Yong‘in xavfsizligi qoidalari
Sanoat korxonalari binolarini yong`indan muhofaza qilish uchun ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar GOST 12,4009-75 asosida aniqlanadi. Har qanday yong‘inni o‘chirishda yong‘inning kuchayishiga olib kelayotgan omillarni va sharoitni aniqlash muhimdir. Bunda yong‘inning davom etishini to‘xtatuvchi sharoit yaratish katta rol o‘ynaydi. Yong`inni o‘chirish paytida qattiq jismlar yonganda yong‘inning tezligi 4 m/min, suyuqliklar yuzasi bo‘yicha esa 30 m/min bo`lishini hisobga olish kerak.
2.1. Avtomat telefon stansiyasi
Avtomat telefon stansiyasi (ATS) – telefon abonentlari o‘rtasida telefon aloqasi o‘rnatishga imkon beradigan mexanizm va asboblar majmui.
Elektromexanik elektron va mexanik-elektron xillarga bo‘linadi. Shahar telefon tarmoqlari, asosan, elektro-mexanik ATSlar yordamida quriladi. ATSning hajmi (unga ulangan telefon liniyalari soni) o‘ndan bir necha minggacha raqamli bo‘lishi mumkin. 1000000 raqamli ATSga ulangan abonentlar 100 ta kichik va 10 ta katta guruhga bo‘linadi. Har bir abonent liniyasiga 1000 dan 999 gacha raqam beriladi. Chaqirayotgan abonent o‘z telefon apparatining raqam tergichi yordamida chaqirilayotgan abonent telefon raqamini terib, ATS asboblarining ishini boshqaradi. Raqam tergichdan chiqayotgan tok impulslari ATSga uzatiladi va ularning ta’sirida stansiya asboblari murakkab ish jarayoniga o‘tadi, chaqirilayotgan raqamli apparatga ulangan aloqa liniyasini topib, bu apparat bo‘sh yoki band ekanligini aniqlaydi, agar kerakli apparat bo‘sh bo‘lsa, stansiya asboblari unga chaqirish signallarini yuboradi, agar band bo‘lsa, bu haqida chaqirayotgan abonentga tegishli signallar orqali xabar beradi, so‘zlashuv tugagach, stansiya asboblari abonentlar liniyalarini yana uzadi. Chaqirilayotgan abonent liniyasini topish uchun qidirgichlar deb ataladigan asboblardan foydalaniladi.
Katta sig‘imli (ko‘p raqamli) ATSda ulash jarayoni murakkabroq, unda bitta emas, ketma-ket ulangan bir nechta qidirgich qatnashadi. Agar ATSga 100 dan 1000 gacha abonentlar ulangan bo‘lsa, ular uch qiymatli raqamga ega bo‘ladi. Birinchi raqam terilganda birinchi qidirgich ko‘tarila boshlaydi (uning kontaktlariga abonentlar liniyalari o‘rniga boshqa qidirgichlar ulangan bo‘ladi, bu qidirgichlarning kontaktlariga esa tegishli yuzliklardagi abonentlarning liniyalari ulanadi).
Birinchi raqam terilib, raqam tergich diski dastlabki vaziyatiga qaytgach, birinchi qidirgich 125 cho‘tkalarining ikkinchi harakati boshlanadi. Cho‘tka to bo‘sh yuzliklar qidirgichi liniyasida to‘xtagunga qadar avtomatik tarzda harakatlanaveradi. Ikkinchi va uchinchi raqamlar terilganda ikkinchi qidirgich cho‘tkalari chaqirilayotgan abonent liniyasini topadi. Ma’lum abonentlar guruhi qidirgichini topish uchun xizmat qiladigan qidirgich guruh qidirgichi deb ataladi. Masalan, 10000 abonentli ATSga ikkita guruh qidirgichi ketma-ket ulanishi kerak. Ulardan biri birinchi raqamni terganda, ikkinchisi esa ikkinchi raqamni terganda ishlaydi. Guruh qidirgichlari sonini oshirgan sari istagancha ko‘p abonentlar orasida aloqa o‘rnatishga imkon tug‘ilaveradi. Hozirgi vaqtda ancha takomillashgan – koordinatali ATS keng tarqalgan. Ularda qidirgich vazifasini koordinatali ulagich bajaradi.
Bunday qidirgichning asosi koordinatalar to‘ri bo‘lib, u bir necha tik (vertikal) va yotiq (gorizontal) yo‘llar (koordinatalar)dan iborat. Bu yo‘llar elektr magnit ta’sirida o‘z o‘qi atrofida ma’lum burchakka burila oladi. Yo‘llar tutashgan nuqtalarda kontakt guruhlari joylashgan yo‘llar burilgan paytda kontaktlar tutashib, abonentlar liniyalarini ulaydi. Mikroelektronika rivojlanishi munosabati bilan kvazielektron ATSlar ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda. Bunday ATS larda abonentlar liniyalarini ulash ishlarini maxsus elektron hisoblash mashinalari boshqaradi. Bunday stansiyalarda mikroelektronika elementlaridan keng foydalaniladi. Bu esa stansiyani yig‘ishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, stansiya egallaydigan joyni ancha tejaydi va uning puxta ishlashini ta’minlaydi. Ammo bunday stansiyalarda chaqiradigan va chaqiriladigan abonentlar liniyalari kontakt plastinalar yordamida ulanadi. Shu bois ATS tamomila elektron ATS emas, balki kvazielektron ATS deb yuritiladi. Bu kontakt plastinalar inert gaz to‘ldirib kavsharlangan mitti shisha kolbaga joylashtirilgan; plastinalar kolbaga mahkamlangan elektr magnit chulg‘ami hosil qiladigan magnit maydon ta’sirida tutashadi. Bunday qurilmalar gerkon (germetiklangan kontaktlar) deb ataladi. Ular mikroelektronika elementlari kabi tez ishga tushadi. Hozir to‘liq elektron ATS ham ishlab chiqilmoqda va amalda joriy qilinmoqda. Ularda ulashlarni boshqarish ham, ulashlarning o‘zi ham elektron tarzda yuz beradi.Shahar ATS va shaharlararo avtomatik telefon stansiyalari (SHATS) mavjud. SHATSning qidirgichlaridagi kontakt maydoniga abonentlar liniyalari emas, turli shaharlarni bir-biriga ulovchi ko‘p kanalli tizimlarning kanallari ulanadi. Boshqa shahardagi abonentni chaqirayotgan abonent ma’lum raqamni (masalan, 8 raqamini) teradi. Shunda u o‘z apparatidan SHATS qidirgichi cho‘tkalariga boradigan liniyani ulaydi. Navbatdagi 3 ta raqam (masalan, 095), ya’ni biror shahar kodi terilsa, chaqirayotgan abonent chaqirilayotgan shahar SHATS ga bog‘lanadi. Navbatdagi 7 ta raqamni terib, shahar ATS qidirgichlariga ta’sir qilinadi, shunda chaqirayotgan abonent telefon apparati chaqirilayotgan abonent telefon apparatiga ulanadi.
Telefon stansiyasi aloqa kanallarini kommutatsiya qilish uchun moʻljallangan texnika vositalari majmui, telefon tarmoqlarining bir qismi. Telefon kanallari (abonent va aloqa liniyalari)ni maʼlum vaqtga ulaydi va uzadi, bu maqsadda aloqa yoʻnalishi boʻyicha telefon axborotlari oqimini birlashtiradi va taqsimlaydi. Telefon stansiyasi qoʻlda (RTS) va avtomatik (ATS) kommutatsiyalaydigan xillarga boʻlinadi. RTS telefon kommutatorlik bilan jihozlanadi; kanallar operatortelefonchi orqali kommutatsiyalanadi. ATS izlagichlar yoki koordinat ulagichlar, telefon relesi va boshqa yordamida avtomatik tarzda ishlaydi. Kommutatsiya qurilmalari turiga qarab, ATS mashinali va dekada qadamli, koordinatali, kvazielektron, elektron xillarga boʻlinadi.
ATS tarkibiga: kommutatsiya tizimi va boshqarish qurilmasi; telefon aloqasi liniyasini kommutatsiya tizimiga ulaydigan kiritish qurilmalari; elektr bilan taʼminlash qurilmalari, yordamchi qurilmalar (shamollatish, isitish va boshqalar) kiradi. Kommutatsiya tizimi (KT) va boshqarish qurilmasi (BQ) avtomat zaliga oʻrnatiladi. ATS ning kirish va chiqishlari KT orqali BQ yordamida ulanadi. Koʻpgina ATS tizimlarida kirish bilan chiqishlar bosqichmabosqich ulanadi. Har qaysi bosqichning oʻz BQ boʻlib, u izlash bosqichi deyiladi. Masalan, dekada qadamli ATS da dastlabki bosqich bir necha guruh bosqichlariga va liniya izlash bosqichlariga ega. Elektr bilan taʼminlash qurilmalari toʻgʻrilagichlar, akkumulyator batareyalari, avtokommutatsiya batareyalari, elektr styalar va boshqa komplektlardan iborat. Hozir Telefon stansiyasi da asosan kvazielektron, elektron, uyali va raqamli usullar qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda Toshkent (Toshkent telegraf telefon stansiyasi) va Nukus shaharlarida, barcha viloyatlar markazlarida va ayrim tumanlarda Telefon stansiyasilari mavjud. Ularning faoliyatini “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi boshqarib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |