Mundarija kirish I. Bob xalq milliy o’yinlari markazining ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi faoliyati


Milliy harakatli o`yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o`rni



Download 0,67 Mb.
bet5/6
Sana11.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#778106
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulatif eng zori

1.4 Milliy harakatli o`yinlar va ularning bola tarbiyasida tutgan o`rni.
Mustaqilligimiz sharofati tufayli milliy qadriyatlarimizni tiklashga milliy o`yinlarning o`rni juda katta.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 14 fevral 64-F raqamli farmoyishiga binoan “Milliy sport turlari va o`yinlarini rivojlantirish muammolari” mavzuidagi Respublika konferensiyasishu yili 29-30 oktyabr kunlari o`tkazilishi munosabati bilan Samarqand viloyati “Mehnat rezervlari” ning milliy sport turlari va o`yinlarini rivojlantirish muammolari haqida tezislar.
a) milliy sport o`yinlari bolalarni kichik yoshidan boshlab jismoniy, aqliy va axloqiy qilib tarbiyalashning muhim vositasi sifati qaraladi.
Milliy sport o`yinlari bilan o`tmishda ota-bobolarimiz bolalarni 2-3 yoshdan shug`ullantira boshlaganlar. Ulug` bobokalonimiz Amir Temur davrida o`g`il bolalarga ot minish, chavandozlik bilan shug`ullanish 3 yoshdan o`rgatilganligi ma`lum. 2-3 yoshdan suzish bilan shug`ullanib, suv hovuzi ustidan tortilgan arqondan yurishga bo`lajak darvozlarni juda kichiklikdan o`rgatganlar.
O`g`il bolalar o`z aka-ukalari, mahalladosh, o`rtoqlari bilan kurash mashqlarini xuddi shunday kichik yoshlardan boshlaganlar. Qiz bolalar esa “Arg`imchoq” , “Tortishmachoq”, “Oq terakmi, ko`k terak”,“Bekinmachoq” , “otib qochar” va shunga o`xshash otaliqqa, onalikka, mehnatga tayyorlovchi milliy sport bilan juda kichiq yoshlaridan boshlab shug`ullanishga jalb qilganlar.
b) Milliy sport va o`yinlar sog`liqni saqlash, kasb-korga bog`liq kasalliklardan himoyalanishning sinalgan vositasi ekanligini hech kimga uqtirib o`tirishning hojati bo`lmasa kerak.
CHidamlilik, zukkolik, ziyraklik, chaqqonlik va hakozo kabi yaxshi fazilatlar sport orqali va xususan milliy o`yinlar orqali bolada rivojlanishi ota-bobolarimizga qadim-qadimdan ma`lum. Turon zaminida yashab kelgan avlod ajdodlarimiz milliy o`yinlarini e`zozlashganlar va katta e`tibor berib kelishlari hech kimga sir emas.
Jismoniy tarbiya va sport kishining hayotiy istiqbol yo`lini nurli qilishga yordam beradi.
Sog`lom va kuchli bo`lish inson uchun bebaho boylik. Sog`lom odam hayot yo`lini topadi, belgilangan orzu-umidlariga mehnati bilan erisha oladi.
Milliy o`yinlar orasida insonni ma`lum kasalliklardan himoya qilgan (profilaktika) yoki shunday kasallik alomatlari sezilganda ulardan qutilishga ko`maklashadiganlari ham ko`p.
Ma`lumki tikuvchilar, do`ppido`zlar, maxsi tikuvchilar ma`lum nuqtaga muttasil ko`zlarini qadm ish bajaradilar. Ko`z mushaklari ish davrida chegaralangan darajada harakat qiladi.
Xuddi shuningdek, muttasil o`qish, yozish bilan shug`ullanuvchilar ko`rish imkoniyatini xavf ostida qoldiradilar. Halq donishmandligi bunday faoliyat bilan bilan shug`ullantiruvchilar uchun “Besh to gimnastikasi” o`yinlarini yaratgan va shug`ullanishga odatlantirgan.
Buhs ikki kishi o`rtasida bo`ladi. O`yin xontaxta ustida yoki stolda bajariladi.
O`yin ishtirokchilari qadlarini rostlab, stol yoki xontaxtaning ikki tomonida o`tiradilar. O`yin uchun 5 ta o`rtacha danak kattaligidan tosh olinadi.
Toshlarni kaftga olib, bir yarim qarich balandlikka otiladi, to tosh tushguncha qadar qo`l kafti orqaga o`giriladi, keyin qo`l orasidagi toshlar yuqoriga irg`itilib, kaft bilan ilib olinadi va hakazo.
O`pka faolitini yaxshilash, uning sig`imini oshirish maqsadida “zuv” o`yini o`tmishda keng tarqalgan edi.
O`yinda uch kishi ishtirok etadi. O`yin uchun zarur asbob-bo`sh gugurt qo`tichasi yoki kattaligi barmoqdek 2 yog`ochni plyus shaklidagi marra belgisi “Zuv” o`ng qo`lini yelka balandligida ko`tarib tashlash belgi qiladi.
Har bir o`yinchi startda o`pkasini to`ldirib nafas oladi, lablarini qisib “Zuv” degan ovoz chiqarib iloji boricha tezlik bilan oldinga qarab intiladi.
Bu o`yinlar bilan shug`ullanganlar iqlim keskin o`zgarganda shamollash kasalligini bilmaganlar va hokazo.
g) milliy sport va o`yinlar bilan muntazam shug`ullanish ishchanlik muddatini uzaytiradi, qiyinchiliklarni chidam bilan yengishga va oilaviy ahillikni mustahkamlaydi, oila boshiga tushgan qiyinchilik, g`am-g`ussani yengishga katta ahamiyatga ega. Harakat va fikrlashdagi tezkorlik hayotning hamma holatida faoliyatdan kuzatilgan unumdorlikni oshiradi va uning mahsuloti sifatli bo`lishini ta`minlaydi.
d) is`tedodli bolalar kamolotida, o`z shaxsiy g`ururini anglab olishda, xilma-xil ijobiy sifatlarni to`la ro`yobga chiqarishda milliy sport va o`yinlarning tutgan o`rni benihoyat kattadir.
Sharqona pedagogika bolalarning yoshiga moslangan tarbiyaning tajribada ko`p martalab sinalgan ajoyib vositalarini ishalb chiqfqan amalga oshirgan.
Halqimiz orasida o`tmishda tarqalgan milliy o`yinlar va milliy sport turlari iste`dodli bolalar kamolatida katta o`rin tutgan.
e) Milliy sport va o`yinlar tartib, insof sohiblarini va o`z ahdida vafoli bo`la oladigan kishilarni tarbiyalaydi.
Milliy qadriyatni tiklashda katta ahamiyat berilayotgan hozirgi davrda milliy sport o`yinlarning ahloq-odobli insofli va ahdiga vafoli kishilarni tarbiyalashda , sahiylik har doim boshqalarga ko`mak berish kabi sifatlarni rivojlantiruvchi xillari ham ko`p. “Savob” o`yinlari yo`l, ko`prik masjid-madrasa, irrigatsiya tarmoqlari va shunga o`xshash inshootlarni tuzatish va ta`mirlashda xizmat qilgan.
j) milliy sport va o`yinlari aholi yashash joylari mahallalar va qishloq joylarida keng yoyishda erishilgan ijobiy tajribalar Samarqand viloyatida juda ko`p.
Bulardan, birinchi navbatda O`zbekistonimiz tanilgan “Obi mashhid” mahalasi yaqqol misol bo`lib xizmat qiladi.
Bu yerda yoshlarda sport bilan va shu jumladan, milliy sport va o`yinlari bilan shug`ullanishda keng sharoit yaratib berilgan va bu mahallaning yoshlari uchun sport borasida qilingan ishlar O`zbekistonimizda namuna va tajriba almashish uchun keng tarqalgan.
z) sog`lom avlod tarbiyasida Samarqand viloyati umumta`lim maktablari milliy sport va o`yinlarini targ`ibot qilishda talaygina natijalarga erishmoqdalar.
Viloyatimizda yoshlar orasida milliy sport va o`yinlarni keng targ`ibot qilishla umumta`lim maktablarining o`rni beqiyosdir.
i) sog`lom avlod tarbiyasida oliy. O`quv va hunar texnika o`quv yurtlari milliy sport va o`yinlarni keng targ`ib qilishda kkatta e`tibor berib kelmoqdalar.
k) sobiq davrida milliy qadriyatlarimiz va shu bilan bir qatorda milliy sport va o`yinlarga katta e`tibor berilmoqda.
O`zbekiston Respublikamiz mustaqilligiga erishgandan beri milliy qadriyatlarimizga milliy sport va o`yinlarga katta e`tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida ta'kidlaganidek, har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida milliy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, kelajak avlodga bekamu ko‘st yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, an'ana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq o‘yinlarini qayta tiklashga katta e'tibor qaratildi.
Sportning an'anaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari ham tobora rivojlanib borayotir. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari o‘rtasida jahon chempionati muntazam o‘tkazib kelinayotgani O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini g‘ururga to‘ldiradi. Aslida biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda ko‘p. Ularning orasida “Turon” kurashi, O‘zbek jang san'ati, uloq, ko‘pkari, chovgon, belbog‘li kurash va kamondan o‘q otish alohida e'tiborga molik. Ayniqsa, oxirgi yillarda O‘zbek jang san'atiga bo‘lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi milliy ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, ularning o‘tkir zehnli va ko‘rkam qaddi-qomatli bo‘lib ulg‘ayishlarida muhim o‘rin tutadi.
T arixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ota-bobolarimiz azal-azaldan insonni jismonan chiniqtiruvchi, salomatlikka ijobiy ta'sir etuvchi mashqlarga jiddiy e'tibor qaratishganini ko‘ramiz. Masalan, ko‘pkari musobaqasi har bir ishtirokchidan chavandozlik mahoratidan tashqari jismoniy kuch, o‘tkir zehn va yetti o‘lchab bir kesish salohiyatiga ega bo‘lishni talab qiladi. Ajdodlarimiz shunga mos ravishda tayyorgarlik ko‘rib, ham ruhiy, ham jismoniy o‘sishga erishganlar. Umuman olganda, milliy sport turlarining barchasi ota-bobolarimizning yashash tarzi, madaniyati va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda rivojlangan. O‘sha kezlarda kimdir chavandoz, kimdir qilichboz, yana kimdir mergan sifatida tanilgan. Shuningdek, turli o‘yinlar va mashqlar tufayli ajdodlarimizda har qanday holatdan olib chiqadigan chaqqonlik, yakkama-yakka olishuvga xos uquv shakllangan.
– Milliy sport turlari bilan bir qatorda xalq o‘yinlari ham aksariyat yoshlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, - deydi Andijon viloyati xalq o‘yinlari federatsiyasining rahbari Sharobiddin Toshmatov. – Bu o‘yinlar, ayniqsa, bolalar orasida keng yoyilgan. Xususan, mahallalarda o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda aksariyat bolalar “Quloq cho‘zma”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Podachi”, “Charxpalak”, “O‘rda to‘p”, “Chigi”, “Qo‘tir echki” kabi o‘yinlarda o‘zaro bellashib, kim epchilu, kim chaqqonligini aniqlab oladilar. Shuningdek, “Uzuk olish”, “Igna sanchish”, “Poyondoz”, “Sultonchalar jangi”, “Igna, ip, angishovna” singari xalq o‘yinlari ham yillar osha bizgacha yetib kelgan. Mazkur o‘yinlar ishtirokchilariga sinchiklab qarasangiz, har birida abjirlik, murakkab holatni to‘g‘ri baholash, qiyin vaziyatdan chiqib ketish xususiyatlari qaror topganiga amin bo‘lasiz. Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy sport t urlari va xalq o‘yinlari yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazish, ularga ta'lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylashda ularning o‘rni beqiyos.
Darvoqe, maktabgacha ta'lim muassasalari, umumiy o‘rta ta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida xalq o‘yinlariga e'tibor yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 2-bog‘cha, 1-,2-,4-,25-,33-,40-,47-,48-maktablarda xalq o‘yinlariga qiziqish juda katta. Shuningdek, Oltinko‘l iqtisodiyot, agroiqtisodiyot, sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari ham xalq o‘yinlari festivalida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Shu tufayli Oltinko‘l tumani bu borada viloyat miqyosida peshqadamlik qilayotir. Aniqroq aytganda, tuman vakillari 1999 yildan buyon viloyatda o‘tkazilayotgan xalq o‘yinlari festivallarida muntazam ravishda 1-o‘rinni qo‘lga kiritishyapti.
– Boshqa tumanlarda ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanyapti, - deydi Sharobiddin Toshmatov. – Oxirgi yillarda Izboskan, Andijon, Jalaquduq, Buloqboshi va Baliqchi tumanlarida ham sovrindorlar safi kengaydi. Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan musobaqalarda Andijon sanoat kolleji, Olimpiya zaxiralari sport kolleji, Mashinasozlik va Tibbiyot institutlari jamoalari yuqori o‘rinlarni band etib, xalq o‘yinlariga e'tibor kuchayib borayotganini isbotlab bermoqdalar. Viloyat terma jamoasi esa respublika miqyosidagi festivallarda Andijon sharafini munosib ravishda himoya qilayotir. Misol uchun vakillarimiz Termiz va Navoiy shaharlarida tashkil etilgan festivallarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lishgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, viloyatda xalq o‘yinlarini ardoqlaydigan, o‘z iqtidori va mahoratini namoyon etishga bel bog‘lagan yoshlar ko‘p. Ular muntazam shug‘ullanish orqali hamisha sog‘lom bo‘lishadi, shu bilan birga xalq o‘yinlari an'analarini keyingi avlodga bekamu ko‘st yetkazib berishadi.
Darhaqiqat, milliy sport turlari va xalq o‘yinlari o‘ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga o‘tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi qaror topadi, milliy ruh shakllanib, xalqimizning an'ana va urf-odatlarini e'zozlash hissi yanada kuchayadi. Xullas, milliy o‘yinlar yoshlarni o‘zbekona tarbiyalashning eng ta'sirchan vositalaridan biridir. Bu o‘yinlar qanchalik keng yoyilsa, vatanparvar yoshlar safi shunchalik kengayadi.



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish