Mundarija
KIRISH
Texnika xavfsizligi
Yong‘in xavfsizligi
ASOSIY QISM
Avtomatik telefon stansiyasi
Optik tola va kabellar
Media shlyuz turlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Bugungi kunda telefon har bir zamonaviy inson uchun eng muhim qurilmaga aylangan. Uyimiz va idoralardagi statsionar telefonlardan ham ko‘proq mobil telefonlaridan foydalanamiz. Qo‘l telefoni aslida, muloqot uchun yaratilgan bo‘lsada, allaqachon ko‘plab buyumlar, jumladan, radio, televizor, soat kabi qurilmalarning o‘rnini egallab ulgurdi. Birgina telefon aloqasi kundalik hayotimizga vaqt va mablag‘imizni tejaydigan qanchalik qulay imkoniyatlar taqdim etishini yaxshi bilamiz. Mamlakatimizda birinchi ATS 1932-yil 8-sentabr kuni o‘z faoliyatini boshlagan. Birinchi ATS ish boshlagan o‘tgan davr mobaynida telefon aloqasi kundalik hayotimiz mazmun-mohiyatini boyituvchi muhim omilga aylandi. Biroq ushbu insonlararo aloqa-munosabatlar o‘rnatishda alohida ahamiyatga molik bo‘lgan zamonaviy imkoniyatning kelib chiqish tarixini ham unutmasligimiz lozim. Bu borada bizga mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan “Aloqa tarixi muzeyi” zallarida namoyish etilgan eksponat va materiallar katta yordam beradi.
“Toshkent shahar telefon tarmog‘i” — “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining eng yirik filialidan biri bo‘lib, poytaxtimizdagi tashkilot, muassasa, idora hamda qator yuridik maqomidagi korxonalar va shahar aholisiga mahalliy telefon aloqasi, shaharlararo, xalqaro telefon so‘zlashuvlari, ma’lumotni uzatish va Internet tarmog‘idan foydalanish kabi qator xizmatlarni taqdim etib keladi.
Texnika xavfsizligi
Aloqa sohasidagi ishchi xizmatchilar, xavfsizlik bo‘yicha kirish, ish joylarida tushuntirish qoidalaridan hamda bilim sinovidan o`tgan asbob uskuna, maxsus kiyim va himoya vositalari to‘liq va yaroqli bo‘lgan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan hollarida 18 yoshga to‘lgan shaxslarga ishlab chiqarishga ruxsat etiladi.
Ish joylarida va korxona hududida namunali xulqqa ega bo`lishi kerak, ya`ni ish davomida spirtli ichimliklar ichmaslik, giyohvandlik moddalarini iste’mol qilmaslik, mehnat qonunlarida xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilish lozim.
Baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda, eng avvalo jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, so‘ngra rahbariyatga xabar bershi lozim. Qurilma, apparat asboblarda, kabel tarmoqlarida sodir bo`lgan nosozliklarni o‘zboshimchalik bilan tuzatish yoki ta‘mirlashga ruxsat etilmaydi.
Ishchi xizmatchilar doimo ish jarayonida shaxsiy gigiena, yong‘in va portlash xavflarini oldini olish qoidalarini va talablarini bilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |