Maqsadi va vazifasi Mustaqillik yillari davrida xalq milliy o’yinlarini va amalga oshirilgan tadbirlar. Ajdodlarimiz xalq milliy merosi axloq odob tarbiyasni shakillantirish. Milliy harakatli o’yinlar va bolalar tarbiyasida dolzarb masalalaridan biri xisoblanadi. Mamlakatimizda jamiyatning ijtmoiy ehtiyojlariga va hozirgi davrda rivojlanishining istiqbolli vazifalariga muvofiq.Jismoniy tarbiya fanni o’qitishning yuqori sifatini ta’minlash uchun sharoit yaratish ,shuningdek harakatli o’yinlar fanni o’qitish metodikasini takomillshtirish mazkur mavzuyimizning asosiy maqsadidir
I. BOB XALQ MILLIY O’YINLARI MARKAZINING OMMAVIY JISMONIY TARBIYA VA SPORT ISHLARINI TASHKIL QILISHDAGI FAOLIYATI
1.1 Xalq milliy o’yinlari markazi
1989-91 yillar milliy qadariyatlarni o’rganish, ularni imkoniyat darajasida qayta tiklash amalga oshirilishi bilan e’tiborga sazovordir. Ayniksa, Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarning tarkibidan o’rin olgan xalq milliy o’yinlariga e’tibor kuchaydi. SHu sababdan respublika hukumatining qaroriga asosan, 1991 yil boshida Xalq milliy o’yinlari respublika Assotsiatsiyasi uyushma ma’nosida tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi xalq orasida keng qo’llanilib kelinayotgan milliy o’yinlarni o’rganish, ularning tarbiyaviy jihatlarini targ’ibot qilish va ommaviy tadbirlar o’tkazib borishdan iborat qilib belgilandi. SHu bilan birga, xalq milliy o’yinlarini Markaziy Osiyo va undan ham kengrok mintaqalarda musobaqa tarzida o’tkazishni yo’lga qo’yish belgilandi. SHunga asosan, 1991 yilning aprelida Qozog’istonda o’tkazilgan Xalq milliy o’yinlari anjumani va sport musobaqalarida yurtimiz vakillari ilk bor ishtirok etdilar.
Xalq milliy o’yinlari Assotsiatsiyasining bevosita tashabbusi va Davlat sport qo’mitasi hamda Madaniyat ishlari vazirligi rahbarligida 1991 yil 25 aprelda Jizzax viloyatining Forish tumanida ilk bor halq milliy o’yinlari musobaqasi o’tkazildi va u har yili bahorda /aprel-may/ Forishda an’anaviy ravishda o’tkazib borildi. Bu musobaqa keyinchalik «Alpomish o’yinlari festivali» /Termiz-1998, Farrona-2000/ nomini oldi. Xalq milliy o’yinlaridan "Ko’kari", "Poyga", «Buron», «Mindi», «Tukkiz tosh» musobaqalar dasturga kiritildi. 1999 yildan boshlab (Jizzax) har ikki yilda bir marta (2001 yilda SHaxrisabz) Tumaris o’yinlari respublika festivali o’tkazilmoqda.
E’tiborli tomoni shundaki, 1991 yildan /Jizzax, Termiz, Toshkent, Farrona, Karshi/ buyon Xalq milliy o’yinlariga bag’ishlab ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazib kelinmokda. Ularda xalq milliy o’yinlarining mazmuni, ularni sport darajasiga chiqarish, shu sohada mutaxassis kadrlar tayyorlash, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlash singari katta muammolar muhokama etilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |