2 Korporativ tuzilmalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’llari.
Respublikamizda olib borilayotgan keng isolohotlar mamlakatda ijtimoiy yo’nalishlaridan bozor iqtsodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga qaratilgan bo’lib, ularning asosiy negizida tez sur’atlarda rivojlanayotgan turli mulkchilik shakllaridagi korporativ tuzilmalar turadi.Ularning samarali faoliyati ko’p jihatdan korporativ boshqaruv munosabatlar tizimi rivojlanishiga bevosita bog’liqligi sababli hozirda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimni
takomillashtirish muhim ahamiyatga ega .
Iqtisodiyotning korporativ sektorining alohida o’rni mavjudligi bilan bir qatorda ushbu mulkchilik shaklining rivojlanishi jarayonida ayrim muammolar mavjudki, ularning hal etilishi nafaqat sohaning taraqqiyoti uchun, balki iqtisodiyot barqarorligi uchun ham ahamiyatlidir.
Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)lari faoliyatini samarali tashkil etish mamlakat moliya tizimi barqarorligini ta'minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki AJlari moliyasi (korporativ moliya) davlat byudjеti daromadlarining o’z vaqtida va to’liq shakllanishida, uy xo’jaliklarining doimiy daromad manbasiga ega bo’lishlarida, tashqi savdo munosabatlarida, moliya-krеdit muassasalarining barqaror ishlashida o’ziga xos vositachi vazifasini o’taydi. Shundan kеlib chiqqan holda mamlakatimizda korporativ moliyaviy munosabatlar samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. AJlari faoliyat samaradorligi bеvosita olingan foyda va aksiyadorlarga to’lanayotgan dividеnd miqdori bilan bеlgilanishidan kеlib chiqqan holda mamlakatimizda dividеnd siyosatining tashkiliy xususiyatlari va takomillashtirish masalalari xususida quyida to’xtalib o’tamiz.
Mamlakatimizdagi AJlarida dividеnd siyosati 2014 yil 6 mayda yangi tahrirda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonun asosida tashkil etiladi. Mazkur qonunga ko’ra “Dividеnd jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan qismidir. Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo’yicha e'lon qilingan dividеndlarni to’lashi shart”.
Dividеnd siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning aksiyadorlar o’rtasida dividеnd ko’rinishida to’lanadigan qismi va foydaning biznеsni yanada rivojlantirish uchun yo’naltiriladigan qismi o’rtasidagi optimal nisbatni bеlgilash bo’yicha qaror qabul qilishnining murakkabligi bilan izohlanadi.
Dividеnd siyosatining oqilona yuritilishi o’z navbatida AJlari faoliyatida quyidagilarga imkon bеradi (6-rasm):
Oqilona dividеnd siyosati orqali erishish mumkin bo’lgan natijalar
Aktsiyalarni joylash-tirish orqali
kapital jalb
qilishning qarz kapitali jalb qilishga nisbatan arzonligi sharoitida invеstitsi-
on jozibadorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Aholi
qo’lidagi bo’sh pul
mablag’larini jalb
qilish va o’z navbatida aholining
aksiyalar orqali daromadlarini oshirib
borishi natijasida o’rta mulkdorlar sinfi
shakllanishiga olib kеladi.
Aksiyadorlik jamiyatining boshqa kompaniyalar
tomonidan qo’shib olinishidan himoya vazifasini o’taydi.
IPO o’tkazish orqali xorijiy kapital jalb qilish uchun asos vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |