3. Nerv hujayrasining morfologik tuzilishi.
Nerv hujayrasi morfologik tuzilishiga ko’ra tana, ya’ni perikarion va o’simtalardan tashkil topgan. Тana qismi yadro, sitoplazma, organoidlar va o’ziga xos kiritmalardan iborat. O’simtalari esa akson va dendritlardan iborat. Yadrosi, odatda, yumaloq yoki oval shaklda bo’lib, har bir hujayrada bitta bo’ladi, kamdan-kam ikkita yoki ko’p yadroli nerv hujayralari uchraydi.
Neyronlarda intensiv ravishda fiziologik jarayonlar kechishi natijasida yadro tarkibida xro-matin moddasi kamroq bo’ladi. Bitta yoki ikkita RNK ga boy yadrochaga ega. Sitoplazmasi tarkibida hamma organoidlar va spetsifik hujayra kiritmalari: mitoxondriylar, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi, sentrosoma, neyratubula va neyrofilimantlar, spetsifik elementlardan-neyrofibrillalar va tig-roid moddalar uchraydi. Neyrofibrillalar perikarion bo’shlig’i va o’simta ichini to’ldirib turadigan ingichka ipsimon o’simta bo’lib, kumush nitrat tuzi bilan bo’yalgan preparatlarda yaxshi ko’rinadi. Elektron mikroskopda aniqlanishicha, neyrofibrillalar nerv hujayrasining uzunasi bo’ylab joylashgan bo’lib, ko’ndalang kesimining diametri 500 Е ga teng. Хarakterli tomoni shundaki, neyrofibrillalar hujayraning tana qismida har tomonga yo’nalgan nozik chigallangan to’rsimon shaklda joy-lashsa, o’simtalarda bir-biriga nisbatan to’g’ri paral-lel joylashgan bo’ladi. Тigroid modda faqat neyron perikarioni va dendritda bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda zich joylashgan neyrofibrillalar tutami hosil qilgan shaklda ko’rinadi. Ayrim vaqtlarda esa tolachalar bir-biri bilan yopishgan bo’lishi mumkin, bu - miyaning eslab qolish xususiyatiga, fikrlash qobi-liyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Тigroid modda nerv hujayrasining sitoplazmasida uchraydigan o’ziga xos kiritma bo’lib, gistologik preparatlarda har xil kattalikda granulalarga o’xshab ko’rinadi. Oldin adabiyotlarda bular Nissel tana-chalari deb yuritilar edi. Hozir esa bu modda tionin va ko’k toluidin buyoqlarda to’q bo’yalgani uchun bazofil modda deb ham yuritiladi. Тigroid modda faqat neyron perikarioni va dendrit o’simtasi tarkibida uchrab, akson tarkibida uchramaydi. Aksonning hujayradan chiquvchi o’zagida ham topilmagan. Тigroid modda tarkibida ko’p miqdorda ribonukleoproteid hamda ma’lum miqdorda glikogen va oqsil moddalar topilgan.
Nerv hujayrasi morfologik tuzilishiga ko’ra, tana, perikarion va o’simtalardan tashkil topgan. Tana qismi yadro, sitoplazma, organoidlar va o’ziga xos kiritmalardan iborat. O’simtalari esa akson va dendritlardan iborat. Yadrosi, odatda, yumaloq yoki oval shaklda bo’lib har bir hujayrada bitta bo’ladi, kamdan-kam ikkita yoki ko’p yadroli nerv hujayralari uchraydi. Masalan, prostata bezining nerv sistemasini tashkil qiluvchi neyronlarda ko’p yadroli nerv hujayralari bor. Ularning soni 15 tagacha yetadi. Neyronlarda intensive ravishda fiziologik jarayonlar kechishi natijasida yadro tarkibida xromatin moddasi kamroq bo’ladi. Bitta yoki ikkita RNK ga boy yadrochaga ega. Sitoplazmasi (neyroplazmasi) tarkibida hamma organoidlar va spesefik hujayra kiritmalari: mitoxondriylar, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi (apparati), sentrosoma, lizosoma, neyratubula va neyrofilimantalar, spesifik elementlardan-neyrofibrillalar va tigroid moddalar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |