Bog'liq Moliyaviy tahlil fanidan kurs ishi mavzu Korxonaning operatsion
3-jadval Daromadlar bo‟yicha buhgalteriya hisobining asosiy vazifalari22
№
Xo‘jalik yurituvchi subekt daromadlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari
1
Daromadlarni hisoblash tamoyiliga muvofiq ular ytuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va hisoblash
2
Daromadlarni to‘g‘ri guruhlash va tegishli schyotlarda aks ettirish
3
Daromadlarning soliqlarga munosabatini to‘g‘ri belgilash
4
Daromadlarni moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirish va boshqalar
Daromadlar xo‘jalik yurituvchi subekt moliyaviy- xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning mohiyati, tasnifi va tavsifi, tan olinadi, tan olinishi, schyotlar tizimi va ular bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari respublikamizda qabul qilingan quydagi me‘yoriy xujjatlarda atroflicha ochib berilgan:
O ‗zbekiston respublikasi ―Soliq kodekisi‖ (16-modda);
BHMS № 0-son ―Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asosi;
BHMS №2-son ―Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar‖;
―Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakillantirish to‘g‘risida‖gi Nizom.
Ushbu me‘yoriy xujjatlarga muvofiq daromad deganda, hisobotdavrida korxona aktivlarining ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishi tushuniladi. Daromad tushunchasi odatdagi faoliyatdan olingan daromad va boshqa daromadlarni o‘z ichiga oladi. Daromadflar bu- hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarning qatnashchilarning kapitalidagi omonatlaridan farq qiluvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishdir.
―Mahsulot (ish xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish natijalari hamda moliyaviy natijalarini shakillantirish to‘g‘risida Nizom‖ga muvofiqkorxonalarning operatsion faoliyatidan olingan daromadlari, o‘z navbatida quydagi ikki guruhga ajratiladi:
- Sotishdan olingan daromadlar – bularga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushumlar (aktsiz, QQS va eksport bo‘yicha bojxona bojidan tashqari) kiradi.
- Xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarishdan olinadigan daromadlar-bularga yitkazib berish xizmatlari, kansalting, auditorlik xizmatlari va boshqalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida‖gi Qonuni. (yangi taxriri) 2020 yil 13 aprel;
O‘zbekiston Respublikasining ―Investetsiya faoliyati to‘g‘risida‖ Qonun;
O‘zbekiston Respublikasining ―auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi‖ Qonun;
Aktsiyonerlik jamiyatlarida zamonaviy korparativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida‖gi 2019 yil 24 apreldagi PF-4720 sonli Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ―Davlat ulushi bo‘lgan aktsiyonerlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyati samaradorligini baxolash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida‖gi 2019 yil 28 iyul 207-son;
Aktsiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investetsiyalarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora tadbirlarto‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 dekabirdagi PQ-2454-sonli;
0-son BHMS ―moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun kontseptual asosi‖;
2-son BHMS ‖Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar‖;
5-son BHMS ―Asosiy vositalar‖;
21-son BHMS ―xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma‖ (Adliya Vazirligi tomonidan 23.10.2020 yilda 1181-son bilan ro‘yxatga olingan);
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga tizimiga o‘tishi xo‘jalik yurituvchi subektlarning buxgalteriya hisobi me‘yoriy-huquqiy asoslarini tubdan qayta qurib chiqishni hamda uni xalqaro standartlar darajasida yitkazishni taqazo qiladi. Xo‘jalik subektlarida mahsulot, ish va xizmatlar swotishdan olingan yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo‘lishi mumkin.