2.3 Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha jamoalar, to’garakyaar tashkil qilish.
Mahallalar, mavzelar, ko’chalarda bolalar va o’smirlarning guruh /5-10 kishi/ bo’lib futbol, tennis, badminton va turli harakatli o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishlari odatiy bir holdir. Goho ular ichyda taklif va tashabbuslar chiqib, ko’chalararo, mavzelarda esa uylararo /dom/ musobaqalar o’tkazib turiledi. Bunday hollarda tashkiliy va hakamlik ishlari bolalarning o’zidan chiqadi, ya’ni sport mutaxassislari bundan chetda qoladi. Natijada ba’zan turli baxslar, shartlarni bajarmaganliklari uchun mojarolar bo’lib turadi. Bu esa yoshlar orasida g’arazgo’ylik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Oqibatda otaonalar orasida norozilik, xasadgo’ylik vujudga keladi va ularga mahalla oqsoqollari kengashi xodimlari aralashishga to’g’ri keladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha komandalar tuzish, ularga sport ishqibozlari, mutaxassislar boshchilik qilishlari lozim.
Buning uchun esa quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Mahalla oqsoqollari kengashi idorasi oldida komanda tuzish to’g’risida afisha osib qo’yish, faollar orqali bolalarga og’zaki e’lon qilish, radiouzel tarmoqlari, telefonlardan foydalanish.
Murabbiylar va hakamlar tarkibini tuzish, ularning vazifalarini belgilash.
Yig’ilgan bolalarni ro’yxatga olish va ularning xohishlari bo’yicha jamoalar tuzish.
Sport mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maktabning o’yin va sport zallari yoki ishlab chiqarish korxonalarining sport inshootlaridan foydalanish.
To’garaklar tashkil qilish
Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bilan shug’ullanuvchilarni bir joyga to’plab, komandalar mashg’ulotlarini to’garak sifatida tan olish, ularning barchasini uyushgan holda jismoniy tarbiya jamoasi yoki uyushmasini ta’sis etish. Barcha faoliyatlarni yuritish uchun kengash saylash /har bir sport turi komandasining sardori (kapitan) kengash a’zosi etib saylanadi hamda uning raisi /prezidenti/ni ham saylash lozim bo’ladi.
Jamoa /uyushma/ kengashi raisi va a’zolari mahalla oqsoqollari kengashi bilan doimiy aloqada bo’lishi va hal qilinishi zarur bo’lgan masalalarni moslashtirib turishi kerak.
Mahalla oqsoqollari kengashi, o’z navbatida, mahallada tashkil etilgan sport jamoasi /uyushmasi/ haqida tuman-shahar hokimiyati, sport qo’mitasi va boshqa mas’ul idoralarga ma’lum qilishi lozim. SHu tariqa mahalladagi komandalar, to’garaklar va sport jamoasining tashkiliy-tarkibiy, uning Nizomi va boshqa zarur tomonlari huquqiy hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi shart.
Xulosa
Xalq milliy o'yinlari inson kamoloti va yoshlar tarbiyasida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Shu sababdan, o'quvchi yoshlaiga xalq milliy o'yinlarining ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlarini chuqurroq singdirish zamrdir.
Milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar.
Bizning fikrimizcha, milliy xarakatli o’yinlarni hamma fazilatlar, qobilyatlar, sifatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda aqliy va xarakat ko’nikma hamda malakalarining shakllanishida asosiy o’rinlarni egallaydi.
Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining quyidagi asosiy vazifalarini bajarishda ham xalq milliy o’yinlarining roli va o’rni nihoyatda katta ekanligi ko’rinadi:
Sog’liqni mustahkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish.
Oquvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigiyenik bilim va konikmalarni singdirish.
3. Oquvchilarda harakat malakalarini va konikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga orgatish.
Yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish.
Botirlik, qattiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, dostlik hissini madaniy hulq konikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash.
Turganda va yurganda qomatni togri tutish konikmalarini shakllantirish.
Oquvchilarda jismoniy madaniyat va sport boyicha muntazam mashgulotlarga barqaror qiziqish va konikmalarini tarbiyalash.
Oquvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi jismoniy madaniyat faolini tayyorlash.
Milliy oyinlar 7-8 yoshli bollarga moljallangan jismoniy tarbiya dasturidagi mashqlar bilan qoshilib borilganda jismoniy sifatlar rivojlanishi aniqlandi.
Tajriba xalq milliy oyinlarni jismoniy tarbiya darslariga kiritish uchun:
-ularni turkumlarga bolish;
-jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qarab tanlanishni;
-yilning fasllarida qollaniladigan oyinlarni aniqlash zarurligini isbotladi;
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev bir necha bor ta`kidlaganidek, milliy qadriyatlarimizni, sharqona pedagogikani tiklash hozirgi kunning o`ta dolzrab vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |