Tadqiqot manbalari. “Qutadg’u bilig” dostoni va uning ustida qilingan tadqiqotlardan iborat.
Ishning maqsad va vazifalari:
“Qutadg’u bilig”dagi mavjud janrlarning asosiy xususiyatlarini o’rganish, shu asosda turkiy xalqlar yozma poeziyasidagi ayrim janrlar genezesini tadqiq etish;
Yuqoridagilar asosida Yusuf Xos Hojibning badiiy mahorati va turkiy xalqlar adabiyoti tarixida tutgan o’rnini ko’rsatish.
Ishning amaliy ahamiyati va undagi ilmiy yangiliklari: Ishdan talaba va o’quvchilar “Qutadg’u bilig” asarining janr xususiyatlari hamda badiiy mukammallik prinsipini aniqlashda qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
Asardagi ba’zi janrlar alohida ajratib olinib, chuqurroq tahlil qilindi, devondagi she’rlarning vazn masalasiga aniqlik kiritildi, qofiya xususiyatlari ko’rsatib o’tildi, asarning badiiy mukammalligini ta’minlagan vositalar va ularning mutanosibligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |