Mundarija kirish I. Bob xalq milliy o’yinlari markazining ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi faoliyati


Milliy harakatli o'yinlar va ularning darsda qo`llanishi



Download 0,67 Mb.
bet6/6
Sana11.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#778106
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulatif eng zori

1.5 Milliy harakatli o'yinlar va ularning darsda qo`llanishi
Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog'lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil bo'lib hisoblanadi. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urfodatlari, an'analari jamlangandir.
Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, o'sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabrtoqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
• xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
• milliy o'yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urfodatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
• xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
• bolalarning o'ynashlari uchun shartsharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;
• maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlari va musobaqalar o'tkazish.
Milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
l—2yoshli bolalar bilan o 'ynaladigan o 'yin turlari. «Barmoqqabarmoq», «G'ozg'oz», «G'oz tursin», «Bo'pbo'p», «Toytoy», «Poyezd», «Achomachom» o'yinlari go'dak endi birikki qadam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
3—4yoshti bolalar bilan o 'ynaladigan o yin turlari: «Ot o'yin», «Kesak qo'ydi», «Ko'z boylagich», «Choriy chambar», «Avvalakam», «Tayoq irg'itish», «Quloq cho'zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdiuchdi».
4—5yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o'yin», «Ko'pkari», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor girgir aylan».
Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do'ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi ko'k terak». Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o'zo'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga tayyorlanib boriladi.
Xalq harakatli o'yinlarini tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.
2. O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e'tibor berish.
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochirmaslik.
4. O'yinlarni ijtimoiyfoydali mehnat bilan bog'lagan holda hayotga tatbiq etish.
5. O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.
6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e'tiborli bo'lish.
O'zbek xalqining ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, asosan, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug'ullanib boriladi. Bu o'yin­lar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so'zlarning uyg'unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan, «Barmoqlar», «Sichqonsichqon» o'yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasavvurlari o'sib boradi. Xalqimizda «Bolaning ilonni changallaydigan davri» degan ibora bor. Bu hikmat bola hali qo'rqish hissini bilmaydigan davrida, ya'ni yaxshiyomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo'llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqonsichqon» o'yini qo'l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan «sichqon»ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. «Sichqon»ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to'g'risida tasavvur hosil qilishga ko'maklashadi. Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «AIla», «Ajiaji», «Boylandi», «Chapakkaxochapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faoUashadi. Bolalarning nutq faolligini o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalaniladi.
Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundimundi», «Bulbulimbulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana, xalqimizda azalazaldan o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar halihanuzgacha bolalar orasida «tinchlik — yarashuv» timsoli sifatida qo'llaniladi. Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq, U olavermadi har choq. Toychog'imni kirn olsa, Men u bilan chin o'rtoq.
Yalinchoqyalinmachoq,
Pista po'choq.
Prezidentimiz Sh. Mirziyayev yosh avlod tarbiyasiga katta ahamiyat berib, Shunday degan edi; “ yosh avlodni tarbiyalash biz uchun eng asosiy vazifadir” Shundan kelib chiqib, hozirgi vaqtda O’zbekiston pedagogik jamiyati tarbiyaning odatiy bo’lgan shakllari va usullarini izlab topish, o’sib borayotgan avlodda mustahkam umuminsoniy ishonch va qarashlarini shakillantirish; shaxsda milliy madaniyat va milliy qadriyatlarni hurmat qilish,avaylab asrash tuyg’ularini o’stirishga diqqatiniqarratmog’imiz lozim.
Xalqimiz ko’psohalarda millatchilikda ayblanib urf-odati va an’analari ta’qiqlab kelindi. Masalan: o’zbek milliy o’yinlarining uynalishiga yo’l qo’yilmadi.
Ta’kidlaganimizdek, har bir halqning sevimli milliy o’yinlari bo’lgani kabi, o’zbek xalqining ham o’yinlari bo’lgan.
Ularning yaratilishi tarixi uzoqlarda borib taqaladi. O’zbek xalqi milliy o’yinlarining yaratilishi halqning yashashi, mehnati, o’z-o’zini himoya qilish ehtiyojidan kelib chiqadi.
Bu o’yinlar inson tarbiyasiga, sog’ligiga ijobiy ta’sir etib kelgan. O’z zamonasiga kuch va qudrati bilan butun dunyoni qoyil qoldirgan buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur “Tadbirkor, baquvvat, ishjoatli bir kishi ming kishidan afzal”- deb aytgan edi.
Milliy o’yinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni o’stiruvchanligi, chidamlilikka o’rgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar o’yinlaridan tubdan farq qiladi.
Halqimiz orasida har bir faslga mos o’yinlar mavjud bo’lib o’ynalib kelingan.
O’zbek milliy o’yinlari hatiyligi, har tomondan yaratilganligi uchun xam katta-yu kichik va hatto xotin-qizlartomonidan sevib uynalgan. Ota-bobolarimiz o’z farzandlarini qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, qurqmaslik ruxida tarbiyalab uni yechishga o’rgatganlar.
Ko’p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib o’z farzandlariga badan tarbiya va aqliy o’yinlardan foydalanish yo’l yo’riqlarini ko’rsatganlar Og’ir mehnatdan keyin kishilar bir joyga to’planishib turli milliy o’yinlar bilan mashg’ul bo’lganlar, dam olganlar .
Bu o’yinlar ular kayfiyatlarini ko’targan, tetiklashtirib kuch to’plaganlar. Ayniqsa bahorgi va kuzgi fasllarga mos bo’lgan o’yinlarni butun-butun qishloqlar uynashib, o’zlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu o’yinlar hosil bayramlarida. Sayl va to’ylarda tantanali ravishda o’tkazilgan. Eng kuchli qurqmas botir chaqqon ishtirokchilar taqdirlangan va sovrinlar olgan. Bu esa o’zbek badantarbiya o’yinlarining rivojlanishiga katta yo’l ochib bergan.
Yuqoridagi fikirlarga asoslanib, o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida halq pedagogikasi tajribalari, jumladan, milliy halq o’yinlari yoshlarning xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita, asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
Milliy harakatli o’yinlardan foydalanish jarayonida boshlang’ich maktab o’quvchilarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:

  1. Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va

o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.

  1. Bolalar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali

jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar.

  1. Milliy o’yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.

  2. Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi.

Xulosa
Xalq milliy o'yinlari inson kamoloti va yoshlar tarbiyasida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Shu sababdan, o'quvchi yoshlaiga xalq milliy o'yinlarining ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlarini chuqurroq singdirish zamrdir.
Milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar.
Bizning fikrimizcha, milliy xarakatli o’yinlarni hamma fazilatlar, qobilyatlar, sifatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda aqliy va xarakat ko’nikma hamda malakalarining shakllanishida asosiy o’rinlarni egallaydi.
Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining quyidagi asosiy vazifalarini bajarishda ham xalq milliy o’yinlarining roli va o’rni nihoyatda katta ekanligi ko’rinadi:

  1. Sog’liqni mustahkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish.

  2. O’quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigiyenik bilim va ko’nikmalarni singdirish.

3. O’quvchilarda harakat malakalarini va ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o’rgatish.

  1. Yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish.

  2. Botirlik, qattiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, do’stlik hissini madaniy hulq ko’nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash.

  3. Turganda va yurganda qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirish.

  4. O’quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo’yicha muntazam mashg’ulotlarga barqaror qiziqish va ko’nikmalarini tarbiyalash.

  1. O’quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi jismoniy madaniyat faolini tayyorlash.

Milliy o’yinlar 7-8 yoshli bollarga mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturidagi mashqlar bilan qo’shilib borilganda jismoniy sifatlar rivojlanishi aniqlandi.
Tajriba xalq milliy o’yinlarni jismoniy tarbiya darslariga kiritish uchun:
-ularni turkumlarga bo’lish;
-jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qarab tanlanishni;
-yilning fasllarida qo’llaniladigan o’yinlarni aniqlash zarurligini isbotladi;
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev bir necha bor ta`kidlaganidek, milliy qadriyatlarimizni, sharqona pedagogikani tiklash hozirgi kunning o`ta dolzrab vazifasidir.
Adabiyotlar:

1. Usmonxo’jayev T.S, Melliyev X Milliy harakatli o’yinlar.2000.


2. Xo’jayev F, Rahimqulov K.D, Nigmanov B.b. Sport va harakatli o’yinlar o’qitish metodikasi.2008.
3. Salimov G Milliy harakatli o’yinlar asosida 7-10 yoshli o’quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish. 2007.
4. Raximqulov K.D “Milliy harakatli oyinlar “O’quv qollanma T. 2012.
5. Safarov O. O’zbek xalq o’yinlari.-T. “sharq”, 2013.
6. Rahimqulov K. Milliy harakatli o’yinlar.-T 2007.
Internet saytlari
1.WWW.PEDAGOG.UZ
2. www.ziyonet.uz
3. www.yandex.uz
4. www.edu.uz
5. www.tdpu.uz
6. www.nadlib.uz


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish