Mundarija Kirish Nerv hujayrasining tuzilishi


Nerv hujayrasining tuzilishi



Download 58,19 Kb.
bet2/7
Sana11.07.2022
Hajmi58,19 Kb.
#775684
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi evalyutsiyasi

1. Nerv hujayrasining tuzilishi
Nerv hujayrasi morfologik tuzilishiga ko’ra tana, ya’ni perikarion va o’simtalardan tashkil topgan. Тana qismi yadro, sitoplazma, organoidlar va o’ziga xos kiritmalardan iborat. O’simtalari esa akson va dendritlardan iborat. Yadrosi, odatda, yumaloq yoki oval shaklda bo’lib, har bir hujayrada bitta bo’ladi, kamdan-kam ikkita yoki ko’p yadroli nerv hujayralari uchraydi. Neyronlarda intensiv ravishda fiziologik jarayonlar kechishi natijasida yadro tarkibida xro-matin moddasi kamroq bo’ladi. Bitta yoki ikkita RNK ga boy yadrochaga ega. Sitoplazmasi tarkibida hamma organoidlar va spetsifik hujayra kiritmalari: mitoxondriylar, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi, sentrosoma, neyratubula va neyrofilimantlar, spetsifik elementlardan-neyrofibrillalar va tig-roid moddalar uchraydi.
Neyrofibrillalar perikarion bo’shlig’i va o’simta ichini to’ldirib turadigan ingichka ipsimon o’simta bo’lib, kumush nitrat tuzi bilan bo’yalgan preparatlarda yaxshi ko’rinadi. Elektron mikroskopda aniqlanishicha, neyrofibrillalar nerv hujayrasining uzunasi bo’ylab joylashgan bo’lib, ko’ndalang kesimining diametri 500 Е ga teng. Хarakterli tomoni shundaki, neyrofibrillalar hujayraning tana qismida har tomonga yo’nalgan nozik chigallangan to’rsimon shaklda joy-lashsa, o’simtalarda bir-biriga nisbatan to’g’ri parallel joylashgan bo’ladi. Тigroid modda faqat neyron perikarioni va dendritda bo’lishi mumkin. Ayrim hollarda zich joylashgan neyrofibrillalar tutami hosil qilgan shaklda ko’rinadi. Ayrim vaqtlarda esa tolachalar bir-biri bilan yopishgan bo’lishi mumkin, bu - miyaning eslab qolish xususiyatiga, fikrlash qobi-liyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Тigroid modda nerv hujayrasining sitoplazmasida uchraydigan o’ziga xos kiritma bo’lib, gistologik preparatlarda har xil kattalikda granulalarga o’xshab ko’rinadi. Oldin adabiyotlarda bular Nissel tana-chalari deb yuritilar edi. Hozir esa bu modda tionin va ko’k toluidin buyoqlarda to’q bo’yalgani uchun bazofil modda deb ham yuritiladi. Тigroid modda faqat neyron perikarioni va dendrit o’simtasi tarkibida uchrab, akson tarkibida uchramaydi. Aksonning hujayradan chiquvchi o’zagida ham topilmagan. Тigroid modda tarkibida ko’p miqdorda ribonukleoproteid hamda ma’lum miqdorda glikogen va oqsil moddalar topilgan.
Nerv hujayrasining o’simtalari asosan tashqi va ichki ta’sirni markazga va u yerdan javob impulsini harakat organlariga uzatib berish vazifasini baja-radi. Ular organizm nerv sistemasining bir butun-ligini ta’minlaydi. Nerv o’simtalarining o’rtasida uning o’q qismi yetadi, uning ustidan esa yumshoq parda o’rab turadi. Bunga miyelin parda deyiladi. Ayrim nerv o’simtalarining pardasi bo’lmasligi ham mumkin, ya’ni o’simta faqat o’q qismdan tashkil topgan bo’ladi. Nerv hujayralari pardasi bor-yo’qligiga qarab ikkiga, ya’ni miyelinsiz va miyelinli nerv tolalariga bo’linadi.
Miyelinsiz nerv tolalari ko’z, quloq hamda achchiq va chuchukni sezadigan organlar va vestibulyar apparatning nerv sistemasini tashkil etadi. Ular ko’pgina vegetativ nerv sistemasida uchraydi. Bu nerv sistemasi yuksak darajada ixtisoslashgan bo’lib, organizmning tashqi muhit bilan moslashishini ta’minlaydi. Har bir nerv tolasi tarkibida 3-20 tagacha o’q silindr uchraydi.
Oddiy mikroskopda miyelinsiz nerv tolachalari xuddi o’q silindrdan tashkil topgan tutamlarga o’xshaydi. Ularning ustini o’rab turuvchi lemmotsitlar ham yadrosi bilan yaxshi ko’rinadi. Faqat ularning chegaralari va mezaksonlari ko’rinmaydi. Miyelinsiz tolalardan impuls 64 ancha sekin - 1 m/sek tezlik bilan o’tadi.
Miyelinli nerv tolalari organizmda ko’p uchraydi. Masalan, periferik va MNS neyronlari miyelinli nerv tolalaridan tashkil topgan. Хarakterli tomoni shundaki, miyelinli nerv tolalarida o’q silindrlar, odatda, bitta bo’lib, o’ziga tegishli miyelin pardaga ega. Miyelin parda asosan lipidlardan tashkil topganligi uchun osmiy kislotada yaxshi bo’yalib, mikroskopda to’q jigarrang bo’lib ko’rinadi.
Miyelin qavati, odatda, nerv to’qimasining rivojlanishi davridan boshlab hosil bo’la boshlaydi. Bunda tolachalarni oldin lemmotsitlar ikki tomondan urab oladi, ya’ni mezakson hosil qiladi. Rivoj-lanishning so’nggi davrlarida o’q silindr atrofida miyelin qavat hosil bo’ladi. Uning ustidan esa lemmotsit hujayralari o’rab turadi. Ilgarilari bu pardani o’ziga mustaqil Shvann hujayralaridan tashkil topgan parda deyilar edi. Shvann pardasining ustidan bazal memb-rana bilan biriktiruvchi to’qima pardasi o’rab turadi-unga endonevriy deyiladi. Miyelinli nerv tolasidan impulslarning o’tish tezligi ancha yuqori- 70-100 m/s.
Hujayra (lotincha: cellula — „katakcha“) barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa koʻp hujayralidirlar (masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; oʻrtacha hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi esa 1 nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani ilk marta Robert Hooke 1665-yilda kashf qilgan.
Hujayra alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.
Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik toʻr, Golji kompleksi, lizosomalgr. Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik hujayrada boʻladigan membrana strukturalari — mikronaychalar, mikrofibrillalar hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.
Hujayra ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham hujayrada sintezlanadi. Hujayraning har qaysi organoidi faqat unga xos vazifani bajaradi. Masalan, eukariotlarda hujayraning nafas olishi faqat mitoxondriyalar membranalarida, oqsil sintezi — ribosomalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning hujayrastrukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (konveyer prinsipi)ni taʼminlaydi. Hujayraga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsipi ayniqsa DN K strukturasi uchun xos. Masalan, odam tuxumhujayrasining 61012g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. Hujayra ichida ionlarning muayyan konsentratsiyasi saqlanadi. Hujayra muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.
Oʻsimlik hujayrasi hujayra membranasi sirtidan qattiq qobiqbn qoplangan (qobiq jinsiy hujayrada boʻlmaydi). Hujayra qobigʻida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma oʻsimtalari orqali qoʻshni hujayra oʻzaro bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan hujayra qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b. moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq boʻlib qoladi. Oʻsimlik yogʻochining pishiqligi ana shu moddalarga bogʻliq. Ayrim oʻsimliklar toʻqimasi hujayralari ayniqsa juda pishiqHujayra devoriga ega boʻlib, hujayra halok boʻlgandan soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik funksiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan oʻsimlik hujayrasining bir necha yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, uglevodlar, organik kislotalar, alkaloidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi. Oʻsimlik hujayralari sitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor; Golji kompleksi esa sitoplazmada tarqalgan diktiosomalardan iborat.
Barcha eukariotlar hujayrasi bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular prokariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha hujayra membranasining funksiyasi ham oʻxshash. Hujayra tuzilishi va funksiyasining oʻxshashligi ular kelib chiqishidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi hujayra oʻlchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi hujayraning oʻzaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bogʻliq. Bir hujayralilar hujayrasining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin hujayra mitoxondriyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot hujayraning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.
Bir organizmning barcha hujayralari genomi potensial axborot hajmi jihatdan urugʻlangan tuxumhujayra genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan hujayra yadrosini yadrosi olib tashlangan hujayraga koʻchirib oʻtkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Koʻp hujayrali organizmda hujayra xossalari oʻrtasidagi farq genlar faolligining bir xil boʻlmasligi tufayli kelib chiqadi. Hujayraning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil hujayralar (nerv) qoʻzgʻaluvchanlik; boshqalari (muskul) miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega boʻlishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli hujayra) hazm qilish fermentlari va gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega boʻladi. Koʻpchilik hujayra koʻp funksiyali, masalan, jigar hujayrasi qon plazmasi va oʻt suyuqligi oqsillarini sintezlaydi; glikogen toʻplaydi va uni glyukozaga aylantiradi; yot moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha hujayrada umumiy funksiyaga ega boʻlgan genlar faol boʻladi. Shunday qilib, har xil hujayralar oʻrtasidagi oʻxshashlik belgilari ularni bir-biridan farq qiluvchi belgilarga nisbatan koʻproq boʻlib, kelib chiqishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayra toʻqimalarni hosil qiladi.
Metabolitlar va ionlar — hujayradagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsatib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari tufayli hujayrada hayot uchun muhim boʻlgan koʻp jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi.
Hujayralarning oʻzaro taʼsiri, nerv va gormonlarning hujayra faolligini oʻzgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar hujayraning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. Hujayra kulturasiga xos sunʼiy sharoitda hujayraning oʻziga hos koʻpgina xususiyatlari yoʻqoladi.
Eukariot hujayra mitoz orqali oʻz-oʻzidan koʻpayadi. Odam organizmidagi hujayra soni 1014. Ayrim toʻqimalarda hujayra soni hayot davomida doimiy boʻlib qoladi; faqat kam ixtisoslashgan hujayra boʻlinadi. Masalan, odam organizmida sutka davomida 70 milliard ga yaqin ichak epiteliysi hujayrasi, 2 milliard eritrotsit nobud boʻlib turadi. Bir qancha toʻqimalarda hujayra toʻliq ixtisoslashgan holda hujayra sikliga kiradi. Bunday hollarda mitoz hujayra boʻlinmasdan xromosomalarning 2 hissa ortishi bilan tugaydi (qarang Poliploidiya) yoki mitoz boshlanmasdan xromatidlar soni 2 hissa oshadi. Ayrim ixtisoslashgan hujayra yadrosi umuman hujayra sikliga kirishmaydi (masalan, neyronlar, skelet muskullari tolasi). Bunday hollarda hujayra hayoti organizm umrining uzoqligiga teng boʻladi. Odam hujayrasi oʻrtacha 1 — 2 kun (ichak epiteliysi) yashaydi. Barcha hujayralarda moddalar va struktura elementlari faol yangilanib turadi. Toʻqimalarni hosil qiluvchi beqiyos koʻp sonli hujayralardagi metabolitik va boshqaruv jarayonlarining oʻzaro bogʻlanganligi, ular tarkibining doimo yangilanib turishi koʻp hujayrali organizm organlarining nuqsonsiz ishlab turishini taʼminlaydi.



Download 58,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish