3.Yuzani mexanik usulda aniqlash
Yuzani bu usulda aniqlash uchun sanoq olish mexanizm (91- rasm), qutbli planimetr qo‘llaniladi (90- rasm). Qutbli planimetr asosan qutb richagi 1, o‘zgaruvchan uzunlikli aylantirish richagi 2 hamda 3 va 4 karetkalardan tashkil topgan. Qutb richagining bir oxirida ignali yukcha — qutb 9, ikkinchi oxirida richaglarni tutashtiruvchi sharnir 7 joylashgan. Qutb rejada ignani sanchish orqali mahkamlanadi. Aylantirish richagi 2 doira markazida
rasm. Qutbli planimetr ÏÏ—2K: 1 — qutb richagi; 2 — aylanma richag;
3, 4 — sanoq olish mexanizmlari; 5 — aylantirish indeksi; 6 — dasta;
7 — shtift; 8 — vint; 9 — yuk ostidagi qutb; 10 — verner; 11 — vint.
aylantirish indeksi (nuqtasi) bo‘lgan oyna 5 va dasta 6 bilan tutashtirilgan. Richag uzunligini sanash aniqligini oshiradigan verner 12 bor. Sanoq olish mexanizmi (91- rasmga q.) hisoblash g‘ildiragi 13, uning butun aylanishlar sonini sanaydigan g‘idlirak 15 dan iborat. Hisoblash g‘ildiragidan sanoq olish uchun verner
12 bor. Hisoblash g‘ildiragi aylantirish richagi o‘qiga parallel bo‘lgan o‘qda aylanadi. Aylanish uzatkich orqali siferblat 15 ga uzatiladi. Hisoblash g‘ildiragi 100, siferblat 10 qismga bo‘linadi. Verner 12 ham 10 qismga bo‘lingan bo‘lib, uning yordamida hisoblash g‘ildiragining mingdan bir ulushi — bo‘lak qiymati sanaladi.
rasm. ÏÏ—M qutbli planimetr: 1 — qutb; 2 — qutbli richag;
3 — sanoq olish mexanizmi; 4 — aylanish richagi;
5 — aylantirish indeksi; 6 — dasta.
Hisoblash mexanizmidan olinadigan sanoq har doim to‘rt ra- qamli siferblat 15, hisoblash g‘ildiragi 13 va verner 12 sanoqlaridan iborat, 91- rasmda sanoq 4565. Planimetrda yuzani aniqlash uchun qutb mahkamlanib, shaklda boshlang‘ich nuqta belgilanadi. Ay- lantirish indeksi nuqta ustiga qo‘yilib, sanoq moslamasidan u1 sanoq olinadi. Keyin aylantirish indeksi bo‘yicha soat mili yo‘nalishida boshlang‘ich nuqtaga qaytguncha yurgiziladi va
2
1
ikkinchi u2 sanoq olinadi. Sanoqlar ayirmasi u = u - u shakl
yuzasining planimetr bo‘laklarida ifodalangan qiymatiga teng
bo‘ladi. Planimetr bir bo‘lagi qiymati p ma’lum bo‘lganda shakl yuzasi quyidagi formuladan hisoblanadi:
P = up . (8.12)
Planimetr bo‘lagining nazariy qiymati
p = Rt , (8.13)
bunda R — aylantirish richagi uzunligi, verner 10 dan topiladi, t = 0,006 mm — planimetr hisoblash g‘ildiragi uzunligining ming- dan bir bo‘lagi qiymati. Planimetr bilan ishlashda reja usti tekis, silliq gorizontal stolga yoki chizma taxtasiga yotqiziladi va mahkamlanadi. Aylantirish indeksi shakl bo‘yicha yurgiziladi, bunda aylantirish va qutb richagi oralaridagi burchak 30° dan kam va 150° dan katta bo‘lmagan va hisoblash g‘ildiragi rejadan tashqariga chiqmagan holda qutb shakldan tashqariga o‘rnatiladi. Keyin boshlang‘ich nuqta tanlanadi, aylanish indeksi nuqta bilan tutashtiriladi va u1
sanoq olinadi. Shaklni aylantirish soat mili yo‘li bo‘yicha, asta
silkitmasdan bir xil tekislikda, aylantirish nuqtasining shakl chega- rasi chizig‘ida olib borilishi kerak. Aylantirish boshlang‘ich nuqta- da tugatilib, hisoblash moslamasidan ikkinchisi u2 sanoq olinadi. Natijani tekshirish maqsadida har bir shakl kamida ikki martadan aylantirilib, sanoqlar ayirmalari farqi 3 bo‘lakdan oshmasa, ular- ning o‘rtacha qiymati topiladi va yuza hisoblanadi. Planimetrda yuza o‘lchash yaxshi sharoitda bajarilsa, uning chekli nisbiy xatoligi 1/400 atrofida bo‘ladi.
Yuzalarni aniqlashda chiziqli planimetrlar, sanoq olish va yuza hisoblashning to‘la avtomatlashtirilgan «Stenli» (Angliya) pla- nimetri, sanoqlarni olish, yuzalarni hisoblash va o‘l- chashlar natijalarini chop etadigan avtomatlashtirilgan raqamli planimetr X— PLAN360d (Yaponiya) qo‘l- laniladi (93- rasm). Rasm- dagi belgilar: 1 — korpus, 2 — richag, 3 — rolik, 4 nimetri, sanoqlarni olish, yuzalarni hisoblash va o‘l- chashlar natijalarini chop etadigan avtomatlashtirilgan raqamli planimetr X— PLAN360d (Yaponiya) qo‘llaniladi. Taxeometrik syomka katta bo‘lmagan yoki chiziqli inshootlar- ning o‘qlari bo‘ylab kengligi tor maydonlarning yirik masshtabli topografik rejalarini qisqa muddatda tuzish uchun qo‘llaniladi. Taxeometrik syomkani bajarish uchun ko‘pincha teodolit va reyka qo‘llaniladi. Ko‘chiriladigan nuqtaning rejali va balandlik o‘rnini aniqlash uchun kerak bo‘lgan qiymatlar asbob trubasini nuqtaga bir qaratishda topish hisobiga tezlikka erishiladi. Bunda teodolitda ufqiy va tik burchaklar, ipli dalnomerda masofa aniqlanadi. Nisbiy balandlik trigonometrik usulida o‘lchangan masofa va qiyalik burchagi orqali hisoblanadi. Bu usulda teodolit A va B nuqtalar (94- rasm) orasidagi h nisbiy balandlikni topish uchun A nuqtaga o‘rnatiladi, uning i balandligi reykada o‘lchanadi. Truba B nuqtaga
Teodolit ish holatiga keltirilib, uning balandligi o‘lchanadi va reyka belgilanadi, limb mahkamlanadi.
Orqadagi va oldindagi nuqtalarga o‘rnatilgan reykalarga tru- ba qaratilib ipli dalnomerda masofa, ufqiy va tik doiralardan sanoqlar olinadi. Doiraning boshqa holatida ham bu ish takror- lanadi.
Alidada va limbning nolinchi shtrixlari tutashtirilib, truba oldindagi nuqtaga qaratiladi, limb bunda yo‘l tomoniga nisbatan yo‘nalishni aniqlagan bo‘ladi.
Limb qo‘zg‘almas holatida konturlar va relyefning xarakterli (reykali) nuqtalariga o‘rnatilgan reykadan dalnomerda masofa, ufqiy va tik doiralardan sanoqlar olinadi.
Syomka tugagach, oldingi nuqtadan olingan sanoq boshlan- g‘ich sanoqdan 2¢ dan ortiq farq qilmasligi tekshiriladi. O‘lchash natijalari taxeometrik syomka jurnaliga yoziladi (25- jadval). Asbob turgan syomka nuqtasi (bekat), reyka o‘rnatilgan kontur va relyef nuqtalari tartib raqamlari abrisda (97- rasm) ko‘rsatilgan. Bir xil nishablikda yotgan nuqtalar millar bilan belgilanadi, bu reja tu- zishda, gorizontallar o‘tkazishda kerak bo‘ladi.
Xulosa
Geoaxborot tizimlarning rivojlanishiga fan va texnika yutuqlar bir tomondan ikkinchi tomondan Geodeziya va kartografiya, kadastr soxalarining nazariy va amaliy izlanishlari ta`sir ko`rsatmoqda. O`zbekistonda bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlar endi boshlanib turibdi va kelgusida ular tez sur`atda rivojlanib ketadi degan umiddamiz. Bugun Geoaxborot tizimlari kuchli qurol bo`lib, ma`lumotlarga asoslanib hududiy rivojlanishni idora qilishda, tabiiy boyliklardan foydalanishda o`z ahamiyatini ko`rsatgan. Karta va atlas tuzish bilan chegaralanmasdan ular tadqiqot va idora qilishni unumdorligini oshiradi. Dasturlash sohasida yangi usullar va uslubiyotlar rivojlanib bir necha afzalliklar yaratilmoqda, ya`ni shahsiy komp’yuterdan foydalanuvchining hayotini‖ osonlashtirish maqsadida grafika interfeysi va menyularning xilma xilligi oshmoqda. Geoaxborot tizimlarda vektorli va rastrli ma`lumotlarni birgalikda qayta ishlash imkoniyatlari ko`paymoqda. Ushbu kurs ishi ya’ni geografik axborotlar tizimida mavzuli kartalar tuzishda GIS dasturlarining afzalliklarini o’rgandik. Bir so’z bilan aytganda hozirgi rivojlanayotgan hayotimizni geoaxborot tizimlarisiz tasavvur etish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |