Ichki audit oʼtkazishning maqsadi, vazifalari va ichki audit xususiyatlari
Ichki auditning asosiy jarayonlari rejalashtirish, dalil to’plash, natijalarni umumlashtirish,berilgan tavsiyalarning bajarilishi ustidan nazorat va paydo bo’lgan nomuvofiq holatlarni to’g’rilash hisoblanadi. Ichki auditning asosiy xususiyatidan biri uning oldindan puxta tuzilgan reja asosida olib borilishidir. Buning uchun korxona - tashkilotning ichki auditga bo’lgan zaruriyatlarini o’rganish va quyidagi bosqichlarni amalga oshirish kerak bo’ladi:
Ichki auditni rejalashtirish. Bu bosqichda quyidagi ishlar tartib bilan bajarilishi lozim:
tekshiruvga tayyorgarlik;
tekshiruvni o’tkazish rejasi va dasturini tuzish.
Ichki auditni o’tkazish. Tekshiruv jarayoniga ichki auditorlarning ishtiroki shunday rejalashtirilishi kerakki, u
ishni joyida tashkil qilish;
kutilmagan inventarizatsiyani o’tkazish;
tekshirilayotgan ob’ektni tekshirish;
xo’jalik muomalalarini hujjatli tekshirish (zarur hollarda ekspertlarni jalb qilish);
tekshiruvning boshqa jarayonlarini amalga oshirish.
Ichki audit hisoboti – tekshiruvning yakuniy bosqichi va u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
tekshiruv materiallarini bir tizimga keltirish;
tekshirilayotgan ob’ektning mas’ul shaxslari roziligi va imzosi bilan tasdiqlangan tekshiruv hisoboti hujjatlarini tuzish;
kuzatuv kengashiga tayinlangan mas’ul shaxslarning tekshiruv natijalari haqidagi axboroti.
Keyingi auditorlik tekshiruvini o’tkazish – bu kelgusi hisobot davri uchun amalga oshiriladigan jarayon bo’lib, u quyidagilarni ta’minlashi zarur:
Xatolarni, kamchiliklarni, noaniqliklarni bartaraf etish;
Bartaraf etilishi lozim bo’lgan kamchiliklar yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Ichki auditning bosqichma-bosqich rejalashtirilishi ichki audit xizmati ishining qay darajada olib borilishiga bog’liq.
Ichki audit tekshiruvining ikki xil modelini ajratib ko’rsatishimiz mumkin: gorizontal va vertikal. Birinchi model faoliyatning alohida turini, talab qilingan menejment tizimi bilan qay darajada muvofiqligini va uning natijalari samarasini baholashda foydalaniladi. Vertikal ko’rinishdagi model kompaniyaning alohida bo’limlari faoliyati muvofiqligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shuni aytib o’tish lozimki, har ikkala model orasida gorizontal model ko’p mehnat talab qiladigan va uzoq davom etadigan jarayon va shu bilan birga muhim ahamiyat kasb etadi. U talab qilingan tekshiruv ob’ektida turli xil bo’limlarning va undagi mas’ul shaxslarning faoliyati birgalikda qamrab olib tekshiradi. Bundan tashqari, gorizontal tekshiruv bo’limlararo aloqalardagi to’siqlarni cheklab, menejment tizimi ishtirokchilarini bir-biriga ta’sirini kengaytiradi.
Ichki auditni o’tkazishda eng muhim bosqich rejalashtirish hisoblanadi. Rejalashtirish auditning har bir bosqichi kabi xujjatlashtiriladi. Rejalashtirish bosqichida foydaniladigan va korxonada ishlab chiqilishi mumkin bo’lgan hujjatlarni ko’rib chiqamiz.
Ichki audit xizmatining rahbari foydalanadigan asosiy hujjat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja hisoblanadi. Ushbu reja faoliyat turlari ahamiyati va jarayonlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zarur. Mazkur rejada birinchi darajali e’tibor kompaniyaning maqsadlariga erishishida turtki bo’luvchi, shuningdek, kompaniya uchun xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari va jarayonlarga qaratilishi zarur.
Asosiy jarayonlar quyidagilar hisoblanadi:
iste’molchilarning kutilayotgan talablarini o’rganish;
xaridlarni boshqarish;
iste’molchilar bilan o’zaro harakatlar va mahsulotlar sotilishini o’rganish;
xodimlarni tayyorlash va ularning vakolatliligini baholash.
Asosiy jarayonlarni bir tartibda qo’yish va alohida jarayonlarning korxona yakuniy natijalariga qay darajada ta’siri darajasi yoki ekspertchilar tomonidan baholashlar natijasida bajariladi.
Kritik jarayonlar deb tashkilotga taalluqli bo’lmagan yoki faoliyat samaradorligi uchun haqiqiy yoki salmoqli xavf keltirishi mumkin bo’lgan talablarga rioya qilmaslik jarayonlariga aytiladi. Bu jarayonlar tuzatuvchi yoki ogohlantiruvchi harakatlar sifatida zudlik bilan aralashuvni talab qiladi va alohida nazorat ostida turmishi zarur. Auditning yillik rejasi asosida alohida soha yoki kompleks auditorlik tekshiruvining kalendar grafigi tuziladi. Auditning yillik rejasi asosida har bir tekshirish uchun ichki audit rejasi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |