2.1 Sarf va Sathni o’lchash labaratoriyasi, Manometriya va undagi o’lchov vositalari. O’zgaruvchan sathli sarf o’lchagichlarning ishlash printsipi suyuqlikning idish tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath balandligini o’lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda agressiv suyuqliklar sarfini o’lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan pulьslanuvchi oqim va suyukliklar sarfini o’lchashda ishlatiladi. O’zgaruvchan sathli sarf o’lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfnni atmosfera bosimida o’lchaydi, shuning uchun, bu asboblarning ishlatilishi cheklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |