Mundarija.
Kirish.
1. Yuzani analitik usulda hisoblash
2. Yuzani grafik usulda aniqlash
3.Yuzani mexanik usulda aniqlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish.
Oliy geodeziya fani Yerning rasmini, o‘lchamlarini va yer gravitatsion maydonini aniqlash, davlat geodezik tayanch to‘rlarini (tarmoq) barpo etish, geodinamik hodisalarni o‘rganish, hamda Yer ellipsoid yuzasida va fazoda geodezik masalalarni yechish bilan shug‘ullanadi. Oliy geodeziyaning vazifasi ikkiga bo‘linadi: – ilmiy vazifaga; – ilmiy-texnik vazifaga. Oliy geodeziya va unga turdosh fanlar (gravitatsiya, kosmik geodeziya va astronomiya)ning asosiy ilmiy vazifasi Yer figurasining (rasmining) parametrlarini (uning o‘lchamlarini), tashqi gravitatsiya maydonini va ularning davriy o‘zgarishini aniqlashdan iborat. Hozirgi vaqtda oliy geodeziyada Yer figurasi deganda, Yerning fizik yuzasi bilan chegaralangan figura tushuniladi, ya’ni uning quruqlikdagi qattiq qobig‘ining yuzasi va o‘zaro tutash dengiz va okeanlar suv sathining tinch holatdagi yuzasi bilan chegaralangan figurasi tushuniladi. Yerning gravitatsion maydoni deganda, Yerning sutkali aylanishi tufayli hosil bo‘lgan markazdan qochma va tortishish kuchlariga teng ta’sir etuvchi og‘irlik kuchlarining maydoni tushuniladi. Yerning gravitatsion maydonini va boshqa fizik maydonlarini o‘rganish aslida geofizikaning muammosi hisoblanadi. Lekin Yer figurasining parametrlari va Yer gravitatsiya maydoni, Yer sun’iy yo‘ldoshi orqali astronomo-geodezik, gravimetrik va boshqa o‘lchashlarni kompleks qayta ishlash natijasida aniqlanadi va birgalikda oliy geodeziyaning ko‘plab masalalarini yechishda foydalaniladi. Yer gravitatsiya maydonini o‘rganish geodeziyaning asosiy ilmiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Yer ostida va uning yuzasida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar ta’sirida, litosfera plitalari sekin siljiydi, yer qobig‘ida elastik kuchlanish sodir bo‘ladi, yer silkinishi yuzaga keladi, yer yuzasi sekin-asta deformatsiyalanadi, shunisi e’tiborliki, bu jarayonlar turli hududlarda turlicha bo‘ladi, Yer qutblarining holati, uning gravitatsiya maydoni, aylanishining burchak tezligi va h.k.lari o‘zgaradi. Bularning barchasi geodezik tarmoqlar punktlarining Oliy geodeziya fani Yerning rasmini, o‘lchamlarini va yer gravitatsion maydonini aniqlash, davlat geodezik tayanch to‘rlarini (tarmoq) barpo etish, geodinamik hodisalarni o‘rganish, hamda Yer ellipsoid yuzasida va fazoda geodezik masalalarni yechish bilan shug‘ullanadi. Oliy geodeziyaning vazifasi ikkiga bo‘linadi: – ilmiy vazifaga; – ilmiy-texnik vazifaga. Oliy geodeziya va unga turdosh fanlar (gravitatsiya, kosmik geodeziya va astronomiya)ning asosiy ilmiy vazifasi Yer figurasining (rasmining) parametrlarini (uning o‘lchamlarini), tashqi gravitatsiya maydonini va ularning davriy o‘zgarishini aniqlashdan iborat. Hozirgi vaqtda oliy geodeziyada Yer figurasi deganda, Yerning fizik yuzasi bilan chegaralangan figura tushuniladi, ya’ni uning quruqlikdagi qattiq qobig‘ining yuzasi va o‘zaro tutash dengiz va okeanlar suv sathining tinch holatdagi yuzasi bilan chegaralangan figurasi tushuniladi. Yerning gravitatsion maydoni deganda, Yerning sutkali aylanishi tufayli hosil bo‘lgan markazdan qochma va tortishish kuchlariga teng ta’sir etuvchi og‘irlik kuchlarining maydoni tushuniladi. Yerning gravitatsion maydonini va boshqa fizik maydonlarini o‘rganish aslida geofizikaning muammosi hisoblanadi. Lekin Yer figurasining parametrlari va Yer gravitatsiya maydoni, Yer sun’iy yo‘ldoshi orqali astronomo-geodezik, gravimetrik va boshqa o‘lchashlarni kompleks qayta ishlash natijasida aniqlanadi va birgalikda oliy geodeziyaning ko‘plab masalalarini yechishda foydalaniladi. Yer gravitatsiya maydonini o‘rganish geodeziyaning asosiy ilmiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Yer ostida va uning yuzasida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar ta’sirida, litosfera plitalari sekin siljiydi, yer qobig‘ida elastik kuchlanish sodir bo‘ladi, yer silkinishi yuzaga keladi, yer yuzasi sekin-asta deformatsiyalanadi, shunisi e’tiborliki, bu jarayonlar turli hududlarda turlicha bo‘ladi, Yer qutblarining holati, uning gravitatsiya maydoni, aylanishining burchak tezligi va h.k.lari o‘zgaradi. Bularning barchasi geodezik tarmoqlar punktlarining va joylarda mahkamlash turli tarkibdagi yuqori aniqlikdagi geodezik o‘lchash usullarini va asboblarini yaratish, o‘lchashdagi xatoliklar manbasini va ularni ta’sir etishni hisobga olish usullarini, Yer gravitatsiya maydonining bir xil emasligini va Yer yuzasining egriligini hisobga olgan holda o‘lchash natijalarini matematik qayta ishlash usullarini yaratish masalalari ko‘riladi. «Sferoidik geodeziya» Yer ellipsoidining geometriyasi, uning yuzasida va uch o‘lchamli fazoda geodezik masalalarni yechish usullarini hamda ellipsoid yuzasini sharda va tekislikda tasvirlash nazariyasini o‘rganadi. «Nazariy geodeziya» oliy geodeziyaning asosiy ilmiy muammo va masalalarini yechish nazariyasini va usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |