4. Hayvonlarda evalyutsiya natijasida yuz beradigan o'zgarishlar.
Evolutsiya, biologiyada tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. Evolutsiyada tabiiy tanlanish taʼsirida mutatsiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi shakllanadi. Evolutsion oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon boʻladi. Evolutsiyaning elementar omillari qatoriga mutatsiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining oʻzgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi (qarang Genlar dreyfi), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. Populyatsiyalardagi evolutsion oʻzgarish yangi turlarning hosil boʻlishiga (qarang Tur hosil boʻlishi) yoki turining oʻzgarishiga olib keladi. Evolutsiya sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari, tezligi va uning umumiy qonuniyatlari evolutsion biologiya oʻrganadi (qarang Evolyutsion taʼaimot). Baʼzan "Evolutsiya" terminining filogenez termini sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi. "Evolutsiya" soʻzi birinchi marta Shveysariya tabiatshunosi va faylasufi Sh. Bonne (1762) tomonidan embriologiyaga oid ishlarda qoʻllangan.
Biologiyada evolutsiya (lotincha: evolution — „avj olish“) atamasi ostida organizmlar guruhi ichidagi irsiy belgilardagi farqlar kelib chiqishi tushuniladi. Bu belgilar nasl qoldirish oqibatida ajdodlardan avlodlarga koʻchirulivchi genlar ifodalanishidir. Shu genlardagi mutatsiyalar oʻzgargan yoki yangi belgilar keltirib chiqarib, organizmlar orasidagi farqlarni paydo qila oladi. Yangi belgilar, shuningdek, organizmlar guruhlari yoki turlar orasida (gorizontal gen koʻchishi oqibatida) ham kelib chiqishi mumkin. Biologiyada, evolutsiya ushbu belgilarning tabiiy tanlanish va/yoki genetik dreyf oqibatida tayinli bir guruh ichida keng tarqalishi yoki aksincha, yoʻqolib ketishida namoyon boʻladi, deb qabul qilingan.
Tabiiy tanlanish yashab qolish va nasl qoldirish uchun foydali belgilarning saqlanib qolishi va yoyilishi, zararli belgilarning esa kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Bu hodisa foydali belgilarga ega organizmlarning nasl qoldira olishi qobiliyati kuchayib, shu belgilarning keyingi avlodlarga qoldirilishi tufayli yuz beradi. Koʻp avlodlar davomida belgilarning kichik, tasodifiy va omadli oʻzgarishlari oqibatida moslashuvlar roʻy berib, shu belgilarga ega organizmlar tabiiy tanlanadi. Genetik dreyf esa irsiy belgilar chastotasida tasodifiy oʻzgarishlar hosil qiladi. Genetik dreyf oqibatida paydo boʻlgan oʻzgarishlar saqlanib qolishi berilgan individ yashab qolib, nasl qoldirish yoki qoldirmasligiga bogʻliq boʻladi.
Turlarning bir taʼrifi ularni oʻzaro qoʻshilib, nasldor avlod qoldira oladigan organizmlar guruhidir, deydi. Biroq, turlar oʻzaro koʻpayishdan xoli guruhlarga ajralganida, mutatsiya, genetik dreyf va yangi belgilarning tabiiy tanlanishi avlodlar davomida farqlar yigʻilishiga va yangi turlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Organizmlar orasidagi oʻxshashliklar ular shunday jarayon orqali umumiy ajdoddan (yoki umumiy genofonddan) kelib chiqqanligidan guvohlik beradi.
Yerdagi turlarning vaqt oʻtishi bilan oʻzgargani 19-asr boshlaridayoq maʼlum boʻlsa-da, bu qanday qilib yuz bergani noaniq edi. Evolutsiyaning tabiiy tanlanish vositasida roʻy berishi haqidagi nazariya shu oʻzgarishlar yuz berishi mexanizmini izohlab berdi; bu Charles Darwin va Alfred Russel Wallace tomonidan oʻrtaga tashlangandi va Darwin'ning 1859-yilda yozilgan Turlarning kelib chiqishi haqida kitobida yoritilgandiBu nazariya odamlar ilohiy kuch tomonidan hayvonot olamidan ajratilganiga ishonuvchi diniy peshvolar qarshiligiga uchradi. 1930-larda Darwin tabiiy tanlanishi Mendel'ning nasldorlik nazariyasi bilan qoʻshilib, zamonaviy evolutsion sintez shakllandi; u evolutsiya birliklari (genlar) va mexanizmi (tabiiy tanlanish) orasida aloqa oʻrnatdi. Bu nazariya koʻp narsani izohlovchi va bashorat qila oluvchi boʻlib chiqib, zamonaviy biologiyaning asosiy tashkillashtiruvchi prinsipiga aylandi va Yerdagi hayot shakllari orasidagi farq va oʻxshashliklarni tushuntirib bera old.Evolutsiya eng avvalo insonlar va barcha tirik organizmlaring kelib chiqish tarixini oʻrganadi. Evolutsiya faqatgina tirik organizmlarda balki barcha narsalarni kelib chiqish jarayonini oʻrganadi .
Charlis Darvinning evolutsion olam nazariyasi Darvinizmning mazmuni.Inson qadim zamondan beri organik olamning ikki xossasiga ajablanib qaragan. Bu xossalardan biri uning nihoyatda xilma-xilligidir. Hozirgi vaqtda o'simliklarning 500 000 dan, hayvonlarning 1 500 000 dan, zamburug'larning 100 000 dan ortiq turi mavjud. Agar shular qatoriga qadimgi geologik era va davrlarda yashab, so'ngra qirilib ketgan 7 000 000 hayvon, 300 000 o'simlik turini qo'shsak, haqiqatan ham organik olamning xilmaxilligiga hech qanday shubha qolmaydi. Har bir organizm turi tuzilishi, hayot faoliyati, yashash muhiti bilan bir-biridan keskin farq qiladi.
Organik olamning ikkinchi ajoyib xossasi organizmlar-ning tuzilishi va hayot faoliyatiga ko'ra tevarakatrof muhiti-ga moslashganligidir. Masalan, shimoliy o'lkalarda yashaydigan hayvonlar oq rangda, cho'l zonasidagi hayvonlar shu yer rangida ekanligi, baliq tuzilishiga ko'ra suv muhitiga, qushlar esa havo muhitiga moslashganligi bunga yaqqol misoldir.
Organizmlarning xilma-xilligini va moslanish sabablari-ni tushuntirishda idealistik va materialistik oqim tarafdorlari o'rtasida ko'p asrlar mobaynida keskin kurash davom etgan.
Idealistik oqim tarafdorlari ruh birlamchi, materiya ikkilamchi, shunga ko'ra, fan va amaliyotga asoslanib, tabiat qonunlarini bilib bo'lmaydi, bu qonunlar faqat xudoga ma'lum, degan fikrni quvvatlaganlar. Bu oqim din bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning bevosita yoki bilvosita nazariy ifodasidir.
Materialistik oqim tarafdorlari esa aksincha, barcha borliq, olam asosida materiya yotadi, hayot va nihoyat ong ham materiyaning rivojlanishi tufayli vujudga kelgan, deb ta'lim beradilar. Tabiiyot fani rivojlanishi tarixida uzoq vaqt metafizika va idealizm hukmronlik qildi. Biologiyadagi kreatsionizm va teleologiya oqimlari buning yaqqol misolidir. Kreatsionizm barcha olam, shu jumladan, organik olam vakil-lari — o'simliklar, hayvonlar va odam xudo tomonidan yaratilgan, ular o'zgarmas, qotib qolgan, deb uqtiruvchi reaksion ta'limotdir. Teleologiya oqimi esa organizmlar tuzilishidagi moslanuvchanlik xudo tomonidan yaratilgan, chunki u olamni yaratishda ma'lum maqsadlarni ko'zlagan, deb ta'kidlaydi.
Darvindan oldin va keyin ham, organik olam qotib qolmaganligi, o'zgarishi to'g'risida bir qancha nazariyalar vujudga kelgan. Biroq bu nazariyalarga ko'ra, organik olamning evolyutsiyasi ayrim biror omilning ta'siri natijasidir, deb tushuntirib keldilar. Organik olamning evolyutsiyasi organizmlarning takomillashishga intilishi (Lamark), alohida bo'lishi— alohidalanishi (Vegener), mutatsion o'zgaruvchanlik (de Friz), muhitga nisbatan adekvat moslashuvchi o'zgaruvchanlik (Lisenko) asosida amalga oshadi, degan g'oyalar shular jumlasidandnr.
Organik olamning evolyutsiyasi faqat yagona omil ta'siri natijasidan iborat, deb tushuntirish o'lik va tirik tabiatning o'ziga xos xossalarini chuqur anglamaslik, materiyaning mexa-nik, fizik-xiviyaviy harakat formalari bilan biologik harakat formalari o'rtasidagi farqqa tushunib yetmaslik oqibatidir. Organik olamning rivojlanishi ba'zi olimlar tomonidan e'tirof etilgan va uni bir tomonlama tushunishga urinish bo'lgan bo'lsa ham, lekin har bir hayvon va o'simlikning o'zi yashayotgan muhit sharoitiga moslashganligi to'g'risidagi masala XIX asrning yarmigacha aniqlanmagan bo'lib, bu soha ydealizm uchun katta tayanch bo'lib xizmat qildi.
Angliyalik buyuk tabiatshunos olim Charlz Darvin 1859 yili o'zining «Происхождение видов путем естественного отбора или сохранение благоприятствуемнх пород в борьбе за жизнь» (Tabiiy tanlanish yo'li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun moslashgan zotlarning saqlanib qolishi) degan mashhur asarini nashr ettirdi. Bu asarda u hozir mavjud bo'lgan barcha o'simliklar, hayvonlar, odam to'satdan yaratilmay, balki million yillar davom etgan tarixiy rivojlanish mahsuli ekan-ligini isbotlab berdi. Shu bilan bir qatorda, organizmlar-ning xilma-xil moslanish sabablarini materialistik nuqtai nazardan yoritdi.
Darvin organik olamning evolyutsiyasi to'g'risidagi ta'li-motni yaratishda tabiyotshunoslikning turli sohalari (siste-matika, qiyosiy anatomiya, embriologiya, biogeografiya, paleon-tologiya va boshqa fanlar) da to'plangan ma'lumotlarga, yangi zot va navlar chiqarish sohasidagi ko'p asrlik seleksiya yutuq-lariga hamda o'zi olib borgan kuzatish, tajriba natijalariga, ilmiy xulosalarga tayandi. U juda ko'p dalillarga asoslanib, organik olamning evolyutsiyasi hech qanday ilohiy kuch ishti-rokisiz amalga oshishi, bu jarayonni harakatlantiruvchi kuch-lar —omillar o'zgaruvchanlik, irsiyat va tabiiy tanlanish ekan-ligini ko'rsatib berdi. Darvinning evolyutsion ta'limoti fan tarixida birnnchn bo'lib biologiya sohasidagi idealistik va metafizik dunyoqarashga qaqshatqich zarba berdi va biologiya fani kelgusida ilmiy asosda rivojlanishiga zamin yaratdi. Idealistik va metafizik oqim tarafdorlari hamda ruhoniy-lar Darvinning evolyutsion ta'limotiga zarba berishga, uni tamomila qo'porib tashlashga urindilar. Lekin jahonning yirik tabiyotshunos olimlari T. Geksli, Dj Guker (Angliya), F. Myuller, E. Gekkelь, K. Gegenbaur (Germaniya), A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov, V. O. Kovalevskiy, K. A. Timiryazev, I. M. Sechenov, A. H. Seversov (Rossiya) va boshqalar evolyusion ta'limotni himoya qildilar va uni biologiya fanining turli sohalariga tatbiq etib, mazmunini yangi dalillar bilan boyitdilar. Natijada XIX asrning ikkinchi yarmida biologiya fanining yangi sohasi — darvinizm vujudga keldi. Evolyutsion ta'limot keyinchalik genetika, ekologiya, molekulyar biologiya, bioximiya kabi fanlar yutug'i zaminida mazmunan yanada boyidi va oqibatda XX asrnng 30—50- yillariga kelib, hozirgi zamon darvinizm fani, ya'ni evolyutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.
Darvinizm organik olamning tarixiy rivojlanishini va uni idora etishning umumiy qonuniyatlarini o'rgatuvchi fandir. Darvinizm haqiqiy evolyutsion ta'limotdir.
Evolyutsiya tabiatdagi turli narsa, hodisalarga mansub. Ma-salan, astronomiyada sayyoralar va yulduzlar evolyutsiyasi, geologiyada Yer evolyutsiyasi, biologiyada esa organik olam evolyu-siyasi to'g'risida fikr yuritiladi. Ma'lumki, Yerda hayot azaldan bo'lmay, bundan 2—3 milliard yil muqaddam, jonsiz materiyadan vujudga kelgan. Biologik evolyutsiyaning sodir bo'lish jarayoni va natijasi xilma-xildir. Biologik evolyutsiya natijasida populyatsiyalarning genetik tarkibi, moslanishlarning shakllanishi, turlar vujudga kelishi va nobud bo'lishi, biogeotsenoz hamda biosferaning bir butun holda o'zgarishi ro'y beradi. Binobarin, hozirgi zamon darvinizm fani turli darajadagi biologik sistemalarning evolyutsiyasi jarayonini o'rganadi.
Evolyutsiya nazariyasining asosiy prinsiplari Evolyutsion nazariyani tadqiq qilish ikkita prinsipga asoslanadi. Ulardan biri tarixiy prinsip bo'lib, bu prinsipga muvofiq, o'tgan davrlarda organik olamda sodir bo'lgan voqea-hodisalarni o'rganish asosida hozirgi tirik organizmlarning tuzilishi, kelib chiqishi aniqlanadi. Ikkinchi prinsip aktualizm hisoblanadi, mazkur prinsipga ko'ra, hozirgi tirik organizmlarning turli darajadagi tuzilishini va funksiyasini o'rganish asosida qadimgi davrlarda organik olamning rivoj-lanishida ro'y bergan hodisalar haqida mulohaza yuritiladi.
Evolyutsiya jarayonini o'rganish usullari. Evolyutsiyani tarixiy prinsipga asoslanib tadqiq qilish taqqoslash va genetik usullardan keng foydalanishni taqozo etadi. Odatda, biologiyaning ko'p sohalarida taqqoslash usulidan keng foydalaniladi. Chunonchi, anatomiya yordamida organizmlar tuzilishidagi o'xshashlik va farqqa qarab, ular o'rtasidagi qon-qarindoshlik aniqlanadi. Xuddi shunga o'xshash, taqqoslash usuli embriologiyada ham qo'llaniladi va turli organizmlar guruhlarida ontogenetik rivojlanishning dastlabki davrlaridagi o'xshashlik va farqqa asoslanib, tekshirilayotgan organizmlar dastlab bir yoki har xil tarmoqdan tarqalganligi to'g'risida xulosa chiqariladi. Taqqoslash usuli molekulyar biologiyada ham keng qo'llanilmoqda. Xususan, bir qancha organizmlar turlarini, oqsil va nuklein kislotalar molekulalarini taqqoslab, ular filogenetik jihatdan bir-biriga qanchalik yaqinligi aniqlanmoqda.
Makroevolyutsiyani tadqiq qilishda paleontologiya, morfo-logiya, biogeografiya usullaridan ham keng foydalaniladi. Lekin shuni qayd etish kerakki, taqqoslash usuli organik olam evolyutsiyasini bilishda katta ahamiyatga zga bo'lsa ham, biroq uning yordamida u yoki bu xil organizmlarning kelib chiqish sabablarini aniqlab bo'lmaydi. Bu muammo faqat genetik usul bilan aniqlanadi. Genetik va populyatsion-statistik usullar mikroevolyutsiya jarayonlarini aniqlashda ayniqsa katta ahamiyatga ega ekanligi keyingi vaqtda tobora ayon bo'lmoqda.
Darvinizmning boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqligi. Darvinizm metodologik asos sifatida biologiyaning xilma-xil dalillari majmuasi emas, balki har xil darajadagi, ya'ni molekula darajasidan to biosfera darajasida bo'lgan biologik sistemalarda sodir bo'ladigan voqea-hodisalar o'rtasidagi sababiy bog'lanishlarni o'rganadigan fandir. U mazmuniga ko'ra sintetik xarakterga ega. Shunga binoan, u barcha biologiya fan-lari — botanika, zoologiya, anatomiya, embriologiya, fiziologiya, biogeografiya, bioximiya, sitologiya, gistologiya, genetika, paleontologiya, ekologiya, seleksiya, chorvachilik, o'simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va shu kabi boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Darvinizmning muayyan fan sohalari bilan bog'liqligi ikki tomonlamadir. Bir tomondan, u xususiy biologiya fanlarida to'plangan dalillarni xulosalab, umumbiologiya qonunlarini yaratadi. Ikkinchi tomondan, bu qonunlar biologiyaning anatomiya, morfologiya, embriologiya, botanika, zoologiya va shu kabi boshqa sohalari uchun nazariy asos bo'lib xizmat qiladi.
Yirik darvinist K. A. Timiryazev o'simliklar bilan hayvonlarning hayoti to'g'risidagi fanlar faqat evolyutsion ta'limot asosida ijobiy rivojlanishi mumkin, deb ta'kidlagan edi. I. I. Mechnikov shamollash jarayoni va immunitet tabiatini tushunish faqat organizmning hayotiy reaksiyalariga evolyutsion nuqtai nazardan yondoshilganda to'g'ri hal etilishi mum-kin, degan. To'g'ri, boshqa biologiya fanlari, chunonchi, qiyosiy va eksperimental morfologiya va fiziologiya, ekologiya, genetikadagi kabi, darvinizmda ham tasviriy, analitik, sintetik, tajriba usullari keng qo'llaniladi. Evolyutsiya jarayonini o'rganishda yuqoridagilardan tashqari, tabiiy populyatsiyalarni har tomonlama tahlil qilib, ularning tarkibini, mavsumiy va mahalliy sharoitga qarab o'zgarishini aniqlash, uni eksperimental sharoitda tadqiq qilish usullaridan foydalaniladi. Bu darvinizmning xususiy usuli bo'lib xizmat qiladi. Darvinizm barcha biologiya fanlari yutug'ini o'zida mujassamlashtirgani uchun ana shu fanlar zaminida rivojlanadi. Biroq qayd qilingan faktlar darvinizmning kelgusi rivojlanishini to'liq ta'minlay olmaydi. Chunki bu fanlarda yaratilgan nazariyalar tarqoq, xususiy xarakterda bo'lib, materiallarni bir tomonlama qamragan fanning u yoki bu shoxobchasiga xosdir. Darvinizmda esa turli biologiya bilimlarining sintezi namoyon bo'ladi.
Darvinizm faqat boshqa biologiya fanlarida to'plangan dalillarni umumlashtirish, xulosalash bilan cheklanmay, balki o'zi ham, shu fanlardan mustasno, turli muammolarni hal etadi.
Darvinizm o'rganadigan muammolar. Tirik tabiat tarixiy rivojlanishining umumiy qonunlari darvinizmning tekshirish mavzui hisoblanadi. Hayot materiya harakatining sifat jihat-dan farq qiladigan alohida shaklidir. Shunga ko'ra, uning paydo bo'lishi va rivojlanishini o'rganish darvinizmning birinchi muammosi hisoblanadi.
Evolyutsiya Yerdagi barcha tiriklikning tarixiy davrda to'x-tovsiz ravishda o'zgarishi natijasidir. U doimiy mavjud shart-sharoit zaminida amalga oshadi. Evolyutsiya jarayonining shart-sharoitini o'rganish darvinizm fanining ikkinchi muammosidir.
Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi uni harakatlantiruvchi kuchlar aniqlangandagina ijobiy hal etiladi. Darvin evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar o'zgaruvchanlik, irsiyat, tabiiy tanlanish ekanligini, shular tufayli organizmlar mu-hitga moslanishi, takomillashishini, yangi turlar paydo bo'li-shini ta'kidlaydi. Binobarin, evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlarni atroflicha o'rganish darvinizmning uchinchi muammosi hisoblanadi.
K. M. Zavadskiy uqtirishicha, hayotning organizm, populyasiya — tur, biotsenotik, formatsion, biosfera darajalari mav-jud. Biroq evolyutsiya jarayoni, shart-sharoitning to'liq amalga oshishi, uning natijasi namoyon bo'lishi ko'proq populyatsiya — tur darajasida ro'y beradi. Shunga ko'ra, turlarni va tur paydo bo'lishini o'rganish darvinizmning to'rtinchi muammosidir.
Dialektik materializm nuqtai nazaridan qaraganda, rivojlanish oddiydan murakkabga, tuban takomillashgandan yuqori darajada takomillashgan shaklga o'tishdan iborat. Bunday progressiv rivojlanish tirik tabiat evolyutsiyasining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Tirik tabiatdagi progressiv ko'rinish qonuniyatlari to'g'risidagi masala darvinizmning beshinchi muammosi hisoblanadi.
Organik olam evolyutsiyasining ma'lum bosqichidagi shart-sharoit odam paydo bo'lishida zamin bo'lib xizmat qildi. Odam evolyutsiyasining faktorlari va mexanizmlarining o'ziga xos tomonlarini o'rganish darvinizmning oltinchi muammosidir.
Organik olam evolyutsiyasining umumiy qonuniyatlarini o'rganishdan asosiy maqsad hayvonlar, o'simliklar va mikroor-ganizmlardan xo'jalik maqsadlarida keng foydalanishdan iborat, Tabiiy sharoitda inson manfaatlariga mos formalar juda sekinlik bilan vujudga keladi. Shunga ko'ra, organik olamning rivojlanishini boshqarish, inson manfaatlariga mos bo'lgan nav, zot, shtammlarni chiqarish va ulardan foydalanish, ya'ni evolyutsiya jarayonini boshqarish darvinizmning yettinchi muammosi hisoblanadi.
Evolyutsion ta'limotning ahamiyati. Odam xo'jalik faoliyatining rivojlanishi bilan evolyutsion ta'limotning ahamiyati yanada ortib boradi, chunki tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ekinlar hosilini va chorva mollari mahsulotini ko'paytirish, qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi eng qulay kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tabiiy landshaftlarni saqlab qolish va inson maqsadlari uchun o'zgartirish faqat darvinizm tufayli to'g'ri, ilmiy nuqtai nazardan amalga oshiriladi.
Xulosa
Qadim zamonlardan juft tuyoqlilar insonlar hayoti uchun ahamiyatli hisoblangan. Ular inson hayotida xòjalik, iqtisodiy va ozuqaviy ahamiyatga ega bòlib kelgan. Qadimda insonlar hali òtroq hayotga moslashmasliklaridan avval, kòchmanchi hayot kechirishgan. Xatto òsha davrlarda ham insonlar chorvachilik bilan shuĝullanishgan. Ibtidoiy davrlardayoq insonlar yovvoyi hayvonlarni qòlga òrgatib xonakilashtirishgan va ulardan turli maqsadlarda foydalanishgan. Hozirgi kunda ham chorvachilik inson turmush-tarzida òzining alohida òriniga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotida ham juft tuyoqlilar òzining iqtisodiy ahamiyatiga ega. Xususan, yurtimizda chorvachilikni rivojlantirlishi, aholimizni tabiiy-toza mahsulotlar bilan ta'minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar bermoqda. Chorvachilikni yanada rivojlantirishda quyidagi omillarga e'tibor berishimiz lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilikning rivojlanishi o’ziga xos xislatlarga ega. Ular mulkni davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirilishi, turli mulk shaklidagi chorvachilik xo'jaliklarining faoliyat ko’rsatish, chorva mahsulotlariga davlat harid narxlarini va rejalarini bekor qilinishi, barcha chorvachilik xo’jaliklari o’rtasida odil, erkin raqobatni tashkil qilishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chorvachilik fermalari davlat rejasi asosida emas, mahsulot ishlab chiqarishni bozor talabidan kelib chiqib tashkil qiladi. Bu esa bozorda chorvachilik mahsulotlarni talab va taklif nisbatida olib borishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda davlat, jamoa, shirkat, yordamchi, fermer va dehqon xo'jaliklari bemalol faoliyat ko'rsatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |