Mundarija: Kirish Tijorat banklardagi turli operatsiyalar klassifikatsiyasi va tarkibi


Respublikada lizing operatsiyalarni rivojlanish yo`llari



Download 30,33 Kb.
bet5/7
Sana22.12.2022
Hajmi30,33 Kb.
#894004
1   2   3   4   5   6   7
4. Respublikada lizing operatsiyalarni rivojlanish yo`llari.
O`zbekiston Respublikasida xo’jalik korxonalari sezilarli qismining moliyaviy holatining beqarorligini, investitsion xarajatlarni moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatlarining jiddiy tarzda cheklanganligini hisobga olib, ularning faoliyatini lizing asosida moliyalashtirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Moliyaviy lizing - o’z mohiyatiga ko’ra lizing ob’ektining barcha qiymatini to’lashni taqozo etadi. Bunda lizing asosida egalik qilish hamda foydalanish maqsadida ijaraga berilayotgan mulkning muddati to’liq amortizatsiya muddatiga yaqinlashadi. Lizing shartnomasi amal qilayotgan muddat mobaynida lizing beruvchi tashkilot lizing to’lovlari vositasida mulkning barcha qiymatini o’ziga qaytaribgina qolmay, balki bundan foyda ham oladi. “Bundan tashqari banklar faoliyatida lizing operatsiyalari rivojlanmoqda. Banklarda lizing xizmatlarini joriy etilishi mijozlarga yaratilayotgan qulayliklardan biridir”2,-deb iqtisodchi olim B. Dilek ham o’z fikrlarini bildirgan. Lizing operatsiyasi yordamida lizing oluvchi sub’ektlar uchun:
- eskirayotgan texnika, uskuna va jihozlarni eng zamonaviylari bilan almashtirish imkoniyatlari tug’iladi;
- bir vaqtning o’zida ham zamonaviy texnologiya sotib olinadi, ham ishlab chiqarish ko’lami kengayadi;
- sotib olinayotgan uskunaning umumiy qiymatini bir paytning o’zida to’lash muammosidan ozod bo’ladi;
- zamonaviy texnologiyani ishlatishdan hosil bo’ladigan foydaning kelishi tezlashadi;
- foyda solig’iga tortiladigan soliq bazasini lizing to’lovlari summasi darajasida kamaytiradi.
Lizing beruvchi uchun esa:
- ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kengaytirish hamda eski mijozlar bilan o’rnatilgan amaliy aloqalarni uzmaslik;
- yangi mijozlarni jalb etish;
- o’z mablag’laridan samarali foydalanish, shuningdek, qo’shimcha daromad olish;
- mijozning to’lovga noqobilligi oqibatida kelib chiqadigan zararlar xavfini kamaytiradi.
Agrar islohotlarda, bizning fikrimizcha, qisqa muddatli, ya’ni operativ lizing juda ham qulay bo’lib, ko’p jihatdan o’z afzalliklari bilan ajralib turadi. Uning afzalliklarini biz quyidagilarda ko’rishimiz mumkin:
-Birinchidan, lizing shartnomasi qisqa muddatga tuzilishi va u muddat tugagach, mulkni (uskunalarni) ijaraga beruvchiga qaytarish imkoniyati qisqa vaqt ichida yo’nalishi tufayli moliyaviy qarorlar bo’yicha hisob-kitoblar aniq bo’ladi va istiqbol natijalariga mos tushadi. Bu natijada operativ lizing juda ham qulaydir.
-Ikkinchidan, kichik va xususiy tadbirkorlar bozor talabidan kelib chiqib o’z faoliyatini tezkor o’zgarish imkoniyatiga ega.
-Uchinchidan, kerak bo’lgan uskunani qisqa muddatga sotib olishdan ko’ra uni ijaraga olib ishlatish, ijaraga oluvchining fan va texnika yutuqlaridan o’z vaqtida foydalanish imkonini berishi mumkin.
-To’rtinchidan, lizing shartnomasi bilan bog’liq bo’lgan risklar nisbatan boshqa risklardan kamroq bo’lishi mumkin.
Beshinchidan, rivojlanib borayotgan va o’zgaruvchan iqtisodiyotda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uni moliyalashtirish manbai sifatida xizmat qiladi.
-Oltinchidan, ma’naviy jihatdan tez eskiruvchan va qadrsizlanuvchi uskunalar bo’yicha qisqa muddatli lizing shartnomalari muddatdan ilgari ma’naviy eskirish risklari, foydalanuvchi o’rniga, ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatish imkoniyatini beradi.
-Ettinchidan, lizing shartnomasida rad etish imkoniyatini beruvchi muddatli lizing shartnomasi uni rad etish auktsionini to’lashni talab qilgan taqdirda ham, ijaradan voz kechish imkoniyatini beruvchi mazkur shartnoma aslida adolatli bahoga ega bo’ladi.
-Sakkizinchidan, to’la xizmat ko’rsatish lizing shartnomasi bo’yicha ijaraga oluvchi uskunalar bo’yicha zarur bo’lgan barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini qo’lga kiritish mumkin.
-To’qqizinchidan, lizing kichik kompaniya va xususiy korxonalar uchun nisbatan arzon pul mablag’lari manbalari bo’lib xizmat qildilar.
-O’ninchidan, aktsiya yoki obligatsiyalarni muomalaga chiqarish evaziga mablag’ jalb qilishga nisbatan, lizing pats xarajatlar bilan bosqichma-bosqich uzoq muddatli moliyalashtirishni ta’minlaydi.
Shu bilan kompaniya qishloq xo’jalik korxonalarini traktor, kombaynlar bilan ta’minlashga o’z hissasini qo’shmoqda. Lekin bu yo’nalishdagi ta’minot tadbirkorlarning asosiy vositalarga bo’lgan talabini to’liq qondira olmaydi. Shunday ekan, lizing operatsiyalarini amalga oshirilgan tashkilotlarni va ularning ish faoliyatini kengaytirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ularni ijobiy hal etishda tijorat banklarining ham hissalari bo’lishi zarur. Buning uchun ular mulkchilikning nodavlat shakliga asoslangan maxsus lizing firmalari tashkil etish ishlarini rivojlantirishlari maqsadga muvofiqdir.
Operativ lizing yordamida tadbirkorlar traktorlar, mashinalar, kombaynlar va boshqa texnikalarni ijaraga beruvchi zavodlardan ularning eskirish muddatidan qisqa bo’lgan muddatga, ya’ni bir ishlab chiqarish jarayoniga yoki 2-5 yil muddatga ijara olishlari mumkin. Shu munosabat bo’yicha tomonlar lizing shartnomasini tuzishlari lozim. Shartnoma muddati tugashi bilan ijara haqi to’lovlari ham to’xtatilib, mashina, traktor va kombaynlar ijaraga bergan korxonalarga qaytarilishi, ayrim hollarda esa avvalgi ijara shartnomasi davom ettirilishi yoki ijarachilar ijaraga beruvchilar bilan kelishilgan holda texnika vositalarini belgilangan baholarda sotib olishlari mumkin.


Download 30,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish