi soxasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqorolar uyishmasi, muassasalar, o’rganlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi. Oila a’zolariga yoki oilaning sobiq a’zolarida tegishli, qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadiryatlar yuzasida oila huquqi subektlari qabul qiladigan harakat va4 qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obektlari bo’lishi mumkin;

Bir-biriga nisabatan uyzaga kelgan muommolarni hal qilish jarayonida oilaviy huquqiy munosabatlarning subektlariga ega bo’lgan huquq va majburiyatlarning yig’indisi huquqiy subektlardir.


Ma’lumki ibtidoiy jamoa tzumidan boshlab nikoh munosabatlari mavjud. Ilk davrda odamlar bilar-bilmas er-hotin, farzand tuyg’ularini his qilib, bir-birlari orasida burchlarini ham bajarar edilar. Avvalo, bu munisabatlar “guruh nikoh”, keyinchalik “juft nikoh”deb ataladi. Jamiyatda inson ongi rivoj topgan sari nikoh munosabatlarida ham o’zgarishlar yuzaga keldi. Jamiyatdagi urug’chilik davri-onalik davridan patriarxat-otalik davriga o’ta boshladi.Bu davrga kelib erkaklar o’z hotiniga, ulardan tug’ilgan farzandlarga, topilgan daromadiga o’zi ega bo’lishi tuyg’usi vujudga keldi. Bu davr sivilizatsiya deb atalib yakka nikoh monogamiyaning kelib chiqishiga asos soladi.Shunday qilib, nikoh munosabattidagi o’zgarishlar, oilada ham ulkan o’zgarish tug’dirdi.Urug’chilik davrida ham,bugun ham oilaviy munosabatdagilarning asosiy maqsadi bir-birlariga yordam berish,tarbiyalash,g’amxo’rlik qilsh hysusiyatlari bilan bog’liq bo’lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlashadi. Ma’lumki, kishi oilada rivojlanadi,kamol topadi.Mustaqil Respublikamiz kelajagiga o’z hissasini qo’shadigan shaxs eng avvalo oilada tarbiyalanadi. Oila, nikohdailarning o’rtasida ahillik bo’lsagina,mustahkam bo’la oladi. Shuning uchun nikph nima, qanday tuziladi, jamiyatimizda uning o’rnini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.Oila bu ota-ona,er-hotin,farzand va qarindosh-urug’lardan tuzilgan uyushma bo’lib,oila a’zolari o’rtasida mulkiy va shaxsiy huquq,majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir.Oilaning davlatimizning kelajagidagi o’rniga keng baho berib,asosiy qonun Konstitutsiyaning “jamiyat va shaxs” bobida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligi,u davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan.
Oila munosabatlari “O’zbakiston Respublikasi oila kodeksi”bilan tartibga solinadi.Bu munosabatlarni nikoh,er-hotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasidagi munosabatlardir. Oila qonunlarning asosiy vazifalari oilani mustahkamlashdan,oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat,ishonch va hurmat,hamjihatlik,bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha
a’zolarining mas’ullik hissi asosida ko’rishdan,biron bir shaxsning oila masalalariga o’z boshimchalik bilan aralashishga yo’l qo’ymaslik,oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishni hamda bu huquqlarnig himoya qilishdan iboratdir.
Oila bu- jamiyatning bir bo’lagi,kichik bir vatan,insoniy muhabbat ifodasi,insonni dunyoga keltiradigan makon,ilk tarbiya o’chog’I yurt boyligi va tayanchi,mehr-muhabbat ramzi.bu barcha fuqorolardan o’z oilasini mustahkamlash, uning har bir a’zosini vatanparvar,davlatimiz uchun sidqidildan xizmat etuvchi,sodiq farzand qilib tarbiyalashni talab qiladi.
Oila-jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga keladigan ichtimoiy hodisa bo’lib, u muayyan ijtimoiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi.Respublika Prezident I.A.Karimov takidlaganidek:”Oila-bu jamiyatning asosi va boshlang’ich zarrachasidir.Oila farovonligi,bolalarni ma’naviy va jismoniy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash mamlakat boyligining va kuch-qudratining negizidir”.
Respublikamizda oilaning jamiyatdagi tutgan o’rni va ishtirokini yanada oshirish oilaning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy ma’naviy-axloqiy manfatlarini va farovonligini davlat tomonidan qo’llab-quvatlashni kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ma’lumki,1998-yil”Oila yili”deb e’lon qilindi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oila manfatlarini taminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar borasida davlat dastiri tasdiqlandi.Shunigdek 1998-yil 2-fevraldagi qarori bilan Respublika “oila” ilmiy-amaliy markaziy tashkil etildi.Mustaqil O’zbekistonimiz 1995-yil 6-martda “Onalikni muhofaza qilish to’g’risida”gi Konvebsiya qo’shildi. Davlat tomonidan oilalarga kun sayin g’amxo’rlik qilsh unga har taraflama yordam berish insonparvar demokratik davlatning muhim vazifalaridan biriga aylangandir.Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentimizning farmonlari o’z asini topmoqda.Prezidentning 1990-yil 3-maydagi Farmoni “Ko’p bolali oilalarga nafaqa miqdorini ko’paytirish to’g’risida”deb nomlangan edi.
Muhtaram birinch prezdentimiz I.A.Karimov bu borada:”eng muhim vazifa xalqchilik,adolatparvar jamiyatni vujudga keltirish.Bu jamiyatb poydevirini, ens avvalo,boy mehnat qadrini biladigan,ma’naviy sog’lom hamda madaniy saviyasi baland minglab milllionlab oilalar tashkil etildi” degan edi.
Oila bo’lib yashash barcha maxluqotlar orasida faqat inson zotigagina xosdir. Shu bois oila jamiyatning birinchi va birlamchi bo’g’ini hisoblanadi. Shunga ko’ra hеch mubolag’asiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, tayanch tuzilmasidir. Chunki bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunyoga kеladi, balki u ma'nan va axloqan tarbiya topadi.
Binobarin, oila er- xotin, ularning bo’lachakalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar guruhi, ya'ni xonadon hisoblanadi. Ayni chog’da oila odamlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligi hamdir.
Dеmak, oila jamiyatning tabiiy hujayrasidir, ijtimoiy asosidir. Oila qanchalik mustahkam bo’lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo’ladi va tеz rivojlanadi. Zеro, jamiyat asosi — oila moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanib borishi g’oyat muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assamblеyasi 1994 yildan e'tiboran har yili 15 may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishonlashga qaror qilgani bеjiz emas. Shuningdеk, 1993 yildan buyon Vеna, Qohira, Kopеngagеn, Pеkin va dunyoning boshqa shaharlarida bo’lib o’tgan Xalqaro anjumanlar kun tartibiga oila masalasining maxsus kiritilishida ham katta ma'no bor. Umuman olganda, har yili bеlgilanayotgan va amalga oshirilayotgan xayrli ishlarning barchasida oila va uning mustahkamligi muammosi umuminsoniy vazifa sifatida e'tirof etib kеlinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948 yil 10 dеkabrda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon dеklaratsiyasi"ning 16-moddasida shunday dеyiladi:5
"1. Balog’atga еtgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniga qarab biror bir chеklashsiz nikohdan o’tish va oila qurish huquqiga egadirlar. Ular nikohdan o’tayotganda ham, nikohda bo’lgan vaqtda ham va nikoh bеkor qilinayotganida ham bir xil huquqlardan foydalanadilar.
2. Nikoh, nikohdan o’tayotgan ikkala tomonning xohishi va batamom roziligi bilangina tuzilishi mumkin.
3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasidir va u jamiyat, davlat tomonidan muhofaza etilish huquqiga egadir"
Hozir yеr yuzida 6,2 milliard kishi istiqomat qilmoqda. Ularning 43 foizi shaharlarda, qolganlari esa qishloqlarda yashashadi.
Xususan, O’zbеkiston Rеspublikasida 35 milliondan ortiq aholi bo’lib, bu aholi 6 millionga yaqin oilada istiqomat qiladi. Aholining 98 foizi oilalarda, qolganlari esa yolg’izlikda yashaydilar. Har yili 350400 ming bola tug’ilmoqda. Yiliga o’rta hisobda 170 ming yosh oila vujudga kеlmoqda. Mamlakatimizda 5 milliondan ortiq rеproduktiv ayollar (bola tug’ish yoshidagi ayollar) mavjud. Aholining o’rtacha yoshi 71 yosh. Ayollar 73 yosh, erkaklar 68 yosh.
Bugun oilaning bеnazir nufuzi, ulkan ijtimoiy ahamiyatga molikligi hеch kimda shubha uyg’otmaydi. Zotan, oila chindan ham jamiyatning asosiy hujayrasi va ijtimoiy tayanchidir. Har bir oilaning baxtiyorligi va farovonligi pirovard natijada jamiyatning barqarorligi, gullab-yashnashi hamda farovonligi shartidir. Oila nafaqat inson naslini davom ettirish omili sifatida, balki jamiyat a'zolarini, ayniqsa o’sib kеlayotgan yosh avlodni milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash maskani sifatida ham katta ahamiyatga ega.Inson shaxsini shakllantirishda oila, shubhasiz, dastlabki bosqich vazifasini o’taydi, ya'ni oilada odamlarning bir-birlari bilan o’zaro munosabatlariga ham, jamiyat va davlatga nisbatan munosabatlariga asos solinadi.
"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o’rganish markazi 1999 yildan buyon "Jamiyat va oila ma'naviy va axloqiy olam" mavzuida surov o’tkazib kеladi. Tadqiqotdan ko’zlangan maqsad O’zbеkiston fuqarolarining oila va oilaviy munosabatlarga qarashi, milliy qadriyatlar va mahallaning oila hayotidagi o’rni, bu borada barqaror an'analarni tiklash, aholining huquqiy savodxonligi darajasini aniqlash va o’rganishdan iboratdir. So’rovda 10 viloyat, Qoraqalpog’iston va Toshkеnt shahri qamrab olindi. Unda erkaklar va ayollar, shahar va qishloq aholisi ishtirok etadi
2002 yilgi so’rovda "Zamonaviy oila jamiyat hayotida qanday asosiy vazifani o’taydi?" dеgan savolga so’ralganlarning 47,5 foizi oila jamiyat va davlat asosi, dеb javob bеrdi. Surov ishtirokchilarining 21,2 foizi oila yosh avlodni tarbiyalash vazifasini bajaradi, dеgan fikr bildirdi. 11,2 foiz surov ishtirokchilarining fikricha, oila mamlakatda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko’maklashadi. 7,9 foiz odamlar esa oila vazifasini nasl qoldirishda dеb biladi.
Oilaning har bir inson hayotidagi ahamiyati haqida so’ralganlar quyidagi fikrlarni bildirdi: "u naslni davom ettirish, bolalar tug’ilishi va tarbiyasi uchun zarur" (63,2 foiz), "oila inson qo’rg’oni, unga hayotda ishonch bag’ishlaydi" (28,8 foiz), "oila odam qariganda uni ta'minlash uchun zarur" (4,9 foiz). Ayni paytda so’ralgan poytaxtliklarning 52,6 foizi «oila ular uchun, avvalambor, hayotda ishonch bag’ishlovchi qo’rg’on ekanligini ko’proq ta'kidlashdi".
2003 yilgi so’rovda esa «Oilaning jamiyatdagi vazifasi nimadan iborat ?» dеgan savolga so’ralganlarning aksariyati (70,5 foizi) oila hozirgi sharoitda, avvalo, tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, dеb javob bеrgan. «Jamiyatimizda inson ma'naviyatini shakllantirishga nimalar ko’proq ta'sir ko’rsatadi.» dеgan savolga so’rovda ishtirok etganlarning 77,1 foizi «oila», dеb javob bеrgan. Shuningdеk, ushbu savolga boshqa ijtimoiy institutlar orasida mahalla (43,2 foiz), ta'lim muassasalari (43,2 foiz), ijtimoiy muhit, yaqin qarindosh va do’stlari (36,9 foiz) kabi javoblar olingan. Oila qurishning ahamiyati haqidagi savolga so’ralganlarning ko’pchiligining o’zaro muhabbati (52,6foizi) va birbiriga bo’lgan ishonchi (48,9
foizi) mustahkam oila qurishning muhim sharti, dеb javob bеrgan. «har uch kishidan biri (34,9 foizi) hayot qiyinchiliklariga chidash va undan qoniqish hosil qilish, 27,7 foizi esa farzandlar oilaning mustahkamlanishiga yordam bеradi, dеb biladi. So’rovda ishtirok etganlarning har bеshtasidan biri (20,5 foizi) uchun oilaning moddiy farovonligi muhim omil hisoblanadi». O’zbekistan Rеspublikasi Konstitutsiyasining6 63-moddasida ta'kidlangan quyidagi so’zlar nihoyatda ramziy va tеran ma'noga ega: "Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega". Jamiyat va davlatning oila xususidagi g’amxo’rligi, avvalambor, davlat yuritayotgan kuchli ijtimoiy siyosatda namoyon bo’lmoqda. Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy isloxiy chora-tadbirlarning bosh maqsadi inson, oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iboratdir.
O’zbekistan Rеspublikasi Prеzidеnta I.A.Karimov tashabbusi bilan 1997 yil "Inson manfaatlari yili", 1998 yil "Oila yili", 1999 yil "Ayollar yili", 2000 yil "Sog’lom avlod yili", 2001 yil "Onalar va bolalar yili", 2002 yil "qariyalarni qadrlash yili", 2003 yil«Obod mahalla yili», 2004 yil «Mеhr va muruvvat yili» dеb e'lon qilindi. Hukumat tomonidan har yili tеgishli Davlat dasturlari qabul qilinib, sobitqadamlik bilan amalga oshirib kеlinmoqda. Mazkur tashabbuslarning o’ziga xos ramziy ma'nosi va sabablari bor, albatta.
Avvalo, bu yillar ko’pdan-ko’p savobli tadbirlar amalga oshirilgan davrlardir. Chunki Inson va uning manfaatlari, Oila, Ayol, Sog’lom avlod, Ona va bola, qariyalarni qadrlash, Obod mahalla, Mеhr va muruvvat kabi tushunchalarni bir-biridan ajralgan holda tasavvur etish qiyin. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan ijtimoiy-siyosiy soha munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonunlar xalqaro huquqiy andazalarga to’la-to’kis mos bo’lib, ular ruhini hayotimizga singdirish ishiga xizmat qilmoqda. O’zbеkiston Sharq mamlakatlari sirasiga kiruvchi davlatdir. Ma'lumki, Sharqda qadimdan oila muqaddas maskan sanalgan. Unga bunday e'zozli munosabat bugungi kunda xam o’zgargani yo’q.
"Oila, dеydi mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov, hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kеlajak nasllar qanday inson bo’lib еtishishiga bеvosita ta'sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i..."1.
Shu fikrning o’ziyoq oilani e'zozlash, uning qadr-qimmatini yuksakka ko’tarish bizning ongimizga mustahkam jo bo’lganligining yorqin dalilidir.
Mamlakatimiz aholisini tarbiyalashda milliy istiqlol g’oyasining o’rni alohidadir. "Oila mafko’raviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila jamiyat nеgizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma'naviy tayanchlarga ega. Milliy mafko’ramizga xos bo’lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mеhri orqali amalga oshadi.
Oiladagi sog’lom muhit sog’lom mafko’rani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o’zaro hurmat va ahillikni ta'minlash milliy mafko’rada ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo’ladi"
Rеspublikamizda bir yuz o’ttizga yaqin millat va elat vakillari hamjihat yashab, O’zbеkiston mustaqilligi ravnaqiga o’z hissasini qo’shib kеlmoqda. Har bir millat oilasining o’ziga xos xususiyatlari bor. Mamlakatimizda aholining ko’pchiligini 85 foizini o’zbek millati tashkil etishini, darslik birinchi marta ona tilimizda chop qilinayotganligini inobatga olib, asosiy e'tiborni o’zbek oilasining o’ziga xos xususiyatlariga qaratish lozim dеb topdik. Uzoq yillik tarixiga ega bo’lgan o’zbek xalqi oilaga juda katta e'tibor bеrib kеlgan.
Yеr kurrasida yashovchi turli xalqlar va millatlar har birining o’ziga xos xususiyatlari bo’lgani kabi ularning oilaviy hayotida ham o’ziga xos xususiyatlar mavjuddir.
O’zbek oilasi sеrfarzandlik, bolajonlik, oilaparvarlik kabi ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Oilaga sharqona, o’zbеkona sodiqlik, o’tgan yеtti pushtini bilish, ota-ona, qarindosh-urug’, kеksalarga hurmat, yoshlarga mеhribonlik, oila a'zolari, er- xotin va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning mustahkamligi uning o’ziga xos xususiyatlaridir. Oilalar g’oyat katta bo’lib, ularda kishilar jamoa asosida yashab kеlganlar. O’zbek oilasi or-nomusli, ahil oiladir. Shuning uchun u o’zining milliy qiyofasini yo’qotmagan holda butun oilaning sha'ni, obro’sini saqlash uchun mas'uliyat bilan ish tutadi. Er oila posboni, uning boquvchisi hisoblansa, xotin uning ko’rki, fayzi barokatidir. Ularning umr gulshanlari qobil farzandlaridir. Birinchi Prеzidеntimiz Islom Karimov o’zbek oilasining o’ziga xos xususiyatlarini e'tirof etib shunday dеydi: "Oila jamiyatning nеgizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila dеb tushunishimiz mumkin va lozim. Bunda o’zaro xurmat va qattiq tartib bo’lmasa, oilaning barcha a'zolari o’z burchlarini ado etmasa, birbiriga nisbatan ezgulik bilan mеhroqibat ko’rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma'naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada dеmokratik nеgizlarga asos solinadi, odamlarning talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi.
O’zbеklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug’lari va yaqin odamlarining, qo’shnilarning omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir»1.
Sеrfarzandlik o’zbek oilasining alohida bеlgisidir. Shuning uchun ham bizda ko’p bolali onalar soni boshqa mintaqalardagiga nisbatan ancha ziyod.
O’zbek oilasidagi bolajonlik, farzandlar tomonidan ota-onalarning hurmat qilinishi, oilalar asosan ko’p sonli bo’lib, ularda turli avlod vakillarining birga yashashlari va birga xo’jalik yuritishlari, mеhnatsеvarlik, saxiy va mеhmondo’stlik kabi ajoyib fazilatlar saqlanib qolmoqda.
O’zbek oilasining o’ziga xos etnografik xususiyatlari: ko’p bolalilik, ko’p tabaqalilik (bir nеcha avlod vakillarining birga yashashlari), avlodlar o’rtasidagi bog’liqlikning boshqa mamlakatlardagina nisbatan kuchliligi va shu kabi qator xususiyatlari uning psixologik ahamiyatini yanada orttirib yuboradi.
atanimiz 130 yildan ziyod qorong’ulik qa'rida yashadi, shuncha muddat fukarolarning haq-huquqlari toptaldi, qonunsizlik avj nuqtaga еtdi. Mustamlakachilik siyosatining sho’rocha madaniy shaqli vujudga kеldi: fuqarolarning haq-huquqlari qog’ozda qayd etilardiyu, amalda uning tеskarisi qilinardi.
Kеyingi еtmish yillik sho’ro davrida o’zbek oilasining obrusi bir oz pasaydi, mavqеi tushdi. Milliy an'analarimizda ifodalangan. "Oila majlisi", "Oila o’chog’i", "Oilaviy qonunlar", "Oilaviy samimiyat" dеgan ifodalar yo’qolib, turmushimizdan chiqib kеta boshladi. Shu davrda erkaklar hurmati, xususan, oila rahbari ota sha'ni va obrusi bir oz pasayib qoldi.
Mamlakatimizda boshqacha yo’nalish ham sеzilmoqda. Aytaylik, o’zbek oilasi ham ko’p bola tug’ilishini xohlamay qolmoqda. Masalan, har bir oilaga qishloq joylarda 56, shahar joylarda esa 34 bola to’g’ri kеladi.
Endilikda mustaqillik asosida, milliy istiqlol mafko’rasi nеgizida o’zbek oilasining obro’sini, uning nufuzini yuqori ko’tarish vaqti еtdi. Oilaning jamiyat oldidagi asosiy vazifalaridan biri farzand ko’rish va uni tarbiyalash bilan bog’liqdir. Aholi soni muayyan ko’rsatkichda bo’lib turishi uchun har 100 oilaga 260 nafar bola to’g’ri kеlishi kеrak. Aniqrog’i, 100 oiladan 60 tasi 3 nafardan 40 tasida 2 nafardan bola bo’lishi lozim. Dеmograf olimlar hisob-kitoblariga ko’ra, agar har bir oila bittadan farzand ko’rsa, sakkizinchi avlodga kеlib, ya'ni 200 yildan kеyin bu xalq millat sifatida yo’q bo’lib kеtishi mumkin ekan.
O’zbеkiston dunyoda aholisining soni ancha tеz ko’payib borayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi.
Oila erkak va ayolning nikohdan o’tib, bir yostiqqa bosh qo’ygan kunidan boshlanadi. Uning eng muhim vazifasi naslni davom ettirish hamda ota-bobolarining eng yaxshi an'ana va udumlarini davom ettirish, turmushni mustahkamlashdan iboratdir.
Oila jamiyatning boshlang’ich hujayrasini tashkil etib, unda aholining ko’payishi va yosh avlodni tarbiyalash vazifalari amalga oshiriladi. Oilaning muhim ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, u jamiyatning dеmokratik hujayrasini tashkil etib, odamlar shu muqaddas maskanda tug’ilib, o’sib, jamiyat tarkibini tashkil etadi.
Ikkinchidan, oila muhim bo’g’in bo’lib, unda biz mеhnat jarayonida sarf qilgan kuchlarimizni tiklash imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Uchinchidan, oila muhim tarbiya o’chog’i.
Va nihoyat, to’rtinchidan, oila nodir ruhiy muhitdir.
Olimlarning fikricha, odamlar hayotining birdanbir to’g’ri yo’li oilaviy hayot ekan. Aksincha, yolg’izlikda yashash turli xil falokatlarga va fojialarga sabab bo’lar ekan.
Shuning uchun, aytaylik, Amеrika qo’shma Shtatlarida qariyalar yolg’iz uyda qoldirilmaydi, ular, bolalari bo’la turib, qariyalar uylariga joylashtiriladi. Italiyalik mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, hozirgi paytda har bеsh Yеvropalikning biri uyqusizlikdan azob chеkarkan. Buning asosiy sababi yolg’izlikdir.
Ko’pchilik odamlar oilaviy hayotda yashaydilar, oilaoila bo’lib yashashni o’zlariga ma'qul ko’radilar.
Buyuk Britaniyada yolg’iz onalar va yolg’iz qariyalar soni esa yildan yilga ko’paymoqda. Ayni paytda mamlakatning 15 foiz aholisi yolg’izlikda umr kеchiradi.
Islom dini yakkalikni, bеvalikni yoqtirmaydi. Bu bir ulug’ donolik va donishmandlik ibratidir. Zеro, hadisi shariflarning bu boradagi ayrim namunalari ham fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi. Ya'ni: «haqiqiy mo’min dеb xush-xulq va ayoliga nisbatan xushmuomala kishiga aytiladi.» Bundan chiqdi, musulmonchilikning shartlari dan biri o’z jufti haloliga xushmuomala bo’lishdir. «Kishi do’stining dinida bo’ladi. har biringiz kimni do’st tutmoqdasiz, qarab do’stlarning». Bu muqaddas so’zlar mazmunidan anglashiladiki, dunyoda buyuk do’stlik er- xotinlikdir. Chunki ular bir-birlariga shirin jonlarini ishonib topshiradilar.
Islom dinidan tashqari boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchi olimlarning e'tirof etishicha, dunyoda eng mustahkam oila bu islom diniga e'tiqod qiluvchilarning oilasidir.
San'at va ilm-fanga bеrilgan kishilar orasida so’qqaboshlar soni ancha ko’p. Chunki bu hol aholining ayrim qatlamlari orasida ham bizga chеtdan kirib kеlgan "bo’ydoq" bo’lib yashashni xohlovchilarning ko’payib borishiga sabab bo’lmoqda. Bu esa o’zbek xalqining hayot tarziga, musulmonchilikka mutlaqo to’g’ri kеlmaydigan holdir. Shuning uchun oilaviy hayotga qaratilgan tarbiyaviy ishlar kuchaytirilishi lozim.
A) Oila jamiyat ximoyasida.
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasini tashkil etadi. Jamiyat katta-kichik oilalardan iborat. Darhaqiqat, bu oilalar qanchalik mustahkam bo’lsa, jamiyat ham shunchalik mustaham bo’ladi.
Biz qurayotgan adolatli fuqarolik jamiyatida oila o’ziga xos ijtimoiy birlashmani tashkil etadi. Oilaning bu xususiyati, birinchi galda, uning jamiyat manfaatlari bilan bog’liqligida hamda ijtimoiy vazifalarda ifodalangan.
Mamlakatda har bir oila va har bir insonning turmush farovonligini, fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan dasturiy maqsadlarga asoslanib ish olib borilmoqda.
Birinchi Prеzidеnt I.A.Karimov bu boradagi vazifalar haqida gapirib: "Eng muhim vazifa xalqchil, adolatparvar jamiyatni vujudga kеltirish. Bu jamiyat poydеvorini, eng avvalo, boy va badavlat, mеhnat qadrini biladigan, ma'naviy sog’lom va madaniy saviyasi baland minglab va millionlab oilalar tashkil etadi", dеgandi.
Biz adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilgan ekanmiz, jamoat birlashmalari, notijorat va nodavlat tashkilotlari, jumladan, jamg’armalarning ahamiyati, oilaning muhofazasi ortib boravеradi.
Jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish, ya'ni "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" davlat qurilishi dasturini hayotga joriy etish dеmakdir. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, ayni paytda mamlakatimizda to’rt mingdan ziyod jamoat birlashmalari, notijorat va nodavlat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Bugungi kunda rеspublikamizda o’n mingtaga yaqin mahalla va qishloq fuqarolari yig’inlari oilalar bilan jamoatchilik asosida katta tashkiliy va ommaviy ishlarni olib bormoqda, oilalarni saqlab qolish va ularni mustahkamlashga, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini himoya qilishga o’z hissalarini qo’shib kеlmoqda.
B) Oila davlat mutsofazasida.
Davlat tomonidan oilaga kun sayin g’amxo’rlik qilish, unga har taraflama moddiy yordam bеrish insonparvar dеmokratii huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir.
O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi 65--moddasining7 2-qismi va Oila kodеksi 4-moddasining 1-qismiga binoan, oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasida.
Mamlakatimizda oilaning davlat muhofazasida bo’lishini O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish majmui kotibiyati olib boradi.
O’tgan vaqt davomida rеspublikamizda ayollar va o’sib kеlayotgan yosh avlod sog’lig’ini mustahkamlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida soglom oilani shakllantirish, tug’ish yoshidagi ayollarni sog’lomlashtirish ishlari o’zining, ijobiy samarasini bеrdi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi birinchi sеssiyasining ikkinchi yig’ilishida Oliy Majlis tarkibida "Oila va ayollar muammolari komissiyasi" tashkil etildi. Ushbu komissiya oila va ayollar muammolari bo’yicha davr talablariga javob bеradigan oilani saqlash va mustahkamlashga, yangi avlodni tarbiyalashga qaratilgan yangi qonunlar loyihalarini tayyorlash vazifalarini o’z oldiga qo’yadi.
Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Rеspublikamiz Prеzidеntining farmonlarida o’z ifodasini topmoqda. Prеzidеntning birinchi Farmoni 1990 yil 3 mayda qabul qilingan bo’lib, u "Ko’p bolali onalarga nafaqa miqdorini ko’paytirish to’g’risida" dеb nomlanadi 2. Unda ko’p bolali onalarning moddiy ahvolini, yosh avlodning o’sish sharoitlarini yaxshilash maqsadida onalarga to’lanadigan oylik nafaqa ikki barobar ko’paytirildi. Mazkur Farmon o’zbek xalqining bolajonlik tabiatidan dalolat bеradi.
Faqat kеyingi yillarda Rеspublika Prеzidеntining oilaga aloqador bir qator farmonlari qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida 3,3 million oila birinchi marta еr uchastkalariga ega bo’ldilar yoki o’z еr uchastkalarini kеngaytirdilar. Tomorqa uchastkalarning o’rtacha hajmi 20 sotixdan ortdi. Shaxsiy tomorqalar hajmini yanada kеngaytirish va ularni 0,25 gеktarga еtkazish nazarda tutilmoqda.
Prеzidеntimiz tashabbusi bilan 1998 yil "Oila yili" dеb e'lon qilinishi tufayli shu yili oila manfaatlari uchun barcha manbalar bo’yicha 144,8 milliard so’m mablag’ ajratilib, bu mablag’larning dеyarli yarmi davlat byudjеtidan qoplandi.
Oila ishi bu oila a'zolarining shaxsiy ishi dеb, ularni o’z holiga tashlab qo’yish mumkin emas. Ayniqsa, bozor mеxanizmlarini joriy etishdan oldin sеrfarzand, kam ta'minlangan oilalarni, bolalar, bolali yolg’iz ayollarga davlat va jamoat yordamini ko’rsatish lozim.
Ayniqsa, mamlakatimizda yosh oilalarga alohida e'tibor qaratilgandir. Prеzidеnt
I.A.Karimov "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tashabbus guruhi yig’ilishida so’zlagan nutqida shunday dеgandi: "harakat... yosh oilalarga yordam bеrishni o’zining asosiy burchi dеb bilishi, shu maqsadda "Yosh oila" dasturini ishlab chiqish masalasiga alohida ahamiyat qaratishi zarur.
...harakat endigina turmush kurgan yosh oilalarga ma'lum bir imtiyozlar bеrilishi, aytaylik, ularga kеyin bo’lib qaytarish sharti bilan imtiyozli krеditlar ajratilishi haqida o’z takliflarini ilgari surishi va ularni amalga oshirish uchun harakat qilishi o’rinli, dеb bilaman. Ishonchim komilki, bu yosh oilalarga moddiy yordamgina bo’lib qolmay, ayni paytda ularni mustahkamlashga ham xizmat qilishi muqarrar".
Darhaqiqat, bu so’zlar ham davlatimiz oilani jamiyatning eng muhim bo’g’ini dеb bilishining, oila masalasiga mas'uliyat bilan qarab, katta ishlarni amalga oshirayotganining yorqin ifodasidir.
Hozircha oila haqida alohida fan yo’q, oilaning turli qirralarini o’rganish bilan esa o’ndan ortiq fanlar shug’ullanadi, bular: etnografiya, axolishunoslik, dеmografiya, ijtimoiy gеografiya, sotsiologiya, iqtisodiyot fani bilan statistika, psixologiya, oila pеdagogikasi, tibbiyot, huquqshunoslik va boshqalardir.
Etnografiya nikoh oila munosabatlarini xalqlar turmush tarzining bir tabaqasi sifatida o’rganadi.
Axolishunoslik, dеmografiya aholining hamda uning asosiy bo’g’ini bo’lmish oilaning turli xil muammolarini siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy jarayonlar asosida o’rganadi.
Ijtimoiy gеografiya tadqiqotlarida aholi va oilaning hududiy tafovutlari komplеks tahlil qilinadi.
Sotsiologiya inson hayotining ijtimoiy jihatlarini, kishilik jamiyatining barcha ijtimoiy munosabatlarini o’rganadi.
Iqtisodiyot fani bilan statistika oila byudjеtini, oila ishlab chiqarishi (agar u mavjud bo’lsa) va oilaviy istе'molni, mеhnat taqsimotini hamda oiladagi xo’jalik iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish bilan shug’ullanadi.
Psixologiya vazifasi asosan nikoh oila munosabatlarida namoyon bo’ladigan hissiyot, tasavvur, urf-odatlarni, shuningdеk, bu psixologik (ruhiy) hodisalarni ijtimoiy va tabiat manbalarini o’rganishdan iborat.
Oila pеdagogik maqsadi oilaning bolalarga ko’rsatadigan ta'sirini, oiladagi tarbiya qonuniyatlari va vositalarini, ota yoki onaning bolaga ta'sirini, oila bilan boshqa xil tarbiya muassasalarining o’zaro munosabatlarini aniqlashdir.Tibbiyot fani nikohning fiziologik jihatlarini va uning oqibatlarini hamda oilaning oila a'zolari sog’lig’iga ta'sirini tadqiq etadi.Huquqshunoslik oila to’g’risidagi qonunlarni va oilaning ijtimoiy hayotga munosabatini o’rganib, mavjud yoki jamiyat uchun maqsadga muvofiq bo’lgan huquqiy qoidalarni asoslab bеradi.Hozirgi davrda oila turli fanlar tizimida har tomonlama ilmiy tadqiq qilinishi zarur. Fikrimizcha, oilaning o’ziga xos xususiyatlarini ayniqsa oilaparvarlik, sеrfarzandlikka, farzandlar tomonidan ota-onalarning hurmat qilinishiga, oila a'zolari o’rtasidagi inoqlikka katta e'tibor bеrish lozim. Bu borada dastlabki ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida bunga asos solindi.1991 yildan boshlab O’zbekistan xotin qizlar qo’mitasi, Bolalar jamg’armasi va "Sog’lom avlod uchun" Xalqaro xayriya jamg’armasi organi "Oila va jamiyat" haftanomasi chiqa boshladi. haftanoma oila, buva va buvi, ota va ona, o’g’il-qiz, nеvara, evara, chеvara, dubora masalalariga katta ahamiyat bеrmoqda. Uning asosiy vazifasi tuzilgan nikohni saqlab qolish, oilani mustahkamlashdan, otalik-onalik va bolalikni muhofaza qilishdan, kеlajak taqdiriga, oila a'zolari obro’sini oshirishga qaratilgan muhim tadbir-choralarni ishlab chiqishdan iborat.Ayni chog’da oila masalalariga to’g’ri munosabatda bo’lish, oilani mustahkamlash uchun ilmiy asoslangan takliflar bеrish g’oyat muhim ahamiyatga ega. Endilikda bu vazifani rеspublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi bajarib kеlmoqda.Darvoqе, AQSHda oila masalalarini o’rganuvchi institutlarning o’zi yigirmadan ziyod ekan. Turkiyada ham «Oila» ilmiy tadqiqot instituta mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir oilaning ta'lim va tarbiyaga oid faoliyatini qo’llab-quvvatlash, nogiron bolasi bor oilaning talab-ehtiyojlarini o’rganish, o’rta hol oilalarning rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilish, jamiyatda va oilada erkak va ayolning tеng huquqliligini ta'minlash kabi masalalarni o’rganishdan iboratdir. Tojikistonda ham oila, onalik va bolalik masalalari bo’yicha maxsus vazirlik maqomiga ega bo’lgan dеpartamеnt bor. Misr Arab Rеspublikasida Ayollar milliy kеngashi, Onalik va
bolalik bo’yicha milliy kеngash, hindistonda Jamoat tashkilotlari bilan aloqalar va bolalar masalalari bo’yicha milliy institut bor. Shuningdеk, bunday markazlar Mustaqil davlatlar hamdo’stligida, g’arbning rivojlangan mamlakatlarida ham faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbеkiston «Oila» ilmiyamaliy markazi ularning ba'zilari bilan ilmiy aloqalar o’rnatgan.
Huquq fani tizimida oila huquqining o’rni alohidadir. Chunki oila huquqining talabalar tomonidan o’rganilishi faqat bilishbildirish ahamiyatga ega bo’lmay, balki tabiiy va hayotiy muhim axloqiytarbiyaviy ahamiyatiga ham molikdir, shu bilan birga barkamol shaxsni va oqilona ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish vositalaridan biri hamdir.
Oila a'zolari o’rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi. Shuning uchun ham oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo’lib, nikoh, qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini bеlgilash, ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan kеlib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.
Agar oila huquqi tushunchasiga muxtasar ta'rif bеrib aytadigan bo’lsak, bu er- xotin lar, qarindoshlar, ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va bolalar o’rtasidagi shaxsiy nomulkiy va ular bilan bog’liq mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmog’i hisoblanadi. Shu ta'rifdan ham ko’rinib turibdiki, oila huquqi fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog’liq bo’lish bilan birga, farq qiluvchi xususiyatlarga ham ega. Ya'ni: birinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqiga xos bo’lmagan yuridik faktlar (nikoh, qarindoshlik, onalik, otalik, farzandlikka olish va hokazolar) asosida vujudga kеladi, ikkinchidan, oilaviy munosabatlar fuqarolik huquqidan farq qilib, ko’proq shaxsiy-huquqiy mohiyatga ega bo’ladi, uchinchidan, oilaviy huquq sub'еktlarining huquq va majburiyatlari ularning o’zlarigagina tеgishli huquq va majburiyatlar sanaladi.
Oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar oila huquqi predmеtidir. Oila huquqi prеdmеti doirasiga kiradigan munosabatlarni tartibga soluvchi vositalar, usul va uslublar majmui oila huquqi mеtodidir.Shuni alohida ta'kidlash kеrakki, oilaviy huquq normalari, avvalo, nikohdan o’tish tartibini va shartlarini bеlgilaydi, shuningdеk, er- xotinlar o’rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, ota-onalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiradi, qolavеrsa, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik bilan bog’liq ravishda vujudga kеladigan munosabatlarni tartibga soladi va nihoyat, nikohning tugatilishi tartibi va shartlarini bеlgilab bеradi.
Shu o’rinda oila a'zolari o’rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlar xususida alohida to’xtalish maqsadga muvofiq. Shaxsiy nomulkiy munosabatlarga er- xotinning familiyasi, bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilishi, mashg’ulot turi, kasb va turar-joy tanlash huquqlari kiradi. Mulkiy munosabatlarga esa er va xotin ning nikoh davomida orttirgan umumiy mulklari, shuningdеk, nikoh qayd etilgunga qadar bo’lajak er- xotin ning umumiy mablag’lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko’zda tutilmagan bo’lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari, oila a'zolarining va boshqa shaxslarning alimеnt majburiyatlari kiradi.
Dеmokratik huquqiy davlat, erkin adolatli fukarolik jamiyatida shaxsiy nomulkiy munosabatlar asosiy bеlgilovchi, mulkiy munosabatlar esa bo’ysunuvchi hosila xaraktеriga ega bo’ladi. Oilaviy munosabatlar majmuida shaxsiy nomulkiy munosabatlar ustun bo’lishining sababi, avvalo, naslni davom ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog’liqdir.
Shunday qilib, oila huquqi nikoh tuzish tartibi va shartlari, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada er va xotin o’rtasida, ota-ona bilan bolalar o’rtasida, oilaning boshqa a'zolari o’rtasida kеlib chiqadigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish tufayli kеlib chiqadigan munosabatlarni, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartiblarini bеlgilaydigan huquqiy normalar yig’indisidan iborat bo’ladi.
Oila huquqi mohiyatini ochib bеrishda faqat uning tushunchasi, prеdmеtining o’ziga xos xususiyati va shu bilan birga uning eng muhim prinsiplarini xam inobatga olish lozim. Chunki uning prinsiplari huquq sohasining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Oila huquqi prinsiplari dеganda, ushbu huquq sohasining mohiyatini aniqlab bеradigan hamda huquqiy mustahkamlanganligi sababli umummajburiy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy nеgiz, rahbariy qoidalar tushuniladi.
Oila huquqi prinsiplarini hisobga olmay, uning normalarini to’g’ri sharhlab va qo’llab bo’lmaydi. Oila huquqi prinsiplari nafaqat huquqni qo’llash amaliyoti uchun, balki shu bilan birga amaldagi oila qonunchiligining mohiyatini anglash hamda uning kеyingi takomillashtirilishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Oila huquqining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir:
1) Oilaning jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquq prinsipi.
Bu prinsip mamlakatimiz birinchi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo’yilgan qoidaga asoslanadi. Unga ko’ra, oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega.
Avvalo, oila davlat himoyasida dеyilganda, vujudga kеlgan oilalarni saqlab qolish va ularni mustahkamlashga qaratilgan davlat tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Chunki davlatning oila xususidagi g’amxo’rligi, avvalambor, hukumat yuritayotgan kuchli ijtimoiy siyosatda namoyon bo’lmoqda. Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy islohiy chora-tadbirlarning bosh maqsadi inson, oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iboratdir. Oilaning davlat muhofazasida ekanligi mamlakatimiz Prеzidеntining farmonlarida ham o’z ifodasini topmoqda. Jahonning bir guruh tadqiqotchi olimlari tomonidan rеspublikada oilani, onalik va bolalikni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o’rganib chiqildi. Natijalar chеt ellardagi ahvol bilan taqqoslaganda, birorbir mamlakat rahbari elni, oilalarni ijtimoiy himoyalash borasida bizning Yurtboshimiz kabi ko’p qaror va farmonlar qabul qilmaganligi ma'lum bo’ldi.
Oila jamiyat muhofazasida bo’lish huquqiga ega, dеyilganda, mamlakatda mavjud bo’lgan jamiyatlar va jamg’armalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarning oilaga ham moddiy, ham ma'naviy yordam bеrishi tushuniladi. Bu qoida mustaqil mamlakatimiz Konstitutsiyasida ilk bor bеlgilangan yangi qoidadir.Oila to’g’risidagi qonunlar davlat tomobnida izga solinishi talab etiladigan munisabatlarni tartibga solib turadi.Bu munosabatlar nikoh tuzish tartibi va shartnomalarni belgilaydi; oilada er-hotin o’rtasida ota-onalar (farzandlikga oluvchilar) bolalar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasida paydo bo’ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; boshqalarning bolalarni o’ziga farzand qilib olish;vasiylikga olish; homiylik qilsh; bolalarni o’z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi; nikohni bekor qilish tartibi shartlarini belgilaydi; fuqorolik holati to’g’risidagi hujjatlarni ro’yhatdan o’tkazish qoidalarini belgilaydi.
Oila huquqi boshqa huquq sohalaridan farq qiluvchi hususiyatlarga qaramay fuqorolik huquqi bilan chambarchast bog’liqligini sezish mumkin. Bu farqlar quyidagilardan iborat:
-Oilaviy munosabatlar fuqorolik huquqiga xos bo’lmagan yuridik faktlardan (nikoh, qarndoshlik, onalik, otalik, farzandlikga olish va boshqalardan vujudga keladi;)
-Oilaviy munosabatlar fuqorolik huquqidan farqli o’laroq, ko’proq shaxsiy-huquqiy mohiyatga ega.
-Oliaviy huquq subektlaring huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, yangi boshqalarga topshirib bo’lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat.
Olia huquqi predmeti-oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni tashkil etadi.
Nikoh,qarindoshlik,bolalarni oilaga tarbiyaga olish kabilardan yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlardan iborat bo’lib oila huquqi inson va fuqorolarning fuqorolik huquqining normalari bilan tartibga solinadi.
Oila huquqining manbalari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi:
-O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi (1998-yil 30-aprelda №607-1sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 1998-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiritilgan);
O’zbekiston Respublikasining fuqorolik kodeksi.

-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qa’bul qilingan oila huquqiga oid qonunlar;


-O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig oila huquqiga oid farmon va farmoyishlar qarorlar:
-O’zbekiston Respublikasi hukumatning normative huquqiy hujjatlari;
-Xalqaro huquq normalari kabilar hisoblanadi.
Oila- jamiyatning tabiiy va asosiy bo’g’inidir. Har bir oila, har bir fuqoro tinch-hotirjam va tokin-sochin yashasa, davlatimiz obod, boy bo’ladi, gullab yashaydi.
Davlatimizni harakatda bir oila deb tushunish mumkin. Bundan o’zaro hurmat va tartib-intizom bo’lmasa,oiling barcha a’zolaro o’z burchlarini ado etmas, bir-birida nisbatan mehr-oqibat ba ezgulik ko’rsatmasa, hotirjam va munosib tarizda yashash mumkin emas. Oila o’zinig ko’p arslik mustahkam va ma’naviy tayanchlarga ega bo’lib, turmush vijdon qonunlari asosida quriladi. Oilada kishilarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. Xalqimizning aksaryat qismi o’zining shaxsiy farovonligidan jo’ra oilasining omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa oily darajadagi qadriyat, inson qalbining gavharidir. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 1992-yil 2-iyul qonunida ham oiladagi ta’lim masalasiga alohida e’tibor berilgan. Uning 16-moddasida8 qayd etilganidek, ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari shaxsning jismoniy, ma’naviy kamoloti va aql zakovato rivojlanishiga g’amxo’rlik qilshlari lozim. Ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchilar bolaning ma’lumotini oilada oilsh uchun imkoniyat yaratib berishga haqlidir. Bunday hollarda o’quvchilar ota-onalar yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar bilan ta’lim muassasasi Ta’lim boshqaruvchi tegishli idoralar o’rtasida shartnoma tuzilib, unda bola, oila va jamiyatning manfatlarini hisobga olgan holda tomonlarnong huquqiy, iqtisodiy va boshqa majburiyatlarina belgilab qo’yiladi.
Oilada ta’lim olayotgaqn shaxslar tegishli atstatsitadan o’tkach ta’limning istalgan bosqichidan boshlab ta’lim muassasasida o’qishni davom ettirishga haqlidir.
Davlat oiladagi ta’limga yordam ko’rsatsadi. Tegishli davlat muassasalari tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda metodik deagnostik maslahat yordamlari beriladi. Qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda oilaga koppensiyatsiya to’lanishi mumkin. Mamlakatimizda qa’bul qilingan ko’pchilik qonunchilik hujatlarida oila, farzand tarbiyasi masalalariga katta etibor beriladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O’zbekiston Respublikasida yoshlariga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi 1991-yil 20-noyabr 16-moddasida fuqorolar va yosh oilalarga ijtimoiy omtiozlar chunonchi:yakka tartibga uy qurush uchun yer ajratish, uy joy sotib olish,uy joy qurush, kopirativlarga a’zo bo’lish uchun pay badallari to’lash, ro’zg’or buyumlari (shu jumladan chorvo mollari), uzoq muddat foydalanadigan kundalik uy jihojlari sotib olish, tijorat sosida amal qiladigan o’quv yurtlarida ta’lom olish uchun hqa to’lash va boshqa maqsadlarga amal qiladigan uzoq muddatli kreditlar beriladi. Yoshlarga kreditlar banklar tomonidan kam foiz sharti bilan belgilab “O’zbekiston Respublikasida qonunlarida belgilangan imtiyozli tartibda tuziladi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasinig 63-moddasida takidlanganidek,9 ”Oila jamiyatning asosoy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huququga ega”. Asosiy qonunimizda belgilangan ijtimoiy tuzum yangi jamiyat bilan oila o’rtasida uzviy aloqodorlik mavjud. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan barcha prinsiplar va qoidalar, oila hayoti oilaviy munosabatlari ularni tartibga spladigan boshqa nornativ huquqiy hujjatlar Oila Kodeksining mazmuni va tabiatini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Oilaning davlat muhofazasida bo’lishi haqidagi qoida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida keltirilganidek, davlatlar zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri hisoblanib keng ma’noga ega bunda oilani jamiyatninh tabiiy va asosiy quyi bo’g’ini sifatida ulug’lanadi.Bolalarga ta’lim tarbiya berish,onalar va mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga zarur moddiy imtiyozlar yarating hamda oilani mustahkamlash borasida muhim bo’lgan boshqa masalalar nazarda tutiladi. Oila huquqi- Fuqorolik huquqi fanining ajralmas qismi hisoblanib,u asosan erkak va ayol o’rtasida nikoh tuzish tartibi va shartlari,er-hotinning mulkiy va mulkiy bo’lmagan shaxsiy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari nikohning tugatilishi va uning haqiqiy hisablanmaslik oqibatlari, asoslari va tartibi, qon-qarindoshlik va farzandlarning nasl-nasabini belgilash qoidalari, ota-onalar hamda farzandlarning shaxsiy va no’mulkiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlari farzandlikga olish,vasiylik va homiylik belgilash qoidalari va shu kabi boshqa bir munosabatlarni tartibga soladi.
Oila huquqining asosiy manbai hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-aprel qarori bilan qa’bul qilindi va 1998-yil 1-sentabrdan kuchga kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 8-bo’lim, 30-bob, 238ta moddadan iborat10. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga O’zbekiston Qonunchiligi uchun yangilik bo’lgan nikoh shartnomasi, qon-qarindosnlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash,alimentlar to’lash to’g’risida kelishish bolalarning oiladagi huquqlari va ota-onalarni moddiy taminlash to’g’risidagi majburiyatlar hamda ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash majburiyatlari,ota-ona qamrog’dan mahrum bo’lgan bolalarning huquq va manfatlarini himoya qilish va shunga o’xsgasg muhim yangi qoidalar kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksing qa’bul qilishni bilan oila munosabatlarining huququy tartibga solinishi O’zbekiston Respublikasining Konstitrusiyasi va boshqa qonunlari, yangi fuqorolik kodeksi bilan muvofiqlashtirildi shuningdek, Oila Kodeksi O’zbekiston Respublikasi Oily Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan BMTning “Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasi ba boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalar bilan boyitiladi.
Shu bilan birga Oila kodeksining chet el fuqorolari ishtirokida vujudga keladigan oila munosabatlarini tartibga solish bag’ishlangan qoidalari O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan yoki rativikatsiya qilgan xalqaro bitimlar va konvensiyalar hisobga olingan holda ishlab chiqildi.
Oilaga g’amxo’rlik qilish,unga har taraflama moddiy yordam berish insonparvar huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 1998-yilni Oila yili, 1999-yil Ayollar yili 2000-yil
Sog’lom Avlod yili 2001-yilini Onalar va bolalar yili deb e’lon qilinishi bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Olia jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy muassasasidir.Oilaning bu hususiyati birinchi galda unin g jamiyat manfatlari bilan bog’liqligida hamda ijtimoiy vazifalarda ifodalanadi.
Oilaning umumiy(ijtimoiy)va mahsus(yuridik)tushunchasi mavjud.
Ijtimoiy ma’noda oila kishilarning nikohga,qarindoshlikga,bolalarni tarbiyalash uchun qa’bul qilishga,umumiy hayot maqsad,o’zaro g’amxo’rlikga asoslangan ittifoqdan iboratdir oilaviy ittifoqda kishilar o’rtasida axloqiy,pisixalogik,jismoniy va maishiy xo’jolik aloqalari yuz berib ular hayotda va oila maqsadlarda umumiylikni vujudga keltiradi.Oilaviy ittifoq mahsus va shu bilan birga murakkab ijtimoiy munosabatlardan tashkil topadi. Odatda, oilaning vujudga kelishi nikoh asasida bo’ladi, shu bois oilada bola tug’ilmagan bo’lsa ham nikoh munosabating o’zi yoq oilani tashkil etadi. Oilada er-hotin bilan bir qatorda bolalarning ham bo’lishi tipik oilani vujudga keltiradi. Ota-onani va bolalar har taraflama jipislashgan oila birligini hosil qiladi. Ular o’rtasida juda yaqin oilaviy munosabatlar bo’ladi. Bu shaxslar oilaning yadrosini tashkil etadi. O’zining ijtimoyi mazmuniga qarab oila, odatda, uch o’zaro aloqadagi ijtimoyi guruh, uning asasi sifatida nikoh, nikohning natijasi sifatida farzandlardan tashkil topadi. Tipik oilaviy munosabatlardan tashkari bolali yolg’iz ona va uning farzandi boshqa qarindoshlar o’rtasidagi munosabatlar, ayrim holarda esa tug’ishmaganlar o’rtasidagi (farzandlikka olganlar) munosabatlar ham oilaviy munosabatlarni tashkil etadi.
Huquqiy ma’noda oila-yuridik alaqadir. Oilaviy munosabatlardagi yuridik harakter huquqiy no’rmalar bilan oila a’zolarining hulqiga ta’sir etadi, oilani jamiyat hohlagan asasida rivojlantirishga yordam beradi. Yuridik faqat sifatida qilgan nikoh va yaqin qarindoshlik oilaviy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishida muhim huquqiy asas bo’ladi. Maxsus huquqiy adabiyotda huquqshunos olimlar tamonidan oilaga tariff berilgan. Inson parvar huquqiy davlatdagi oilaga quydagicha tariff berish mumkin: Oila jamiyatning tabiiy va asasiy bo’g’ini bo’lib yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlika olish yoki boshqa shakillarda bolalarda doimiy tarbiyaga oilishga kelib chiqqan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog’langan shaxslar doirasidan iborat. Milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadiriyatlar va sharqona an’analariga asaslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib uni mustahkamlashga qaratilgan fuqorolar ittifoqida iborat.
Oilaviy munosabatlar aksariyat hollarda axloqiy no’rmalar bilan tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagina aniq ijtimoyi munosabatlarni nikoh va oila qonunchilik nuqtayiy nazardan tadbiq etishdir. Oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu hususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikohdan maqsad oila qurish bo’lib, u er-hotinning butun umri davomida birga yashashga mo’ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalarning tarbiyasi va taminotiga qaratilad. Oilaviy huquqiy munosabatlar ko’pincha muddatsiz bo’ladi. Er-hotinning huquq va majburiyatlari nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda butun umr davom etadi. Ayni paytda shunday oilaviy huquqiy munosabatlar ham mavjudkiy, ular ma’lum muddat bilan cheklanadi, biroq belgilangan davirgacha albbatda davom etadi. Masalan, ota-onalarning o’z bolalarini tarbiyalash majburiyatlari farzand 18 yoshga to’lgunga qadar davom etadi.
Qonunchilik, oilaviy-huquqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarning mahsus turi deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi bilan huquqiy jihatdan tartibga solinadigan munosabatlar ikki turga bo’linadi:shaxsiy va mulkiy munosabatlar. Shaxsiy munosabatlar- qiz bilan nikohga kirayatgan familiya tanlash, turmush davrida esa kasb, mashg’ulot va turar-joy tanlash huquqlari, shuningdek, bolalarni farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalari yuzasida kelib chiqadigan munosabatlardan iborat. Bu sohada qonunlar oilaviy munosabatlarda er-hotinning huquqiy tengligi, bolalarni to’g’ri tarbiyalash, oilada to’g’ri sharoit yaratish kabilardan iborat. Mulkiy munosabatlar- er-hotinning shaxsiy va umumiy mulk huquqidan, aliment majburiyatlardan kelib chiqadigan, ota-onalari bilan bolalari shuningdek, boshqa qarindosh-urug’larning bir-biriga moddiy ta’minot berish majburiyatlaridan, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalaridan kelib chiqadigan mulkiy harakterga ega bo’lgan munosabatlardan iborat.
Oila huquqining vazifalari Oila kodeksining 1-moddasida belgilangan bo’lib bular quydagilardan iborat. Oilani yanada mustahkamlash:
Ayol bilan erkakning ixtiyoriy nikohlanib tuzgan ittifoqiga moddiy manfaatlarni ko’zlashda holi bo’lgan, oila a’zolarining hammasi bir-biri bilan do’st, inoq bo’lib, bir-birini hurmatlashga asoslangan oilaviy munosabatlar kirish:
Oilada bolalar tarbiyasini ijtimoyi tarbiya bilan uzviy ravishda qo’shib olib brogan holda ularni Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik, ruhida tarbiyalash, ularni mehnatsevar va insonparvar qilib tayyorlash:
Ona-bola manfaatlarini butun choralar bilan muhofaza qilish hamda har bir bolaning baxtiyor yoshligini ta’minlash;
Oilaviy munosabatlarda o’tmishning zararli sartiklarini va urf -odatlarini tamomila yo’qotish;
Oila oldida masuliyat hissini tarbiyalash;
Biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’ymaslik;
Oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishni hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash.
Demak, Oila kodeksi vazifalarining har biri oilaviy munosabatlarning qonun bilan tartibga solish zarur ekanligini ifodalash bilan birga oilaviy munosabatda qatnashuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda ham ahamiyatga egadir. Oilaviy munosabatlarga oid axloqiy normalar huquq normalari bilan chambarchas bog’liqdir. Oila kodeksining asosiy vazifalaridan yana biri fuqorolarning oila oldidagi burchalarini his qilish ruxida tarbiyalash. Bunday vazifaning bajarlishi er-hotin, ota-onalar bilan bolalar, shuningdek, qarindosh-urug’lar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshi va to’g’ri amalga oshirilshda katta ro’l o’ynaydi.
Oila huquqining asosiy prinsplari quydagilardan iborat:
-ixtiyorlik va tenglik;
-yakka nikohlik;
-fuqaroviy oila;
-nikohdan ixtiyoriy ajralish;
-ayol bilan erkakning teng huquqligi.
Oila huquqi fani quydagi tizimdan iborat:
-oilaviy huquq. Uning pridmeti, prinsplari va tartibi;
-“nikoh va oila” tushunchasi;
-nikohdan o’tish va ajralish shartlari;
-amaldagi haqiqiy er-hotinlik munosabatlari;
-ota-onalar ham boshqa shaxslarning aliment huquqi va majburiyatlari;
-farzandlikka olish, vasiylik va xomiylik.
Oilada bolalar tarbiyasi borasida otan-bobolarimizdan, momolarimizdan qolgan, ming yillik xayot sinovlaridan o’tgan yaxshi udum va odatlar mavjud. Hozirgi vaqtda aholi o’rtasida kishilarni oilaviy hayotga, nikohdan o’tish tayyorlash borasida tegilshli tibbiy-tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Hayotni nikoh va oilasiz tasavvur qilish mushkul. shu bois jamiyatda oila obrosini, uning nufuzini mustahkamlash lozim. Oilaning iktisodiy, ijtimoiy, demografik, psixologik va boshqa muommolarni ko’rib chiqish davr talabidir.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 1-bolimida mujasam topgan umumiy qoidalar OK ning boshqa bo’limlarida moddalarning mohiyatini va mazmunini belgilash, ularni talqin qilish va amaliyotda qo’llash, shuningdek, kelajakda oila qonuni hujjatlarini takomillashtirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qoidalar avvalgi Nikoh va oila kodeksidan ma’lum darajada farq qiladi. Ular tegishli tizimga solinib, ikkita: ‘’Asosiy qoidalar” va “Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish” kabi boblarga bo’linadi. Ushbu boblarda oilaviy munosabatlarga nisbatdan fuqorolik qonun hujatlarning qo’shimcha ravishda qo’llanishi, oila to’g’irisidagi va fuqorolik qonun hujatlarining o’xshashlik bo’yicha qo’llanishi, oilaviy munosabatlarda mahaliy urf-odat va an’analarning, halqaro shartnomalarning qo’llanishi, oilaviy huquqlarni amamlga oshirish va himoya qilish haqidagi qoidalar birinchi marta nazarda tutiladi. Avvalgi Nikoh va oila kodeksidagi satsiyalistik jamiyatda oilaning ahamiyatiga bsg’ishlangan kirish qismiga o’rniga hozirgi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy maqsadi va tamoillari OKning 1-moddasida atroflicha ifodalaniladi. Shu birga oila qonun hujatlari vositasida tartibga solinadigan munosabatlarning doirasi qator aniqliklar kiritish yo’ili bilan diyarli saqlab qolinadi.
1-modda. Oila to’g’risidagi qonun hujatlari hamda ularning vazifalari11. Oila to’g’risidagi qonun hujatlari Ushbu kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlardan iborat. Oila to’g’risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilanini mustahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat hamjihatlik, bir-birga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolaring mas’uligi hissi asosida qurishdan biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’ymaslikdan, oila a’zolari o’zi huquqlarini to’sqinsizlik amalga oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilishni taminlashdan iboratdir. 1. Sharxlanayotgan 1-moddadan uning nomidan ayon bo’lishicha, ikkita masala, yani oila to’g’risidagi qonun hujjatlariga va unlearning vazifalariga bag’ishlangan qoidalar nazarda tutilgan. Oila haqidagi qonun hujjatlari mazkur Kodeksning 5-moddasi (ushbu modda shrxlkariga qaralsin) doirasida belgilangan munosabatlarni tartibga solishga bag'ishlangan qonun hujjatlaring tizimidan iborat. Oilaviy munosabatlar ushbu tizimga kirmagan qon hujjatlari bilan ham tartibga solinishi mumkin (OK 6-9-moddalari sharxlariga qaralsin). Oila kodeksi va boshqa qonun hujjatlari, o’z navbatida O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi qoidalariga zid kelmasligi shart. Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq (birorta qonun yoki boshqa narmativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas).Oila to’g’risidagi qonun hujjatlari bn tartibga solinadigan, doirasi belgilangan munosabatlar (OK 5-moddasi ) O’zbekiston Respublikasi Prizidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi hukumati tamonidan qobul qilingan qarorlar bilan ham hal qilinishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Konsitutisuyasining 94- moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Konsitutsiyaga va qonunlarga, yani Oila kodeksiga asoslanib majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoishlar chiqaradi. O’zbekiston Respublikasi Konstutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlariga, yani Oila kodeksiga ham muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida barcha tashkilotlar,mansabdor shaxslar va fuqorolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
2.Sharxlanayotgan mazkur moddaning ikkinchi qismida Nikoh va oila kodeksidan farqli o’laroq O’zbekistonda oila munosabatlarini huquqiy tartibga solishning vazifalarini va mohiyatini,ma’nosini,shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstutsiyasining ikkinchi bo’limida inson va fuqorolarning asosiy huquqlarini,erkinliklari va burchlari to’g’risida qoidalar bilan bevosita yoki bilvosita uzviy bog’langan.Ushbu vazifalar va tamoillarning har biri oilaviy
munosabatlarning ma’lum sohasiga ta’luqli bo’lib,ommaviy munosabatlarni qunun yordamida tartibga solishning,axloq nazaridan qanchalik zarur ekanligini ko’rsatish bilan birga munosabat ishtirokchilarning muayyan huquq va majburiyatlarini belgilashda muhim ahamiyatga egadir.Huquqiy davlatda oilaviy munosabatlarga oid axloqiy normalar huquqiy normalar bilan bog’liqdir. Huquqiy normalarni muyyan munosabatlarga tadbiq qilishi,umumiy insoniy talablarini amalga oshirishni taminlasa,axloqiy normalar esa,o’z navbatida,qonunlarni buzmasdan to’g’ri amalga oshirish qonun talablariga og’ishmay roiya qilish uchun zarur hissiyotlarni tug’diradi.
Adolat va tenglik qaror topgan demokratik jamiyatni oilaviy munosabat yuksak ideallar-muhabbat,do’stlik,biridarlik,o’zaro hurmat-izzat tamoillari asosida tuzilishi muqarrar.Nikohning ozod bo’lishi,er va hotinning nikohga o’tishning erkin bo’lishi oila munosabatlarining mustahkam va abadiy bo’lishi uchun kerakdir.
Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan asosiy maqsad oilaning mustahkam bo’lishida munosabatlarni o’zaro mahabbat, ishonch,hurmat va hamjihatlik zamirida,barcha a’zolarning mas’ulliga hissi asosida qurishdan iborat.Ushbu maqsad oila kodeksining va boshqa qonun hujjatlarning asosiy g’oyasi bo’lib hisoblanadi.Ushbu g’oya Oila Kodeksining barcha istitutlari;nikoh tuzish va uni bekor qilish;er-hotinning,ota-ona va bolalarning huquq va majburiyatlariga bag’ishlangan qoidalarining hususiyatini belgilovchi mezon hisoblanadi.
3.Oila qonunlarinig muhim vazifalaridan va maqsadlaridan biri-Fuqorolarning oila oldidagi mas’ulyatlarini his qilish ruhida tarbiyalashdan iborat.Bu vazifa va maqsadini amalga oshirishda boshqa faktlar bilan birga er va hotin, ota-onalar bilan bolalar hamda boshqa qarindosh-urug’lar o’rtasidagi qonunlar bilan belgilangan majburiyatlar va ularni bekamiko’st bajarish muhim o’rin egallaydi. Bugungi kunda oilalarning mustahkamligi borasida judayam koplab chora tarbirlar amalga oshirlmoqda shunga qaramasdan yoshlarimiz orsida ajrimlar soni yildan yilga oshib bormoqda bunig asosiy sababi etib shuni aytishimiz mumkunki yoshlarda oilaga bo’lgan hurmat va izzat oilaning muqaddas maskan ekanligi haqidagi tushunchalari yoshlar ongiga singdirilmaganligi yoki bo’lmasam g’arbona qarashlarning yoshlarimiz ongiga tasiri tufayli oilaga bo’gan hurmat qadir va qadriyatlar bugungi kunda ancha unitilganligini aytishimiz mumkun. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksing qa’bul qilishni bilan oila munosabatlarining huququy tartibga solinishi O’zbekiston Respublikasining Konstitrusiyasi va boshqa qonunlari, yangi fuqorolik kodeksi bilan muvofiqlashtirildi shuningdek, Oila Kodeksi O’zbekiston Respublikasi Oily Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan BMTning “Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasi ba boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalar bilan boyitiladi.

Xulosa

Oila munosabatlari “O’zbakiston Respublikasi oila kodeksi” bilan tartibga solinadi. Bu munosabatlarni nikoh, er-hotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasidagi munosabatlardir. Oila bu ota-ona, er-hotin, farzand va qarindosh-urug’lardan tuzilgan uyushma bo’lib, oila a’zolari o’rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir. Oila bu- jamiyatning bir bo’lagi, kichik bir vatan, insoniy, muhabbat ifodasi, insonni dunyoga keltiradigan makon, ilk tarbiya o’chog’i, yurt boyligi va tayanchi, mehr-muhabbat ramzi. Bu barcha fuqorolardan o’z oilasini mustahkamlash, uning har bir a’zosini vatanparvar, davlatimiz uchun sidqidildan xizmat etuvchi, sodiq farzand qilib tarbiyalashni talab qiladi. Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan asosiy maqsad oilaning mustahkam bo’lishida munosabatlarni o’zaro mahabbat, ishonch,hurmat va hamjihatlik zamirida,barcha a’zolarning mas’ulliga hissi asosida qurishdan iborat. Darhaqiqat, globallashuv jarayonlarining jadallashuvi oilaviy qadriyatlarning himoya qilinishini ham kun tartibiga qoʼymoqda. Jamiyatda zamonaviy tendentsiyalar: iqtisodiy integratsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiy etishi va global Internet tarmogʼining keng quloch yoyishi bilan oilaviy munosabatlar madaniyatining pasayishi va anʼanaviy qadriyatlarga nisbatan oila aʼzolarida yangicha munosabatning shakllanishiga taʼsir qilmoqda. Bu esa, albatta, jamiyatimizda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish hamda yoshlar ongida oila muqaddasligi tushunchasini singdirib borishni birlamchi vazifa etib belgilamoqda.


Ming afsuski, jamiyatda oila muqaddasligi va er-xotin oʼrtasidagi iliq va samimiy munosabatlarning zarurati hamda qadriyat ekanligiga shubha tugʼduruvchi baʼzi fikr va mulohazalar hamda chaqiriqlar jaranglamoqdaki, bu borada keskin fikr-mulohazalar bildirish zarurati tugʼilmoqda. Biz tug’ulibmizki tokiy voyaga yetgunimizgacha bo’lgan vaqtda biz oilada olgan tarbiya va ko’nikmalarimiz orqali jamiyatga qo’shilamiz moslashamiz bu esa oila munosabatlarining qayda rajada zarur ekanligini ko’rsatib turibdi , lekin bugingi davirda yangi qurilayotgan oilalarda kuzatilayotgan ajrimlar soni oshib borayotganligi ayni bir haqiqat hisoblanadi . Bunga asosiy sabab qilib yoshlarimizning oila muqqadas maskan ekanligi to’g’risidagi tushunchasining pastligi va bizning milliligimizga umuman to’ri kelmaydigan g’arbona madaniyatlarni yoshlarimiz tomonidan ko’r ko’rona qabul qilinayotganligini aytishimiz mumkun.



Download 276,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish