2.3. 1C dasturlash tilida dokumentlar hosil qilish va formalari bilan ishlash.
Д окументыmenyusi orqali yaratilgan jadvallarga tayanib ishlaydigan hujjatlarni yaratamiz. Buning uchun Документы menyusi ustida kursorning o‘ng tugmasini chertamiz. tugmasini bosamiz(3.3.1.-rasm).
2.3.1. -rasm. Yangi Документhosil qilish Quyidagi oyna hosil bo‘ladi(2.3.2.-rasm):
2.3.2 -rasm. Yaratilayotgan yangi Документ Ushbu oynaning birinchi bo‘limidan yaratilgan formaga nom beriladi. Подсистемы bo‘limi orqali dastur ishga tushganida ko‘rinadigan asosiy menyulardan biriga formani bog‘lab qo‘yamiz. Bu esa foydalanuvchi uchun ancha qulay hisoblanadi(2.3.3 -rasm).
2.3.3-rasm. Yangi Документni menyu boʻlimiga boʻgʻlash Данныеbo‘limi yordamida esa hujjatda aks etuvchi ustun va qatorlar hosil qilinadi va ularga nom beriladi. Forma yaratishda ham xuddi jadvallarni yaratishda bo‘lgani kabi Реквизиты hamda Табличные части bo‘limlari mavjuddir. Ushbu bo‘limlar orqali ham xuddi jadvallarda yaratganimiz kabi kerakli ustun va qatorlarni yaratib, nomlab qo‘yishimiz kerak bo‘ladi(3.3.4-rasm).
2.3.4-rasm. Yangi Документni ma’lumotlarini hosil qilish
2.3.5-rasm. “РестрКирим” xujjatlar registrlarga boʻgʻlash Navbatdagi foydalaniladigan menyu Движения hisoblanadi. Ushbu menyu orqali yaratilgan hujjatimizni Registrga bog‘lashimiz mumkin (agar registr yaratilgan bo‘lsa!). Bizni yaratgan dasturimizda ham registrlar mavjud bo‘lib, yaratgan hujjatimizni kerakli registrga bog‘laymiz. Bu jarayon esa quyidagi rasmda aks ettirilgan(2.3.5-rasm):
2.3.6-rasm. РеестрКирим dokumentiga forma hosil qilish 2.3.6-rasmda Формы menyusi aks ettirilgan. Ushbu menyudan foydalanib yaratilgan hujjatning ФормаДокумента si tayyorlanadi. ФормаДокумента bo‘limi hujjatni asosiy dastur ishga tushganda qanday holatda aks etishini ko‘rsatadi. Demak, ushbu bo‘lim orqali biz tayyorlanayotgan hujjatimizga kiritiladigan asosiy o‘zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Shuning uchun ФормаДокумента bo‘limiga alohida e’tibor qaratish ayni muddaodir.
Bundan tashqari dokumentlarimiz bilan chambarchas ravishda ish olib boradigan yana bir narsa sedan chiqarmagan holda, quyidagi bo‘limni ham ish jarayoni bilan tanishib o‘tishimiz joizdir. Bu bo‘lim Registrlar bo‘limi hisoblanadi.Bu bo‘lim asosan dastur ishlarini nazorat qilish uchun hizmat qiladi. Hozir biz registrlardan biri Регистрынакопления ning qanday hosil qilinishi va ishlash pirinsipilarini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun Конфигурацияmenyular bo‘limidan Регистрынакопленияustida kursorning o‘ng tugmasini bosamiz va bo‘limi ustida kursorni chertamiz. Hamda quyidagi oyna hosil bo‘ladi(2.3.7-rasm).