«Navoiyazot»AJ ga ishga qabul qilish mehnat shartnomasi tuzish asosida amalga oshiriladi. Ishga qabul qilinganda (Uzb.R. MK 80 modda ) ishchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishga majbur: pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat, 16 yoshgacha bo‘lganlarga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va yashash joyidan ma’lumotnoma shuningdek ota-onasidan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi (O‘z.R MK 77 modda); chet elliklar pasportdan tashqari O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun berilgan guvohnoma. Fuqoroligi bo‘lmagan shaxslar — fuqaroligi yo‘qligi to‘g‘risidagi guvohnoma va O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun berilgan guvohnoma;
Do'stlaringiz bilan baham: |