Foydali qazilma boyliklariga xo’jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so’ng ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o’rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig’indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo’linadi:
ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);
qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to’plash yoki tushirish ishlari).
O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli sur’atda faxrlanadai – bu yerda mashg’ur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali fazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. SHundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb qilingan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.
I. TOG’ JINSLARINI QAZIB OLISHGA TAYYORLASH.
1.1Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash usulini tanlash.
Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash jarayoni qazib olishning samaradorligini ta’minlash maqsadida, tog’ jinsining tabiiy holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan jarayonni o’z ichiga oladi.
Tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlashda pog’onadagi qattiq tog’ jinslari portlatish yordamida parchalanadi va o’rtacha qattiqlikdagi tog’ jinslari esa mexanik usul bilan parchalanadi.
Mexanik usul bilan maydalash portlatish usuli bilan maydalashga qaraganda ancha foydalidir, chunki unumdorligi yuqori, tannarxi kichik va ishdagi xavfsizligi yuqoridir. Mexanik usul bilan maydalashni mustahkamlik koeffitsiyenti f=6 gacha bo’lgan tog’ jinslariga qo’llash mumkin.
Portlatib yumshatish usuli mustahkamlik koeffitsiyenti f=6 dan yuqori bo’lgan tog’ jinslariga qo’llaniladi. Ochiq kon ishlari amaliyotida tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlashda portlatib maydalash usuli keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |