Xulosa va takliflar.
Iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida mulkchilikning xilma-xil shakllarining vujudga kelishi hamda xo’jalik yuritishning zamonaviy usullarining joriy etilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil etish borasida muammolarni vujudga keltirdi. Bugungi kunning talabi nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo’lsak, asosiy e’tibor xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda audit borasidagi muammolarni bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarni takomillashtirishga qaratilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, u yoki bu shakldagi tekshirishni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun ichki audit xizmatini tashkil qilish va ichki audit xizmati ishlarining samaradorligini baholashni aniqlash juda zarur bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida bir qator omillarning ijobiy va salbiy ta’siri ostida bo’ladi. Omillarning salbiy ta’siri birgalikda ijobiy ta’sirni yo’qqa chiqarishi va aksincha bo’lishi mumkin. Xo’jalik sub’ekti faoliyat sohasini belgilab beruvchi ushbu omillarga moslashishga majburdir. Omillarning har qanday tavsifi muayyan maqsadlarga xizmat qiladi. Bozor sharoitlarida korxona bir vaqtning o’zida iqtisodiy munosabatlarning ham sub’ekti, ham ob’ekti bo’lib harakat qiladi, tegishlicha, u turli omillarning dinamikasiga ta’sir qilish imkoniyatlariga ega. Shundan kelib chiqib, korxonalarning boshqaruv xodimlari ishini tashkil qilishga, ularning kasbiy mahoratiga bog’liq ichki omillar ta’sirida dinamik rivojlanishi tendentsiyalarini e’tibor qaratilsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligining ichki omillariga aktivlarning holati va ularning aylanuvchanligini, moliyaviy resurslarning tarkibi va nisbatini, moliyaviy resurslarning paydo bo’lishi manbalarini kiritadi.
Ichki audit xizmatini tashkil etish va uni takomillashtirish quyidagi xulosa va takliflarga keltirib o’tdik:
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditning maqsadi, korxona xodimlarining qonuniy va me’yoriy hujjatlarga va kasb faoliyati standartlariga rioya etishni nazorat qilish, tomonlar manfaatlari o’rtasidagi nizolarni bartaraf etish, xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan operatsiyalarning xususiyatlari va qo’lamlariga mos ishonchlilikni ta’minlash hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatidagi xatarlarni kamaytirish yo’llaridan iboratdir.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida barcha aktsiyadorlarni huquqlarini tengligini ta’minlagan holda, ularga xizmat qiladigan ichki audit xizmati xodimlarining ob’ektivligi va mustaqilligini ta’minlash lozim.
Mulkdorlar va investorlarni qiziqtirgan bir savol mavjud bu ham bo’lsa, moddiy boyliklarining ahvoli va ulardan samarali foydalanilayotganligi, eng keraklisi undan qancha daromad olayotganligi qiziqtiradi. Ushbu holatdan kelib chiqib, ichki audit o’z tekshirishlari natijasini doimiy ravishda investorlarga ham oshkor etib borishi lozim, bu esa aktsiyadorlarning axborotlar olishini ta’minlaydi.
Ichki audit xizmati xodimlarini doimiy va barqaror ishlash uchun kuzatuv kengashi tomonidan imtihonlar, seminarlar va kerak bo’lsa o’zaro bahs munozaralar olib borishni tashkil etish, ichki auditor tomonidan aniqlangan kamchiliklar va suistimolliklardan kelib chiqib, ularga moddiy jihatdan rag’batlantirishlar olib borish va shu asosda kuzatuv kengashi tomonidan fond ajratilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida ichki nazorat tizimini samarali yuritilishida ichki audit xizmatining ko’lamini oshirish va uni baholash, ular tomonidan diomiy nazoratda turishini ta’minlash zarur.
Ichki auditorlik standartlarini hamda ichki auditorlarning axloqiy talabini me’yoriy xujjatlarga mos kelgan holda ishlab chiqish va amalda tadbiq etish lozim.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan aktsiyadorlarni huquqini ham himoya qilishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Aktsiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmatini mukammal joriy etsak, korxonalarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini to’g’ri va ishonarli yuritish, aktsiyadorlarga dividend to’lash tizimi, qimmatli qog’ozlar bozorini takomillashtirish, korxonalarning moliyaviy barqarorlikka erishishi hamda mamlakatimizda aktsiyadorlik jamiyatlarining samarali faoliyat yuritishida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |