Mundarija: Kirish


NAFOSAT TARBIYASI VOSITALARI



Download 69,16 Kb.
bet12/18
Sana15.01.2021
Hajmi69,16 Kb.
#55610
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
B M I

NAFOSAT TARBIYASI VOSITALARI

Nafosat tarbiyasiga doir bilim va malakalar, asosan, dars

jarayonida — o‘qish, musiqa, ona tili, tabiat, tasviriy san’at, tarix,

geografiya va jismoniy tarbiya kabi darslarda beriladi.

O‘qish darslaridan nafosat tarbiyasi: ifodali o‘qish, texnika

vositalaridan foydalanish, did bilan chizilgan rasmlar va sahna

o‘yinlari orqali o‘quvchi ongiga singdirilib boriladi. Shuningdek,

turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qish, she’rlarni yodlash, jumladan,

ertak, rivoyat, hikoyatlarni o‘rganish orqali bola so‘z qudratidan

zavqlanadi, hayajonlanadi, ta’sirlanadi. O‘zini sirli voqealar ichida

yurgandek his etadi, butun vujudi quloqqa aylanadi, turli

kechinma, kayfiyat, his-tuyg‘u qalbini qamrab oladi. So‘z qudrati

uni sehrlab, butunlay o‘ziga jalb etadi, ergashtiradi.

Nafosat tarbiyasi vositalaridan eng muhimi san’atdir. San’atning

barcha tur va janrlari o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega. Yosh o‘sa

borgani sayin bolada san’atning u yoki bu turiga qiziqish o‘zgarib

turadi.

San’atning eng ta’sirchan turlaridan biri xilma xil musiqadir.

Bola hali yozish, o‘qish, chizishni bilmagan paytda ham musiqaning

sehrli to‘lqinini qabul qilishi, ulardan oziqlanishi mumkin. Musiqaning

ilk ta’siri ona allasi bilan bog‘liq. Ona allasi mayin, jozibali,

shirador, ta’sirchan bo‘lgani uchun ham bola undan orom olib

uyquga ketadi. Musiqa bolaning eshitish qobiliyatini yaxshilaydi,

uning ruhiyatiga yumshoqlik, fe’l-atvoriga muloyimlik bag‘ishlaydi.

Haqiqiy musiqa asarlari ta’sirida ulg‘aygan bola o‘rtoqlari orasida

ajralib turadi.

San’atning ikkinchi bir turi — tasviriy san’at ham nafosat

tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Rasm chizishga bo‘lgan qiziqish

aksariyat bolalarda yoshlikdanoq boshlanadi. Rasm chizishga

bo‘lgan havas bolalarda ijodkorlik qobiliyatini tarbiyalaydi,

xotirasini shakllantiradi, xayolning o‘sishiga yordam beradi.

Go‘zallik va xunuklikka bo‘lgan o‘z munosabatini bola o‘zi

chizgan rasmlari orqali ifodalashga harakat qiladi. Bola o‘zi yaxshi

ko‘radigan kishisini yoki biror narsani chiroyliroq va nafisroq

chizishga harakat qilsa, yomon ko‘rganini masxaralash shaklida

chizishga intiladi. Biz bola hayotidagi bu jarayonni puxta bilib

olib, unga yordam berishimiz lozim.

Bolalarda go‘zallik tuyg‘usining shakllanishida badiiy

adabiyot va raqs san’atining ham roli benihoya katta. Umuman,

to‘rt san’at turi — musiqa, tasviriy san’at, she’riyat va raqs

bolalarni go‘zallik dunyosiga yetaklovchi, ularda kuzatuvchanlik,

ta’sirchanlik kabi ruhiy xususiyatlarni, ijodiy xayol va

ijodkorlikni tarbiyalovchi asosiy omillar hisoblanadi va bolada

estetik didni shakllantiradi.

Tabiat hodisalari ham nafosat tarbiyasining muhim

vositalaridan biridir.

O‘quvchilarni tabiatdan bahra ola bilish, uning go‘zalligini

sevishga o‘rgatish lozim. Buning uchun tabiat bag‘riga tez-tez

sayr uyushtirish, tabiat manzaralari: quyosh, havo, bog‘, dala,

suv, daryo, tog‘, qushlar, jonivorlar, hayvonlarni kuzata bilish,

ularning ko‘rinishi, shakli, rangi, ovozini tinglash, eshitish,

mehnat obyektlarini borib ko‘rish, inson va uning turli kasblarga

oid faoliyatini o‘rganish — nafosat tarbiyasining asoslari

hisoblanadi.

O‘quvchilarni havaskorlik to‘garaklariga jalb etish, intermediyalar

ijro etish, sahnada rol bajarish, turli milliy o‘yinlar o‘ynash

— bular qalblarni go‘zallikka oshno etuvchi vositalar bo‘lib

xizmat qiladi.

Nafosat tarbiyasi jismoniy rivojlanish bilan ajralmasdir. „Sog‘

tanda — sog‘ aql“ degan hikmat bejiz aytilmagan. Biz tashqi va ichki

go‘zallikni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymasdan, ularning

uyg‘unlikda taraqqiy etishiga erishishimiz lozim. Badantarbiya va sport

bilan shug‘ullanish, bir tomondan, kishining salomatligini mustahkamlasa,

ikkinchi tomondan, tashqi qiyofasini ko‘rkam qiladi.

Hamma vaqt nafosat tarbiyasining asosida erkin fikrlash, eshitish,

ko‘rish, harakat qilish qobiliyatini tarbiyalash masalasi turadi.

Bola voqelikdagi, san’atdagi, insondagi go‘zallikni ko‘ra

olishga, his qila bilishga, musiqa asarlarini eshita olishga, go‘zallik

va xunuklik haqida erkin fikrlay olishga, o‘z fikrini aniq so‘zlashga

qobil bo‘lsa, demak, unda go‘zal tuyg‘u, estetik idrok kamol topgan

bo‘ladi.

I.2 Barkamol avlod tarbiyasida san‟atining ahamiyati

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Madaniyat vazirligi huzurida madaniyat va san’atni rivojlantirish jg’armasini tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi. Yangi jamg’arma madaniyat va san’ at sohasidagi boshqaruv tizimida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini ko’tarish maqsadida tashkil etilmoqda. U Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko’rsatayotgan byudjetdan tashqari madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi negizida yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi. Prezident qaroriga muvofiq jamg’arma Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga to’lanadigan majburiy ajratmalardan tashqari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli fondlariga majburiy to’lovlardan ozod etilgan.

Jamg’armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:



  • ,,O’zbekkonsert” davlat muassasi faoliyatini ta’minlash;

  • Moliyaviy, tashkiliy va ijoiy yo’nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va san’ at sohasini yanada rivojlantirishga ko’maklashish, shuningdek madaniyat arboblarini hamda tasviriy san’at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash;

  • Xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengytirish, madaniyat va san’at sohasida xalqaro madaniy tashkilotlar va xayriya jamg’armalari bilan hamkorlikda rivojlntirish, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, O’zbekistonda madaniyat va san’atga doir homiylikni rivojlantirishga ko’maklashish;

  • Madaniyatlaro ijodiy muloqatni yo’lga qo’yish va o’zbek san’atining jahon bdiiy va madaniy makoniga integratsiyalashuviga ko’maklashish, shuningdek, O’zbekistonning madaniy va ilmiy-texnk salohiyati hamda raqobatdoshligi bilan bogliq jihatlarni namoyish etish;

  • Adaniyat va san’at sohasida kadrlarni tayyorash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takoillashtirish, shu bilan birga Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan ta’minlash;

  • Xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda O’zbekiston muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga ko’maklashish;

  • Xalqaro stanartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mablag’ va ko’mak berish;

  • Madaniyat vazirligitizimidaagi moddiy-texnik bazasini mutahkamlash va ularni kapital hamda joriy ta’minlash;

  • Xalqaro institutlar xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlari bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashhkil etishni ta’minlash;

  • Jahondagi ilg’or tajribalarni O’zb ekistonda joriy etish bo’yicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va san’at sohasini moliyalashtirish bo’yicha rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish;

  • Aholiga pullik xizmatlar ko’rsatish hajmini va Maddaniyat vazirligi tizimidagi byudjet tshkilotlari fondiga tushumlarni ko’paytirih bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablag’larni jamg’arishni ta’minlash;

  • Ajratilayotgan maqsadli mablag’lardan to’g’ri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat o’rnatish;

  • Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat ko’rsaayotgan xodimlarni moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy hi oya qilish bo’yicha tadbirlar uchun maqsadli mablag’lar ajratish.

Mamlakatimizda istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab, yoshlar tarbiyasi, xususan sog‟lom va har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalalariga boshqa ustuvor va vazifalari qatori alohida etibor berib kelishmoqda. Yoshlarning qalbi va ongini milliy va umumbashorat qadriyatlar uyg‟unliligi ruxida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim va xunarlarni egallagan, har tomonlama aqliy ham jismoniy ham ma‟naviy jixattan barkamol qilib tarbiyalash, xal qiluvchi vazifalaridan biriga aylandi. Hayotda yoshlarning orzu intitlishlarini ro‟yobga chiqarishga ko‟maklashidigan “ Yoshlar ittifoqi “ va uning turli bo‟g‟imdagi tuzulmalari “ Sog‟lom avlod uchun “ , “ Sen yolg‟iz emassan “ , singari jamg‟armalari “ Zulfiya “ nomidagi “ Nihol ” mukofoti kabilardir. “ Kelajak ovozi “ tanlovlari o‟tgazilishi yoshlarni har tomonlama kamol toptirish ularni kelajagimizning xaqiqiy egalariga aylantirishga qaratilgan. Mamlakatimizda yosh avlodning yuksak ma‟naviy mezonlar asosida o‟sib ulg‟ayishi uchun barcha shart sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimiz hayotining qaysi sohasini olmang, ularning barchasida, yoshlarning huquq va manfaatlari alohida etiborga olayotganligini ko‟rish mumkin. Keyingi davrlarda butun dunyoda yoshlarning, musiqiy tarbiyasiga etibor kuchaygan. Buning sababi, rivojlanayotgan zamonda, musiqaning yoshlarni ma‟naviy va nafosat tarbiyasidagi o‟rni yanada kuchaygani bilan bog‟liqdir. Yoshlarni yetuk, barkamol bo‟lish, voyaga yetishishlarida musiqa san‟atini axamiyati kattadir. Nafosat tarbiyasi bilan badiiy tarbiya bir-biri bilan bog‟liq. Nafosat tarbiyasi yosh avlodni nafosat musiqasini teranlashtirib san‟atga, qo‟shiq kuylashga, musiqa tinglashga qiziqishlarini oshirib, nafosat didini yuqori ko‟tarib qalb go‟zalligi va nafosat turmush saviyasini oshiradi. Shu jixatdan oldinda, musiqa nafosat tarbiyasining samarali vositasidir va ma‟naviy dunyo qarashini shakllantiradi. Musiqa inson xissiyotlariga kuchli tasir ko‟rsatish imkoniyatiga ega bo‟lib, o‟quvchilarni nafosat olishiga olib boradi. Musiqiy –

estetik tarbiyasinin yana bir asosiy vositalaridan bir, qo‟shiqchilik san‟ati ( Vokal –xor ) hisoblanadi. Qo‟shiq kuylash, san‟ati aloxida o‟ziga xos bir turidir. Ana shu o‟ziga xoslik, qo‟shiqchilik san‟ati, insonlarni bir – biri bilan do‟stlashtiradi, vatanga sadoqat, o‟ziga hurmati poklik kabi tuyg‟ularni shakillantiradi. Qo‟shiqchilik san‟ati o‟zbek xalqining barcha qatlamlariga singib kirib, qayg‟u harakatlarga hursandchiligiga,kelajakka bo‟lgan intilishlari kabi xissiyotlariga xamrox bo‟lib kelgan. O‟zbek qo‟shiqchilik san‟ati tarixi juda ko‟xna bo‟lib u insoniyatning shakillanishi jarayoni bilan chambarchas bog‟liq. O‟zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to‟g‟risidagi qonun” va “ Kadrlar” tayyorlash milliy dasturida oila maktab va jamoatchilik oldidagi masuliyatni anglab yetadigan sog‟lom, etuk insonni tarbiyalash ishiga aloxida etibor berilgan.

Musiqa san‟ati orqali yosh avlodni sog‟lom muhitta ma‟naviy va axloqiy tomondan kamol toptirish mhim ta‟limiy tarbiyaviy axamiyatga ega. Shuning uchun xam, umumta‟lim maktablarida sog‟lom muhitni vujudga keltirishda, musiqa madaniayti darslari bilan birgalikda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni axamiyati katta. Musiqa tarbiyasi, atrofdagi go‟zal narsalarni tog‟ri idrok etishga va qadrlashga o‟rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma‟naviy dunyo qarashini boyitadi. Musiqa sog‟lom avlodni tarbiyalashga asosiy manbalardan biri deb hisoblanadi. Chunki, musiqa inson ruxiyatiga, sog‟lig‟iga, kayfiyatiga ijobiy ta‟sir etadi. Yni quvontiradi, o‟ylantiradi, ezgu shlarni qilishga ilxom beradi. Yosh avlod kamolot sari yetaklashda tarbiyaning ko‟plab omillari o‟rin tutadi. Musiqa o‟zining betakror tabiyati bilan o‟quvchilarning ma‟naviy dunyosiga katta ta‟sir etish kuchiga ega. Zero, kuy va ohang ta‟sirida o‟quvchilarda xissiyot olamining o‟sishi, idrok va tafakkurning shaklllanishi, ezgulikka intilishi, go‟zallikni sevish, tabiyatni asrash, ona Vata ravnaqi uchun xizmat qilish istagi tobora ortib boradi. Chunki musiqa madaniy xayotimizda keng o‟rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muxim axamiyat kasb etadigan san‟at turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qurollaridan biri bo‟lish atrofdagi go‟zal narsalarni to‟g‟ri idrok etishga va qadrlashga o‟rgatadi.

Buyuk sharq mutaffakkirlarining merosi, xalq musiqasini o‟rganish sohasida muhim tarixiy qiymatga ega. Sharqning ulkan qomusi aqli, jaxonda san‟at va madaniyatning eng mashxur nomoyondalari, O‟rta asr fanining turli sohalarida: falsafa, tibbiyot, badiiy adabiyot, kimyo, tabiyatshunoslik, san‟at boyicha yozgan asarlari bilan madaniyatimiz tarixida, o‟chmas iz qoldirib, uning rivojiga katta xissa qo‟shganlar. Ulug‟ olim va mutaffakkirlar o‟z ta‟limotida ish organish, uni boshqalarga o‟rgatish yo‟llari va qoidalarini, katta jiddiy e‟tibor berganlar. Ulug‟ mutaffakkirlarimiz axloq odob va ta‟lim tarbiyaga pand nasixatlari va o‟gitlari, kelgusi avlod uchun benazir. Meros bo‟lib qoldirilgan ushbu umuminsoniy va milliy qadriyatlar kelgusi avlod tarbiyasida ma‟naviy barkamollikda ixlos, iymon, vijdon, sadoqat, mexr-oqibat, kattalarga xurmat va ma‟rifatga oid qarashlar o‟z ifodasini topgan. BU davrda ilm fanning yuksak darajada rivoj topshirish” Marvod “, “ Barbod “, “Al Xorazmiy”, “ Al Nasr Farobiy” ,” Axmad Farobiy” ,Abu Ali Ibn Sino”, “Abu Rayxon Beruniy”, “ Alisher Navoiy”, “ Abduraxmon Jomiy”, Maxmud Qoshqariy”, Darvesh Ali Choniy”, kabi ulkan olimlar yetishib chiqqanlar va o‟z ijodlari bilan ular Orta Osiyo shuxratini olamgataratganlar. VII – asrda arabiston yarim orolidashakllangan islom dini VIII – asrga kelib O‟rta Osiyoda ham keng yoyildi. O‟rta Osiyo Xorazim, Sug‟d, Shuro yozuvlari o‟rniga arab tili, arab yozuvlari joriy qilina boshladi. VIII – asr oxiriga kelib O‟rta Osiyoda islom dini qaror topdi. Islom dini va uning asosiy kitobi, Quronda axloq, iymon, insonni ulug‟lash, jamiyatga xizmat qilish, oilani mustaxkamlash, ota onaga hurmat kabi masalalar ongli ravisgda aks etgandi. VIII – asr oxiri IX – asr boshida arab xalifaligini maqsadi Bog‟dodda ilm fan rivojlandi, yunon olimlaridan Platon ( Aflotun ), Arestotel ( Arastu ), Sokrot ( Sukrot ), Gippokrat ( Bukrot ), Ev-klid ( Iqlidus ), kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etildi. Xrestian va islom olimlari orasida hamkorlik ishlari amalgam oshirishdi. Xalifa Xorun ar Rashid O‟limidan so‟ng uning o‟g‟li al-Ma‟mun xalifa etib tayinlandi. Xorun ar Rashid Bog‟dodda ilmiy markaz Ma‟mun akademiyasi tashkil etilib unga barcha musilmon o‟lkalardan jumladan O‟rta osiyoning olimlari va fozillari to‟planadigan bu

markazda Movanaunaxr xurosondan kegan Al Xorazmiy, Axmad Farg‟oniy, Mirvoziy, Marvarudiy, Javxariy kabi olimlar Bog‟dod akademyiasini jaxonga mashxur qilishda juda katta faoliyat ko‟rsatdilar. BU davrda, O‟rta Osiyo jaxon ilmining fani, kishilik jamiyatini taraqqiy etishga shuningdek islom dini, axloqiy- huquqiy tarbiyadagi mavqeyda katta xissa qo‟shdi. Bu davrda VIII-IX mutafakkir shoir, va dinshunoslarning asarlarida ta‟lim tarbiya va axloq- odobga oid pedagogic fikrlar ijtimoiy taraqqiyot uchun muxim bo‟lgan insonparvarlik, bilimga e‟tiqod, xalq manfaatini ximoya qilish , manaviyatni ulug‟lash, komil insonni tarbiyalash singari masalalar yoritiladi. Bog‟dodda tashkil etilgan,Baid ul xikma – akademiyaning eng nufuzli raxbarlaridan Muxammad Ibn Muso, Al Xorazmiy , Al JAlb va Al Muxobilaastranomiya jadvali “ Xind xisoboti xaqida risola “< musiqa haqida risola , quyosh soxta to‟g‟risida risola kabi asarlar aratilib tunyoga mashxur bo‟ldi. “Algebra “ so‟zi altabrdan ,algaritm esa Al Xorazmiy so‟zining lotincha talaffuzidan vujudga kelgan bo‟lib, Matematikaning mazmuni O‟rta Osiyolik olim Al Xorazmiy tomonidan asoslab berildi. Xorazmiyni safdoshi, Axmad Farg‟oniy astranomiya fani ravnaqiga ulkan xissa qo‟shdi. Astranomiya fani ilmlarini osmon jismlari sferalari Farg‟oniy jadvallari kitoblarini yozdi. U o‟z asarlarida qadimiy Misr, Eron, Sopiya, Yunon va Isroil davlatlarida taqvim tuzish geografiya , astranomiya ilmlari majmuasini yaratdi. Imom Al Buxoriy IX – asrda islom olamida mashxur xadis shunos bo‟lib tanildi. Uning “ saxiq Al Buxoriy “ asarida jaxonga mashxur va malumdir. U islomshunoslikning eng yirik ustunlarining biri sifatida, o‟z ijodida darsning tarbiyaviy tomonlarini rivojlantirishda va shu ilm fanni qay darajada rivoj topganini Muxammad Ibn Muso Al Xorazmiy, Al Buxoriy, Abu Nasr Al Faroviy, Axmad Farg‟oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy va boshqa mutafakkir olimlarning qo‟shgan xissalari katta bo‟ldi. Orta Osiyo xalqlari qo‟shiq madaniyatini vujudga kelishi sharq olimlarining nazariy qarashlari, musiqa san‟ati asosida shakllangan bo‟lib, ular o‟z risolasida musiqaning jamiyatta tutgan o‟rni haqida ma‟lumotlar berganlar. Abu Nasr Al Farobiyning “ Katta Musiqa “ kitobi , ( kitob al-musiqa al kabr) Ibn Sinoning “ Davolash kitobi “ ,( kitob bul shifo ) qomusidagi “ Musiqa” haqida risola Al

Xorazmiyning “ Oliy janoblik “ haqida ( kitob )yoki “ Sharafiya kitobi “ , Abduraxmon jomiy bilan islom tarixida bitmas tuganmas iz qoldirdi. Abu Rayxon Beruniy IX – asrda O‟rta Osiyoda mashxur qomusiy olim sifatida tarix astranomiya , matematika, musiqa, geografiya kabi fanlarga oid 150 ga yaqin asarlar yaratdi. Abu Ali Ibn Sino yaratgan asarlarning soni 400 dan ortiq bo‟lib, u ilmining turli soxalari – falsafa tibbiyot mantiq, adabiyotshunoslik, axloqshunoslik va musiqaga oid asarlardir. Uning “ kitob ash – shifo “, “ Kitob an insof “ , “ Donishnola” kabi asarlari inson ruhiyatini , be‟mor davolashdagi musiqaning yordami, musiqa va madaniyat ilmini kelgusida rivojlanishi yo‟llarini ochib berdi. IX – asrda musilmon Sharqida maxalliy tillar , fors va turkey tillar saqlangan holda arab tili din va ilim fan tili bo‟lib qoldi. Turli xalqlar madaniyati va san‟atini boyligiga tasirini o‟tgazdi. XII – asrda, O‟rta Osiyodas hunarmandchilik , o‟ymakorlik san‟ati, binokorlik, musiqa va madaniyat keng rivojlandi, Samarqand, Buxoro, Termiz , Xorazm, Marv , Uzgan shaxarlarida saroylar , masjid, madrasa, registonlar , sardoba, kabi binolar qurildi. Bular o‟zbek halqinng ko‟xna yodgorliklari sifatida dunyo xalqlarini etiborini o‟ziga jalb qilmoqda, bu davrda musiqa san‟ati ham yuksaldi. Abduxofiz Sug‟diy nay cholg‟u asbobiga monand , “ Shoxrud “ asbobini yasadi va unda ham kuylari asosida “ Rost “ ,” Xusravoniy” , “ Boda” , BAsta” va boshqa kuylar ijod qilindi . Bu kuylar hanuzgacha o‟zbek tojik xalqlari orasida zavq- shavq bilan ijro etib kelinmoqda. Bu davrda musiqa san‟atining “ Musiqa haqida risola “ kitoblarida , musiqa ijrochiligi va xalq cholg‟ulari haqida muhim ma‟lumotlar bayonetilgan. Sayfiddin Urmoviy istedodi bilan ud cholg‟usi hamda, mashxur sozanda sifatida tanilgan. U Azarbayjonning Uriya shaxrida tug‟ilgan. Sayfiddin Urmoviyning eng katta yutuqlaridan Lad ( modus ) larini mukammal sistemasini ishlab chiqqanligidandir. Ibn Zaylining “ Musiqa haqida to‟liq kitobi “ uning musiqa ilmidan yagona va bebaho kitobidir. U yangi usulni – musiqada harflar ifodalash usulini ishlab chiqdi. Abduqodir Marg‟uloniy, Abduqodir Ibn musiqada harflar bilan ifodalash usulini ishlab chiqdi. Abduqodir Marg‟uloniy, Abduqodir Ibn G‟olbni ( marg‟oniy) Azerbayjanning Marog‟ shaxrida tug‟ilgan, u kamonchali asboblarini yeti torli g‟ijjak kabi musiqa

cholg‟ularini borligi haqida malumotlar berdi. Al- Xusayinnig musiqiy kalomlarida O‟rta Osiyoda keng tarqalgan ikki torli cholg‟u- dutor haqida malumotlar berdi. Qudbiddin ash – Sheroziy e‟ronlik musiqa nazariyoti sifatida tanilgan bo‟lib, o‟z risolasida kamonchali tambur haqida iboratli muloxazalar bildirdi va inson ovozini musiqa asboblari ichida eng yoqimlisi deb hisoblagan. XVII – asrda Darvon Ali Changiy o‟z risolalarida chang , tambur, qonun, barbod, ud, rud, rubob, qobus, g‟ijjak, ruxavza, kungura kabi musiqa cholg‟ulari xaqida risollar yaratti. Buyuk sharq mutaffakkirlari musiqa talimotini rivojlantirishgan qo‟shgan xissalari tarixiy qimmatga ega bo‟lib O‟rta Osiyoda musiqa, san‟at, ma‟daniyat, ta‟lim- tarbiya sohalarini, shakllanishiga salmohli xissa qo’shdi.

II Bob. Qo‟shiq kuylash jarayonida o‟quvchilarda nafosat tarbiyasini shakillantirishning metodologik asoslari

II.1 Bolalar ovozini tuzilish va o‟ziga xos hususiyatlari.

Vokal – xor madaniyatini rivojlantirishida bolalarni ovozini tarbiyalash va asrash masalasi juda katta axamiyatga ega. Xor bo‟lib qo‟shiq kuylash jarayoni, o‟quvchilarning diqqat – e‟tiborini kuchaytiradi, xotirasi, musiqiy o‟quvi nutqini rivojlantiradi, ovoz diapozonini kengaytiradi. Qo‟shiq kuylash yordamida o‟quvchilar , qo‟shiqni so‟z ma‟nosini va musiqa ohangini chuqur idrok etadilar va asar mazmuni orqali hayotni , go‟zalikni idrok etishni o‟rganadilar. Qo‟shiq kuylash faoliyatlarida o‟quvchilarning diqqat – e‟tibori, ongini va faolligi oshadi, zavqlanish hissi oshadi, ijodiy ijrochilik xamkorligi oshadi, nafosat tarbiyasi shakllanadiva do‟stona jamoaga aylanadi. Chunki vakal – xor ishlari vositasi bilangina yoqimli va ohangli, sof jarangdorligiga erishish mumkin. Insonning ovoz apparati o‟ziga xos murakkab “ musiqa asbobi bo‟lib , u o‟zining rang barang tembr boyligi, nihoyatda nozik bo‟lib barcha muziqa cholg‟u asboblarida ustun turadi. Chunki inson ovozi, kuy va so‟zni orgonik payvantlash natijasida, musiqiy nutqning aslma‟nosini ochib beradi. Bu borada inson ovoziga teng keladigan birorta xam musiqa cholg‟u asbobi yo‟q. Shuning uchun xam inson ovozi “ gapiruvchi musiqa asbobi deb ham yuritiladi. Qo‟shiq aytganda bola organizmining deyarli xamma a‟zolari, ayniqsa tovush xosil qiluvchi, nafas o‟rganlari va nerv to‟qimalari faol ishtirok etadi. Buning uchun bolalar ovozini parvarish qilish va ovoz hosil qiladigan, ovoz apparatini extiyot qilish haqida suhbatlashish mumkin. Qo‟shiq kuylash jarayonida o‟quvchilarni ovozlarini asrash jarayonida, baqirib so‟zlashmaslik, kuchanib kuylamaslik, sovuq ichimliklar ichmaslik, nafas burun bilan olib og‟iz bilan chiqarish, nafasni rejalab ishlatish, musiqani atrofidagi kuylovchilarni ovozini diqqat bilan eshitish qo‟shilib kuylash, bunday qoidalarga rioya qilmasa ovoz pardalari ishkastlanadi. Ovoz apparati : kekirdak, xiqildoq, xalqum, nafas ravog‟i, ovoz pardalari, rezanatorlar, har xil mushaklardan va eshituv o‟rganlardan iborat. Ovoz yumshoq ochiq va jarangdor

bo‟lsa,bu ovoz tempi yaxshi xisoblanadi. “Ovoz tempi “ – tovushning sifatidir. “ Bolalar ovozi “ diskant va alt ovoz partiyalariga bo‟linadi. “ Diskant “ ( soprano ) bolalarning yuqori ovozi bo‟lib, u ovoz jarangdor bo‟lib, uning kengligi “ Do , - Fa, - Sol “ aktavalari orasida bo‟ladi. “ Diskant “ yengil, o‟zgaruvchan, nozik, yumshoq, jarangdorlik yangraydi. “ Alt “ – bolalarning pastki ovozi. U kuchli bir muncha yo‟g‟on , jarangdor templi bo‟lish bilan extiyotkorlikni talab etadi. Ovoz diapozoni Si – Re – Oktavaga bo‟ladi. OVoz apparatlari yil sayin rivojlanib, sayqallanib boradi. Qo‟shiq kuylash nafosat tarbiyasini bitmas tugalmas ma‟nbai.

Xor jamoasini asosini undagi vakal xor ishlari tashkil qiladi. Xorda olib boriladigan vakal – xor ishlarini maqsadi, bolalarni to‟g‟ri kuylashiga o‟rgatish. Xor jamoasi yaxshi vakal – xor texnikasiga ega bo‟lmasa, u xorning ijrosida, na uyg‟unlik, na tilga so‟z , na aniq talaffuz va badii ifoda bo‟ladi. Shuning uchun ham xorda xar doim vakal – xor tarbiyasi ustida ish olib borishi, xorning ifodali ekanligiga erishmog‟I lozim. Buning uchun vokal – xor malakalari asta sekin o‟quvchilarga singdirmoq zarur. Vakal – xor malakalari quyidagilardan iborat.

Qo‟shiq kuylash holati: turib kuylaganda gavdani va boshni erkin tutish, oyoqlarini yerga bir hil kush bilan bosish, ko‟krek qafasi, kaftlarni to‟g‟ri tutish, qo‟llar pastga tushirilgan bo‟lishi kerak. O‟tirib kuylaganda bosh va gavda tog‟ri, erkin tutilishi, oyoqlarni yerga qilib bosish, qo‟llar tizzalarga erkin qoyish lozim. Xor raxbari xordagi bolalarni to‟g‟ri kuylashga, o‟tirish holati mashg‟ulot davomida doimiy nazorat qilishi lozim.

Nafas: Nafas olishda kaftlar, ko‟krek qafasi ko‟tarilmaslik kerak. Nafasni tejab sarflash maxoratiga ega bo‟lish lozim. Nafas og‟izdan va burundan bir vaqtda olib va tejab, jumlani ohirigacha sarflanadi. Nafas asarning tempiga, jumlalarning

katta - kichikligiga qarab, bir maromda tez , aniq, yengil, tekis, chuqur olinadi. Qo‟shiq aytganda haddan tashqari, so‟z o‟rtasida, ohirida nafas olish mumkin emas. Bu ovozni shovqinli bo‟lishiga olib keladi. Xor raxbari o‟quvchilarni o‟zining dirijorlik harakatini kuzati, to‟g‟ri nafas olishiga,kerakli joyda chozishga,kerakli joyda tugatisga, asta sekin shakillantirib borishi kerak.

Tovush xosil qilish. Tovush ovoz apparatini maxsulidir. Qo‟shiq kuylashda tovush ovoz pardalarini tebratish hamd arezanatorlar tovushni kuchlantirish natijasida paydo bo‟ladi. Rezonatorlar ikki hil bo‟ladi, yuqori va pastki, yuqori bosh rezonatorlar, xiqildoq, burun, og‟iz bo‟shlig‟I kiradi. Pastki ko‟krek rezonatori, ko‟krek nafasi ( traxeya, bronxlar ) kiradi. Xor raxbari “ Ovoz hosil

qilish “ va “ ovozni yo‟lga qo‟yish”. Chunki xar hil uslublarda foydalanish lozim. Maqsad unlilarni talaffuz etganda og‟iz yarim yopiq xolda tovush yig‟ib chiroyli shaklda chiqaradi, unli tovushlarni yarmi “ O “ yaqinlashtirish, ularni tovushlari jarandor qilib kuylash , burun, og‟iz bo‟shlig‟i va lablar xolati aloxida axamiyatga ega.

Talkaffuz:Aniq talaffuzga ega bo‟lish xor ijrochiligini zarur vazifalaridan biri xisoblanadi. Talaffuzga bog‟liq ovoz pardalari, til, lablar, tanglay, jag‟lar, tishlar ortikulatsiya apparatini tashkil qiladi. To‟g‟ri talaffuz qilishda undosh va unli tovushlarni\munosabati katta axamiyatga ega. Shuningdek o‟qituvchi mashg‟uloti jarayonida to‟g‟ri talaffuzga aniq ko‟rsatib o‟quvchilarni nazorat qilib turishi kerak.

Soz va ansanbl: Xor so‟zi – toza intonatsiyaga bog‟liq. “ Intonatsiya “ va “ So‟z “ bir biri bilan uzviy bog‟langan bo‟ladi. Intonatsiya – tovush balandligini ovozda aniq talaffuz qilishi ma‟nosini anglatadi. Sof intonatsiya ( sozga ) erishish uchun tovush ovoz bilan aniq talaffuz qilish uchun nafasni aniq qilish, uni o‟z vaqtida ushlab, keyin ovoz chiqarish, tovush va eshitish qobiliyatini to‟g‟ri uyg‟unlash muxim. Soz ustida ishlaganda o‟quvchilarning labni sezish qobiliyati har hil o‟sib boradi, har tomonlama foydali, samara berish jarayondir. Kuylash malakalarini shakllanishi jarayoni bolalarni har birini o‟z hususiyati va musiqiy qatiyatiga bog‟liq. Chunki o‟quvchilarda kuylash malakalari bir hil kelmaydi. Shunday ekan, darsning barcha faoliyat turlari o‟quvchilarni kuylash malakalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‟lishi kerak.

Masalan:

1) Turli ovoz sozlash uchun mashqlarni kuylash orqali, qo‟shiq kuylash malakasini o‟stirish.

2) Musiqaga, ritimga jo‟r bo‟lish orqali musiqiy o‟quv qobiliyatini o‟stirish.

3) Musiqagamos xarakatlar bajarish orqali ijrochilik malakalarini o‟stirish.

4) O‟quvchilar yoshiga mostinglashi uchun oddiy asarlar orqali musiqani idrok etish malakalarini o‟stiradi.

II.2 Qo’shiq kuylash orqali nafosatni shakllantirish metodlari .

Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti rahnamoligida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini

hayotimizning barcha jabhalari, jumladan, ta‘lim jarayoniga keng tatbiq etishga katta e‘tibor

qaratilmoqda. Bu 2012 yil 21 martda qabul qilingan ―Zamonaviy axborot-kommunikasiya

texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari‖ga oid qaror va

―Axborotlashtirish to‘g‘risida‖gi qonunda, belgilangan asosiy vazifalardan biridir. Zero, zamonaviy

axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmunmohiyatini

takomillashtirish, ta‘limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta‘lim muassasalarida

ta‘lim samaradorligini oshirish maqsadida ta‘lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot

texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shu

sababli, bugungi kunda institutda faoliyat yuritayotgan ―Informatika‖ fani o‘qituvchilari oldida quyidagi

muhim vazifalar turadi:

 talabalarning mustaqil bilim olish, o‘rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda

fanning o‘rni va ahamiyatini oshirish;

 mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o‘tkazish;

 talabalarning faolligini oshirish, o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metod va

shakllarni qo‘llash;

 ta‘lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.

Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalardan ko‘rinib turibdiki, institute talabalarini mustaqil bilim olishiga

yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish

lozim. O‘quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikasiya vositalaridan foydalangan

holda ta‘lim jarayonini tashkil qilish ta‘lim samaradorligigi ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Shunday ekan, ―Informatika‖ fanini o‘qitish samaradorligini oshirish o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil

etish hamda o‘tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o‘qitish mazmuniga

mos dasturiy ta‘minotini ishlab chiqish, ularni o‘quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan

hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e‘tiborga olgan holda ―Informatika‖ fanini o‘qitishda o‘yinli

texnologiyalardan foydalanish holatini o‘rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini,

mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur.




Download 69,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish