Mundarija kirish I. Bob xalq milliy o’yinlari markazining ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi faoliyati



Download 37,26 Kb.
bet1/7
Sana12.07.2022
Hajmi37,26 Kb.
#783750
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUNDARIJA-WPS Office.docx111



MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………..2
I. BOB XALQ MILLIY O’YINLARI MARKAZINING OMMAVIY JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI FAOLIYATI
1.1 Xalq milliy o’yinlar markazi.........................................................................6
1.2 Xalq milliy o'yinlari va qadriyatlar timsoli...................................................7
II. BOB AHOLI TURAR-JOYLARIDA OMMAVIY SOGʻLOMLASHTIRISH VA XALQ MILLIY OʻYINLARINI TSHKIL QILISH
2.1 Aholining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish……15
2.2 «Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy o’yinlarini tashkilqilish.................................................................................22
2.3 Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha jamoalar, to’garakyaar tashkil qilish........................................................................................................................24
Xulosa.................................................................................................................26
Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................28
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’bekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy majlisning birinchi ma’ruzasida. «Sog’lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilganligi, Xalkaro xayriya jamgarmasi tashkil kilinganligi xam kelgusida soglom va barkamol avlodni tarbiyalab etkazishga xizmat kiladi.Haqiqatan ham mustakil davlatimizning ertangi kuni uning gullab yashnashi va rivojlanishi kup jixatdan usib kelayotgan avlodning soglom bulishiga boglikdir. Bu esa uz navbatida Vatanimizning kelajagi- farzandlarimizning jismoniy, akliy va ma’naviy kamol topishi uchun kulay sharoitlar yaratishni takozo etadi.
Mustaqillik yillarida milliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, kelajak avlodga bekamu ko’st yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda unutilib ketayotgan xalq og’zaki ijodi namunalari, an’ana va urf-odatlar, milliy o’yinlar qayta tiklanayotir.
Xalq o’yinlari azaldan ajdodlarimiz madaniy hayotining ajralmas qismi sifatida e’zozlanadi. Aksariyat o’yinlarning ildizlari juda qadimiy bo’lib, ular asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga, ongu tafakkuri va his-tuyg’ularini teranlashtirishga xizmat qilgan. O’yinlarda xalqning turmush tarzi, mehnati, yutuqlari o’z aksini topadi. Shu bois ular yosh avlodlarni tarbiyalashda hayot maktabi vazifasini o’tagan.
O’yin turli ifodali vositalar bilan ma’lum qoida yoki oldindan kelishilgan shartlar asosidagi jismoniy musobaqalar, bellashuvlar, tafakkur bahslari va ijrochilik talablaridan vujudga kelgan milliy qadriyat hisoblanadi.
Ibn Sino Tib qonunlari asarida kurash va jismoniy mashqlarning kishi badantarbiyasidagi o’rni, o’yinning shifobaxsh xususiyatlari haqida to’xtalgan. Kaykovus, Umar Hayyom, Abulqosim Firdavsiy, Beruniy chavgon, nard, shaxmat, tirandozlik, qilichbozlik, chavandozlik kabi yuzlab o’yinlar xususida yozib qoldirgan. Alisher Navoiy asarlarida bayramlar, tantanalar, to’ylar munosabati bilan tashkil etilgan o’yinlar haqida ko’pgina ma’lumotlar bor. Ularda o’yinlarning uyushtirilishi, ijrochilari, o’tkazish qoidalari bayon etilgan.
Milliy o’yinlar tarixini o’rganishda Mahmud Qoshg’ariyning Devoni lug’otit turk asarining o’rni beqiyos. Asarda xalq o’yinlarining bir yuz ellikdan ziyod turi tilga olingan. Jumladan, qorang’uni (qorong’ida qo’rg’on olish), bandol (asir olish), o’tish-o’tish (davra o’yini), chavgon (to’p o’yini), o’t bandal (tayoq o’yini), qilichbozlik, nayzadorlik va boshqa o’yinlar haqida ham ma’lumot beriladi. Lug’atda izoh berilgan o’yinlarning bir nechtasi hozirgi kunda ham bolalar uchun qiziqarli mashg’ulot sanaladi.
Alpomish dostoni xalq o’yinlarini o’rganishda muhim manba hisoblanadi. Unda kurash, ot, poyga, uloq, nayza sanchish, kamondan o’q otish, qilichbozlik, merganlik kabi o’yinlar negizida mardlik, jangovarlik, oriyat, matonat, ma’naviy va jismoniy komillik kabi fazilatlar o’z ifodasini topgan.
Doimiy o’tkaziladigan o’yinlar bilan birga har bir faslga xos o’yinlar ham mavjud. Masalan, bahorda daraxtlar uyg’onib, tollar kurtak chiqarganda tol bargak, dala gullari ochilganda gul o’yini, pishiqchilik paytida danak, yong’oq o’yinlari, arg’imchoq uchishlar sevib o’ynalgan. Kech kuz, qishda yog’ingarchilik boshlanib, yer yumshaganda qoziq, oshiq, tosh o’yinlar odat tusiga kirgan. Qor yoqqanda qorxat, qorbo’ron, yomg’ir yoqqanda yomg’ir yog’aloq, kuchli shamol esganda bo’ron-bo’ron, sovuq o’z kuchini ko’rsatganda barcha sandal atrofida yig’ilib, topishmoq top, tez aytish, kim aytdi kabilar o’ynalgan. Kech kuzdan to bahorgacha uloq-ko’pkari musobaqalari o’tkazilgan.
Qadimdan yurtimizda to’y-tomoshalar, bayramlar xalq o’yinlari bilan yanada fayzli, ko’tarinki ruhda o’tgan. Xususan, eng ommaviy bo’lgan milliy o’yinlardan uloq-ko’pkari va kurash to’y va bayramlarning sevimli tomoshasiga aylangan.
Xalq orasida kurash tushuvchi kuchli odamlar juda hurmat qilingan, atrofdagilar ularga havas bilan qaragan. Shuning uchun belini bog’lab kurash tushadigan polvonlar xalq shodiyonalarining ardoqli mehmoni sanalgan.
Kurashda polvonning ori, mahorati sinovdan o’tgan, deydi surxondaryolik Abdug’ani Toshmurodov. Hozirgi kunga kelib kurash yanada takomillashtirildi. Shu bois unga qiziquvchilar tobora ko’paymoqda. Kurash bayramlarda, xalq sayillarida muntazam o’tkazilayotir.
Xalqimiz har yili Navro’z ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib oladi. Ana shu bayram kunlari an’anaga ko’ra ko’pkari, varrak uchirish, halinchak uchish kabi turli o’yinlar o’ynaladi. Dalayu qirlarda, bog’u rog’larda xalq sayillari qizigandan qiziydi.
Mustaqillik yillarida urf-odatlarimiz nafaqat asl qiyofasiga qaytdi, balki mazmunan boyidi va yanada sayqal topdi. Ayni vaqtda bayramlarimizda kuy-qo’shiqlar, folklor-etnografik jamoalarning chiqishlari, lapar, o’lan, alla ohanglari, milliy xalq o’yinlari uyg’unlashtirilib ijro etilmoqda.
Davlatimiz rahbarining «2014-yilgi Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi qarorida ham bu yilgi bayramda xalq o’yinlari, folklor san’ati namunalari, el-yurtimizning dilidan chuqur joy olgan, go’zal insoniy tuyg’ularni yuksak pardalarda tarannum etadigan kuy va qo’shiqlar, o’lan va laparlarga keng o’rin berish lozimligi ta’kidlangan.
Xalq o’yinlari kishiga o’zgacha xushnudlik ulashadi, insonning kayfiyatiga ijobiy ta’sir etadi. U yoshlarning jismoniy, aqliy, axloqiy rivojlanishida, kuchli, chaqqon, topqir, farosatli, mard insonlar bo’lib kamol topishida katta ahamiyat kasb etadi. O’zbek xalqining betakror samimiyatini o’zida aks ettiruvchi urf-odat va marosimlarimiz qadimiy madaniyatimizning go’zalligini namoyon etuvchi bir ko’zgudir.

Download 37,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish