Mundarija: Kirish i-bob. Yaponiya sanoati rivojlanish tarixi


Kurs ishining amaliy ahamiyati



Download 271,52 Kb.
bet3/8
Sana11.07.2022
Hajmi271,52 Kb.
#777913
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaponiya sanoati

Kurs ishining amaliy ahamiyati: Kurs ishi ma’lumotlaridan O’zbekiston qishloq xo’jaligini rivojlantirish va zamonaviy agrotexnikalardan foydalanish mumkin.
Kurs ish hajmi: Ishning umumiy hajmi 28 betdan iborat. Kirish. Asosiy qism, unda 1 ta jadval va 8 ta rasm mavjud, xulosa
I-Bob. Yaponiya sanoati rivojlanish tarixi
1.1. Yaponiya sanoatining rivojlanish tarixi
Birinchi galda Yaponiyada to’qimachilik sanoati tez rivojlandi. 1890- yilda u barcha sanoat tarmoqlarining 45 foizini tashkil etdi. 1868—1885- yillarda davlat hisobidan 1300 sanoat korxonasi qurildi. Ular dastlab badavlat sanoatchilarga ijaraga berildi. Keyinroq esa sanoat korxonalari o’z narxining yarmiga, hatto 10—15 foiziga xususiy qilib sotiladigan bo’ldi.
Natijada, Mitsuiva Mitsubisi, Sumitomo, Yasuda, Furukava, Kavasaki, Tanaka, Asano kabi bank egalari yirik sanoat korxonalarining egalariga aylandilar. Yaponiya sanoat va capital sohalarida o’sha davrdagi Rossiyadan o’n barobar tezroq rivojlanmoqda edi. Yapon kapitalizmi ko’proq bank kapitalizmi tusini oldi.
Sanoat markazlashuvi va ixtisoslashuvidan ko’ra bank sarmoyalarining markazlashuvi tezroq bordi. Islohotlar davri, sanoatda yangilanish jarayoni kapital jamg’arish bilan barobap davom etdi. Mablag’larni savdo, transport va banklarga solish ko’proq foydali bo’lib qoldi.
Yaponiyada monopolistik kapitalizm feudal monarxiya qoldiqlan bilari chirmashib ketdi. Bujihatdan Yaponiya Rossiyaga o’xshab ketardi.
Angliya, Fransiya, AQShdan farqli o’laroq, Yaponiyada hokimiyat burjuaziya qo’lida bo’lmay, balki pomeshchik-burjuaziya bloki qo’lida edi.
Yaponiya Xitoydan kontributsiya tariqasida olgan katta miqdordagi tovon pulini armiya va flotni kuchaytirishga sarfladi. Harbiy buyurtmalar yuzasidan qiladigan hisob-kitoblar natijasida bu mablag’lar yirik sanoat va temiryo’llarga sarflanadigan bo’ldi. Yaponiya hukumati og’ir industriyani rivojlantirishga alohida e’tibor berdi.
1900—1913- yillarda sanoat ishlab chiqarishi AQShda 85 foiz, Germaniyada 54 foiz, Fransiyada 51 foiz, Angliyada 25 foiz o’sgan bo’lsa, Yaponiyada 181 foiz o’sdi. U ishlab chiqarish bo’yidia Italiyadan o’zib ketib, Fransiyaga yaqinlashdi. Mamlakatda sanoat, savdo-sotiq va banklar konsentratsiyalashib, monopoliyalar vujudga keldi.
Yaponiyada yangi islohotlar tezkorlik bilan ro’y berdi. Sanoat rivoji o’z natijasini ko’rsata boshladi.
Kapitalizm taraqqiyoti dehqonlarning yerdan ajralishi bilan birgalikda bordi. 1883- yilda 33 ming dehqon yerdan ajralgan bo’lsa, 1885- yilga kelib bu raqam 108 mingga yetdi. Natijada, ular shaharga ketib, yollanma ishchilarga aylandilar. Sanoat egalari yangicha, ilg’or ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yib, mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa boshladilar. Sanoat korxonalarining soni yildan yilga ko’payib bordi.
Lekin ishchilarning ish haqi juda past edi. Ish vaqti 15—18 soat davom etardi. Korxonada texnika xavfsizligiga javobgarlik yo’q edi. Buning ustiga yapon ishchilari va mehnatkashlari na siyosiy, na ijtimoiy huquqlardan foydalanar edilar. Bunday sharoit, albatta, norozilikka sabab bo’lar edi. Bu holat 1881 -1896- yillar orasida Yaponiya mehnatkashlarinlng bir qator kasaba uyushmalari tuzilishiga olib keldi.
Yaponiyajamiyatining ilg’or qatlami 1872— 1882- yillarda vakolatli parlament tizimi o’rnatish uchun kurashdilar. Hukumat 1878- yilda prefektura (viloyat)larda mahalliy o’z-o’zini boshqaruvni joriy qilishga majbur bo’ldi. 1881- yilda Imperator parlament tuzishga va’da berdi.
Iqtisodiy islohotlar burjuaziyaning o’sishiga va siyosiy Jihatdan kuchayishiga sabab bo’ldi. Burjuaziya davlatga rahbarlikni o’z qo’liga olishni da’vo qila boshladi.
Yoqilg’i-energetika sanoatida gidro, geotermal, quyosh, dengiz elektr stansiyalari ham o‘z hissasini qo‘shsalar-da, asosiy ishni import yoqilg‘ilar asosida ishlaydigan IES va AES lar bajaradi. Mamlakat har yili 200 mln. t. ga yaqin neftni import qiladi. Shu sababli Yaponiya elektr energetikasida tobora AES lar hissasi ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 30 dan ortiq atom elektr stansiyalari qurilgan. 2003 yilda 950 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarildi.
Metallurgiya sanoati. Yaponiya po‘lat ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra jahonda (Bir yilda 90 mln. tonnadan ortiq) yetakchilik qilmoqda. Taraqqiy etgan organik sintez kimyosi korxonalari kabi metallurgiya markazlari ham asosan, dengizbo‘yi hududlari bo‘ylab marjon kabi tizilgan holda joylashgan.
Avtomobilsozlikda Yaponiya ulkan yutuqlarga ega. U yiliga 12 - 13 mln. dan ortiq avtomobillar (shuning 8 mln. dan ortig‘i yengil avtomobillar) ishlab chiqaradi va jahonda birinchi o‘rinda turadi.
Hozirgi davr Yaponiya iqtisodiyotining faxri va ramzi elektronika sanoati ekanligini butun olam biladi. Ayniqsa, radioelektronika sanoati — rangli televizorlar, videomagnitofonlar, radiotexnika vositalari ishlab chiqarishda ustunlikka ega.
Qishloq xo‘jaligi yuqori rentabelligi va mehnat unumdorligi bilan ajralib turadi. Ishlov beriladigan yerlar umumiy maydonining 11 foizini tashkil qilganligi uchun Yaponiyada qadimdan ekin maydonlaridan tejamkorlik bilan foydalanishga o‘rganishgan.
Yaponiya dehqonchilik mamlakatidir. Uning yetakchi tarmog‘i dehqonchilikdir. Don xo‘jaligida sholikorlikning o‘rni alohidadir. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga yaqinida ekiladi va yiliga 10 – 12 mln. t. sholi tayyorlanadi. Shuningdek, bug‘doy, soya, turli sabzavot va bog‘dorchilik tarmoqlari ham ancha ahamiyatli.
Aviasozlik.1962 yil mamlakatda birinchi fuqarolar (tijorat) samolyoti qurildi.
2003 yili Yaponiyada aviatsiya sohasini rivojlantirish bo'yicha 428 million dollarlik hamda 2008 yilgacha mo'ljallangan milliy dastur qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida hukumat "Mitsubishi Heavy Industries" bilan hamkorlikda birinchi milliy reaktiv yo'lovchi avialayneri ustida ish boshladi.
Energetika. 2006 yil ko'rsatkichiga binoan, umumiy elektroenergiya ishlab chiqarishning 30%i Yaponiya AESlari hissasiga to'g'ri keldi. Mamlakat yadro yoqilg'isining 60%ini Avstraliya va Kanadadan oladi. Yaponiya iste'mol qiladigan uranning umumiy miqdori 8,7 ming tonnani tashkil etadi.
Yaponlar go‘sht va sut mahsulotlari iste‘mol qilishda yevropaliklardan qolishmaydi, Bu holat mamlakatda chorvachilikning rivojlanishiga katta e‘tibor berishni talab etadi. Hozir unda chorvachilikning qoramolchilik, cho‘chqachilik, broyler parrandachiligi, hovuz baliqchiligi, pillachilik kabi tarmoqlari yaxshi rivojlangan.
Ichki yuk tashish hajmiga ko‘ra avtomobil va temiryo‘l transportlari eng katta mavqega ega. Mazkur tarmoqlar texnik imkoniyatlari va elektrlashish darajasiga ko‘ra jahonda ko‘pgina rivojlangan davlatlarga nisbatan ustunlikka ega. «Poyezdo‘q» deb nom olgan «Sinkansen» tezyurar ekspress poyezdi 1100 km masofada Kyusyu orolidagi Fukuokidan Xonsyu orolining shimolida joylashgan Aomorigacha bo‘lgan oraliqdagi barcha yirik shaharlami bir-birlari bilan bog‘laydi.
Yaponiyada inflatsiya ko‘rsatkichi
Tinch okean sanoat mintaqasi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan rayon bo‘lib hisoblanadi. Bu mintaqa Tokio qo‘ltig‘idan Osaka qo‘ltig‘igacha cho‘ziladi. Aslida Tokaydo megalopolisini tashkil qilgan bu hududning relyefi nisbatan tekis. Bu tekislik Tinch okeani bo‘ylab o‘rtacha 15 — 65 km. li tor yo‘nalishda 600 km. dan ortiq masofaga cho‘zilgan.
Yaponiyaning asosiy sanoat rayoni hisoblangan bu hudud mamlakat umumiy maydonining 1/3 qismini tashkil qiladi. Unda mamlakat aholisining 65 foizi joylashgan. Bu rayonda elektr energetikaning 70 foizi, metallurgiya mahsulotlarining 80 foizi, iste‘molga tayyor sanoat mahsulotlarining 85 foiziga yaqin qismi ishlab chiqariladi.
Mamlakatning rivojlanish darajasiga ko‘ra ikkinchi rayoni Xonsyu orolining janubiy va Kyusyu orolining shimoliy qismlaridir. Rayonda o‘zining rivojlanish darajasiga ko‘ra faqat Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu) sanoat aglomeratsiyasi yuqori darajada rivojlangan metallurgiya va og‘ir mashinasozlik sanoatlari bilan ajralib turadi.
Yaponiyaning uchinchi rayoni Kyusyuning janubiy qismi va butun Sikoku hamda Xokkaydo orollaridir. Rayonda sanoat rivojlanish darajasiga ko‘ra Sapporo sanoat aglomeratsiyasi ajralib turadi. Xokkaydo eng awalo, ko‘mir va baliqni qayta ishlash sanoatlari bilan tanilgan bo‘lsa, Sikoku va Kyusyu hududlarida qishloq xo‘jaligining ahamiyati yuqori.



Download 271,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish